M. M. Abralov payvandlash materiallari



Download 1,49 Mb.
bet8/111
Sana22.06.2022
Hajmi1,49 Mb.
#690518
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   111
Bog'liq
M. M. Abralov payvandlash materiallari

1.1-rasm. Kam uglerodli po‘lat austenitining izotermik (o‘zgarmas haroratda) parchalanish diagrammasi:
A – parchalana boshlanishi, V – parchalanish oxiri, A1 – po‗latning kritik nuqtasi, Mb va Mo – austenitning martensitga aylana boshlanishi va oxiri, V1, V2, V3, V4 – har xil tipli strukturalar hosil bo‗lib sovish tezliklari.
Sekin sovitilsa, perlit strukturasi olinadi (ferrit va sementitning mexanik aralashmasi). Tez sovitilganda austenit nisbatan past haroratlarda tashkil etuvchi strukturalarga parchalanadi va strukturalar – sorbit, troostit, beynit hamda juda tez sovitilganda martensit hosil bo‗ladi. Martensitli struktura eng mo‗rt struktura hisoblanadi, shu sababdan kam legirlangan po‗latlarni payvandlashda sovitish jarayonida austenitning martensitga aylanishiga yo‗l qo‗ymaslik lozim.
Payvandlashda metallni sovitish tezligi (ayniqsa qalin metallni) quyma metallni havoda odatdagicha sovitish tezligidan doim ancha ortiq bo‗ladi, natijada legirlangan po‗latlarni payvandlashda martensit hosil bo‗lishi mumkin.
Payvandlashda toblangan martensit strukturasi hosil bo‗lmasligi uchun termik ta‘sir zonasining sovishini sekinlashtiradigan chora- tadbirlar ko‗rish zarur (buyumni qizdirishdan, chokda metall qatlamlarini ma‘lum vaqt oralig‗ida hosil qilish va boshqalardan foydalanish). Buyumlarni yuqori haroratda ishlatishda uning yoyiluvchanligiga (vaqt o‗tishi bilan yuqori haroratlarda buyum metalining deformatsiyalanishi) qarshiligini oshirish uchun metallda yirik donali strukturaga ega bo‗lish mumkin ekan. Lekin juda yirik donali metallning plastikligi past bo‗ladi va shuning uchun bunday hollarda donalar o‗lchami cheklanadi.
Buyumlar past harorat sharoitlarida ishlatilganda yoyiluvchanlik bo‗lmaydi va katta mustahkamlik hamda plastiklikni ta‘minlaydigan mayda donali metall strukturasi zarur bo‗ladi.
Kam legirlangan po‗latlarni payvandlashda qoplamali elektrodlar va boshqa payvandlash materiallari shunday tanlanadiki, ular tarkibidagi uglerod, oltingugurt, fosfor va zararli elementlar miqdori kam uglerodli konstruksion po‗latlarni payvandlash uchun mo‗ljallangan materiallardagiga nisbatan kam bo‗lsin. Shu bilan chok metalini kristallizatsion darzlarga qarshi turg‗unligini oshirishga muyassar bo‗linadi, chunki kam legirlangan po‗latlar bunday darzlarning hosil bo‗lishiga juda moyil bo‗ladi.
Kam legirlangan po‗latlarni payvandlash texnologiyasi asoslari. Qoplamali elektrodlar bilan payvandlashda 09Г2, 09Г2С, 10XСНД, 10Г2С1 va 10Г2Б markali kam legirlangan kam uglerodli po‗latlar toblanmaydi va o‗ta qizimaydi. Kam uglerodli po‗latlar qanday texnologiya bo‗yicha payvandlansa, bu po‗latlar ham shunday payvandlanadi.
Birikmaning bir tekis mustahkamligini ta‘minlash uchun dastaki usulda payvandlash Э46A va Э50A tipli elektrodlar bilan bajariladi. Chok yaqinidagi zonaning qattiqligi va mustahkamligi amalda asosiy metalldan farq qilmaydi.
12ГС, 14Г, 14Г2, 14XГС, 15XСНД, 15Г2Ф, 15Г2СФ, 15Г2AФ
markali kam legirlangan kam uglerodli po‗latlar payvandlashda toblaydigan mikrostrukturalar va chok metali hamda termik ta‘sir zonasida o‗ta qizish hosil qilishi mumkin. Agar payvandlash payvand birikmaning sovitilish tezligini kamaytirish uchun zarur bo‗lgan nisbatan katta pogon issiqlik energiyada bajarilsa, toblanadigan strukturalar miqdori keskin kamayadi. Lekin bu po‗latlarda uglerod miqdori ko‗p bo‗lganligi tufayli payvandlashda metallni sovitish tezligining pasaytirilishi chok metali va chok yaqinidagi metall donalarining yiriklashishiga (o‗ta qizishiga) sabab bo‗ladi. Bu ayniqsa 15XСНД, 14XГС markali po‗latlarga taalluqlidir. 15Г2Ф, 15Г2СФ va 15Г2AФ markali po‗latlarda chok yaqinidagi zona o‗ta qizimaydi, chunki ular vanadiy va azot bilan legirlangan. Shuning uchun aytib o‗tilgan ko‗pgina po‗latlarni payvandlash kam uglerodli po‗latlarni payvandlashga nisbatan tor issiqlik rejimlari bilan cheklanadi.
Payvandlash rejimini shunday tanlash zarurki, toblovchi mikrostrukturalar miqdori ko‗p bo‗lmasin va metall o‗ta qizimasin (katta miqdordagi juda yirik donalar), u holda atrof havo harorati minus 10 °C dan past bo‗lmaganda istalgan qalinlikdagi po‗latni cheklanmagan darajada payvandlash mumkin bo‗ladi. Atrof havo harorati ancha past bo‗lganda 120 – 150 °C gacha oldindan qizdirish zarur. Minus 25 °C dan past haroratda toblanadigan po‗latlardan tayyorlanadigan buyumlarni payvandlash man qilinadi.
Ortiqcha o‗ta qizishning oldini olish uchun 15XСНД va 14XГС po‗latlarini kam uglerodli po‗latlarni payvandlashga nisbatan pasaytirilgan pogon issiqlik energiyasida (kichik tokda kichik diametrli elektrodlar bilan) payvandlash lozim.
15XСНД va 14XГС po‗latlarini payvandlashda bir tekis mustahkamlikni ta‘minlash uchun Э50A yoki Э55 tipidagi elektrodlardan foydalanish kerak. 17ГС, 18Г2AФ, 35XM va boshqa kam legirlangan o‗rtacha uglerodli po‗latlarni payvandlash texnologiyasi o‗rtacha legirlangan po‗latlarni payvandlash texnologiyasiga o‗xshash.



    1. Download 1,49 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish