Po‘latlarning payvandlanuvchanligi haqida tushuncha
Zamonaviy mashinasozlik va qurilishni legirlangan po‗latlar ishlatmasdan tasavvur etib bo‗lmaydi; ular konstruksiyalarning massasi kichik va ekspluatatsion xossalari yaxshi bo‗lgan holda ishonchliligi, puxtaligi va tejamkorligini oshiradi. Bu har xil jinsli metallardan yig‗iladigan kombinatsiyalangan konstruksiyalar uchun ayniqsa muhim. Lekin ayrim bir jinslimas metallarni yo umuman payvandlab biriktirib bo‗lmaydi yoki ularni payvandlash texnologiyasi juda murakkab. Shu tufayli payvandlash texnologiyasida metallarning payvandlanuvchanligi to‗g‗risidagi tushuncha katta ahamiyatga ega.
Payvandlanuvchanlik – metallning yoki bir nechta metallar qo‗shilmasining belgilangan payvandlash texnologiyasida konstruksiyaga va buyumni ishlatishga nisbatan qo‗yilgan talablarga javob bera oluvchi birikma hosil qilish xossasidir.
Materiallarning payvandlanuvchanligi tushunchasining murakkabligini payvandlanuvchanlikni baholashda payvandlanadigan materiallarning bir-biriga buyum materiallari va konstruksiyalarining payvandlash texnologiyasiga bog‗liqligi e‘tiborga olinishi kerak. Payvandlanuvchanlik ko‗rsatkichlari ko‗p. Masalan, statik yuklanishlar va sex haroratida ishlaydigan buyumlarda kam uglerodli po‗latning yaxshi payvandlanuvchanlik ko‗rsatkichi mustahkamligi maxsus texnologik shartlarni (oldindan qizdirish, termik ishlash va boshqalar)
qo‗llamasdan asosiy metall mustahkamligiga teng bo‗lgan payvand birikmalar hosil qilish mumkinligi hisoblanadi.
Chunonchi, kimyoviy apparatlarni tayyorlash uchun mo‗ljallangan legirlangan po‗latlar payvandlanuvchanligining ko‗rsatkichlari maxsus xossalari – korroziyaga chidamlilik, yuqori yoki past haroratlarda mustahkamligini ta‘minlaydigan payvand birikmalar hosil qilish mumkinligi hisoblanadi.
Har xil jinsli metallarni payvandlashda atomlararo bog‗lanishlarni hosil qilish mumkinligi payvandlanuvchanlik ko‗rsatkichi hisoblanadi. Bir jinsli metallar osongina payvandlab biriktiriladi, har xil jinsli metallarning ba‘zi juftlari esa birikmalar atomlararo bog‗lanishni mutloq hosil qilmaydi, masalan mis qo‗rg‗oshin bilan payvandlanmaydi, temirni qo‗rg‗oshin bilan, titanni uglerodli po‗lat, mis bilan payvandlash qiyin va hokazo.
Metallar payvandlanuvchanligining muhim ko‗rsatkichlari payvand birikmalarda toblangan uchastkalar, darzlar va payvand birikmaning ishlashiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadigan boshqa nuqsonlarining bo‗lmasligi hisoblanadi.
Termik mustahkamlangan po‗latning payvandlanuvchanligini baholashda payvandlashda uning mustahkamligining pasayishga moyilligi muhim xarakteristika hisoblanadi. Odatda, mustahkamligining pasayishi po‗latni tayyorlash jarayonida (toblash so‗ng yumshatish) uni yumshatish haroratiga qarab qizdirish harorati 400 – 720 °C bo‗lgan uchastkadagi termik ta‘sir zonasida sodir bo‗ladi.
Bularning hammasi shuni ko‗rsatadiki, metallning payvandlanuvchanligi metall tarkibiga, uning fizik xossalariga, payvandlash texnologiyasiga (qo‗shilma material, payvandlash rejimi va boshqalarni tanlash), buyumning shakli va o‗lchamlariga, ishlatish sharoitlariga bog‗liq. Metallar payvandlanuvchanligining yagona ko‗rsatkichi yo‗q. Metallarning payvandlanuvchanligi kompleks xarakterga ega bo‗lib, qator ko‗rsatkichlar dastavval payvandlanadigan metall xossasiga bog‗liq bo‗ladi.
Payvand birikmani loyihalashda payvandlanuvchanligini aniqlash va metallning darzlar hosil bo‗lish, mo‗rt holatga o‗tish, korroziyalanish, eyilish va boshqalarga qarshi tinch suyuqlanishini tekshirish maqsadida turli metodikalar hamda texnologik nusxalar qo‗llaniladi.
Uglerodli po‗latlarning payvandlanuvchanligi bo‗yicha tasnifi. Tegishli payvandlash texnologiyasida darzlar hosil bo‗lishiga qarshi tinch suyuqlanish alomatlariga ko‗ra ferrit-perlit va beynit strukturali
po‗latlarni taxminan to‗rtta gruppaga bo‗lish mumkin: I – yoy yordamida va gaz alangasida payvandlashda toblanmaydigan va shu sababli cheklanmagan darajada payvandlanadigan po‗latlar; II – toblanadigan mikrostrukturalar hosil qilishga moyil po‗latlar, lekin payvandlash texnologiyasi to‗g‗ri tanlansa, metallni qizdirmasdan payvandlansa, bunday mikrostrukturalar paydo bo‗lmaydi; III – payvandlashda toblanuvchi strukturalarning hosil bo‗lishiga moyil va bu strukturalar paydo bo‗lishining oldini olish uchun qizdirib payvandlanadigan po‗latlar; IV – payvandlashda toblanadigan va oldindan yoki payvandlashda qizdirib payvandlanadigan hamda payvandlangandan keyin buyum metali darhol termik ishlanadigan po‗latlar (1.1-jadval).
1.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |