Taqrizchilar:
R.U. Abduraxmanov – ―Texnolog-transfer-Osiyo Elektrodlar‖ QK texnik direktori, t.f.d. professor;
M.A. Abdullayev – ToshDTU «Texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi katta o‗qituvchisi
©Toshkent davlat texnika universiteti 2017 y.
KIRISH
Payvandlash metall konstruksiyalar tayyorlash texnologik jarayonlarining etakchilaridan biri hisoblanadi. Metall konstruksiyalarni payvandlab tayyorlash, turli eritib qoplash ishlarini bajarish uchun ko‗plab payvandlash materiallari ham ishlatiladi.
Payvandlash materiallarini quydagicha tasniflash mumkin:
Payvand birikma, xususan chok metalli hosil bo‗lishida bevosita qatnashadigan materiallar. Ularga yoy yordamida qo‗lda payvandlashda foydalaniladigan donali eruvchi elektrodlar himoya gazlari muhitida, flyus ostida yoy yordamida va elektrshlak bilan payvandlash foydalaniladigan elektrod simlar; eritib payvandlashning har xil usullarida qo‗llaniladigan qo‗shimcha materiallar kiradi; choklar tarkibiga shakllanishida flyuslar va faol gazlar birmuncha kam darajada ishtirok etadi.
CHok metali hosil bo‗lishida bevosita qatnashmaydigan materiallar; bular erimaydigan elektrodlar – ko‗mir, grafit, volfram elektrodlar hamda inert himoya gazlari – argon, geliy va boshqalardir.
Payvandlash metallarga gaz alangasi bilan ishlab berishda (kislorod bilan kesish va boshqalar) kislorod hamda boshqa yonuvchi gazlardan ko‗p miqdorda foydalaniladi.
Boshqa turli payvandlash materiallari kamroq hajmda, ammo xilma – xil nomlarda tayyorlanadi va ishlatiladi, masalan, yoy yordamida payvandlashga mo‗ljallangan erimaydigan elektrodlar, kontaktli mashinalar elektrodlarining va jag‗larining materiallari, shuningdek turli–tuman maxsus qo‗shimcha hamda elektrod materiallari, kavsharlash uchun ishlatiladigan kavsharlar va hokazolar shular jumlasidandir.
Keyingi yillarda payvandlash va eritib qoplash ishlarida foydalanilayotgan donali eruvchi elektrodlar markalarining soni bir necha yuzdan oshib ketdi. Texnik jihatdan ilg‗or hisoblangan boshqa mamlakatlarning har birida ham taxminan shuncha miqdordagi elektrodlar rusumlaridan foydalanilmoqda. Ana shu miqdordagi elektrodlar markalaridan chamasi o‗ntasi ishlab chiqarish hajmiga ko‗ra taxminan 90% ni tashkil etuvchi oddiy po‗latlardan konstruksiyalar tayyorlash uchun keng ko‗lamda ishlatiladigan markalardir. Uncha katta bo‗lmagan yoki o‗rtacha alohida turkumlar tarzida ishlatiladigan boshqa markalar o‗ziga xos payvandlash va eritib qoplash ishlarida qo‗llaniladi. Ular jumlasiga o‗rtacha legirlangan va ayniqsa yuqori darajada
legirlangan po‗latlarni payvandlashga mo‗ljallangan, choklar metallining maxsus fizik xossalari olinishini ta‘minlaydigan elektrodlar har xil rangli metallar va qotishmalarni payvandlash elektrodlari eritib qoplash elektrodlari va boshqalar kiradi. Payvand konstruksiyalar ishlab chiqarish rivojlanib borgani sari elektrodlarning aynan shu guruhi eng jadal ravishda tadqiq qilinayotirib chunki u turli maqsadlarda qo‗llanilmoqda. Vaqt o‗tishi bilan ayrim markalar o‗zining dolzarbligini yo‗qotmoqda, eski markalar o‗rnini bosadigan hamda yangi masalalarni hal qiladigan yangi markalar ishlab chiqilmoqda va amalda tatbiq qilinmoqda.
Payvandlash flyuslarining turlari va nomlari juda ko‗p. Ular yoy yordamida flyus qatlami ostida va flyus qatlami bo‗yicha (alyuminiy qotishmalari uchun) avtomatik hamda yarimavtomatik payvandlashda, gaz alangasida payvandlashda, erimaydigan elektrodlar bilan yoy yordamida payvandlashda, kavsharlashda va boshqa jarayonlarda qo‗llaniladigan. Ularning orasida ko‗plab ishlatiladigan (yiliga 100 ming t chamasi) va kamroq hajmda (yiliga ming tonnadan yuzlarcha kilogrammgacha) foydalaniladigan flyuslar bor.
Flyuslar haqida bir tizimga keltirgan ma‘lumotlar yo‗qligi sababli ularning rusumlari sonini aniqlash juda qiyin, negaki yangi materiallarni ishlab chiqish yangi flyuslar ishlab chiqishni ham talab qiladi. Kavsharlar markalari ham nihoyatda xilma xildir. Ularning ayrimlari uchun davlat standartlari ishlab chiqilgan, lekin aksariyat markalar idoraviy ahamiyatga ega va bevosita iste‘molchi tomonidan ishlab chiqariladi, yo bo‗lmasa maxsus texnik shartlar bo‗yicha nisbatan kichik turkumlar tarzida etkazib beriladi.
Payvandlash ishlab chiqarishida turli gazlar va yonuvchi suyuqliklar bug‗laridan nihoyatda keng ko‗lamda foydalanilmoqda. Gaz alangasida ishlov berish uchun, kislaroddan tashqari, yonuvchi gazlarning taxminan o‗n turi himoya gazlari muhitida yoy yordamida payvandlash uchun esa tahminan shuncha turdagi inert va aktiv gazlar shuningdek har xil gaz aralashmalari ishlatiladi.
YAngi payvandlash materiallarini ishlab chiqish asosan ilmiy tajriba tadqiqotlari o‗tkazishga asoslanadi. Bu taqiqotlarni ayrimlari juda ser mehnat bo‗lib, qimmatga tushadi. Bunga juda xilma xil omillar mavjudligi sabab bo‗lib, ular yangi materiallar ishlab chiqishda inobatga olinishi kerak. Bunday omillarga materiallar qiymatini, ularni tayyorlash va ishlatishning texnologiyabopligini, payvandlab va kavsharlab hosil qilingan birikmalarning konstruksiyalar tayyorlashning turli usullarida
berilgan muayyan ta‘minlashini, boshlang‗ich materiallarning kamyobligini, ularni etkazib berish xususiyatlari va boshqalarni ko‗rsatish mumkin.
Juda xilma xil sharoitlarda, turli mexanik yuklanishlarda (statistik yuklanishdan dinamik yuklanishgacha), kimyoviy tajavuzkor muhitlarda turli haroratlarda va boshqa sharoitda ishlatishga mo‗ljallangan konstruksiyalarda qo‗llaniladigan tobora murakkab materiallarni payvandlash zarurligi munosabati bilan bu vazifalarni hal etish uchun kerakli payvandlash materiallarini yaratish tobora qiyinlashib bormoqda va ularni ishlab chiqarish uchun katta mablag‗ sarflashni talab qilmoqda. Bunday vaziflarni hal qilishning sof empirik usullari turlari variantlarni ilmiy tajriba tekshiruvlaridan o‗tkazishni talab qiladi. Tabiiyki, hatto istisno tariqasida, umumiy fikr-mulohazalar yoki xomcho‗t hisob-kitoblar bo‗yicha variantlar sonini istiqboli yo‗q variantlar sifatida sonini har qanday qisqartirish favqulodda maqsadga muvofiq hisoblanadi. Albatta, payvandlash materiallarini to‗plangan tajriba va umumlashmalar asosida hisoblarga tayanib loyihalash eng oqilona qaror bo‗lishi mumkin edi. Hozirgi bosqichda buning imkoni yo‗q. Ammo elektrod qoplamalaridagi bir qancha tashkil etuvchilarning kerakli miqdorini tahminan baholashga, flyuslar va boshqa payvandlash materiallarining tarkibiga oid ayrim dastlabki umumiy shartlar hamda ba‘zi hisoblab chiqarilgan qoidalar payvandlash korxonalari xodimlari uchun nihoyatda foydali bo‗lishi mumkin. Ularning yosh mutaxassislar ham payvandlash ixtisosi bo‗yicha o‗quv kurslarini o‗tash chog‗ida
bilishlari lozim.
Shu munosabat bilan, ―Mashinasozlik va metallga ishlov berish‖ yo‗nalishidagi muxandis-texnik hodimlar hamda bakalavrlar tayyorlash uchun Toshkent davlat texnika universitetida ―Payvandlash materiallari‖ kursi o‗qiladi. Unda yangi payvandlash materiallarini yaratishda ularni ilmiy tajriba asosida ishlab chiqishdagi noto‗g‗ri yo‗llarga mumkin qadar barham berish va tadqiq qilinadigan variantlar sonini kamaytirish nuqtai nazaridan foydali bo‗lish mumkin bo‗lgan malumotlarni to‗plashga harakat qilingan.
Bayon etilayotgan materialda asosan umumiy ishlarga mo‗ljallangan eng keng tarqalgan payvandlash materiallarini ko‗plab ishlab chiqarishni tashkil etish masalalari emas, balki maxsus ishlarga mo‗ljallangan yangi materiallar ishlab chiqish uchun zarur bo‗lgan ma‘lumotlar ko‗rib chiqiladi.
Ilova sifatida turli payvandlash materiallariga, qo‗llaniladigan xom ashyo turlariga oid davlat standartlaridan olingan ayrim ma‘lumotlar va ba‘zi boshqa ma‘lumotlar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |