1.3-rasm. Payvandlash shakli koeffitsientining (a, b) va chok tubidagi zazorning (d, e) kristallizatsion darzlarning hosil bo‘lishga ta’siri.
Bir jinslimas strukturali payvand birikmalar payvandlashdan keyin ham, termik ishlov berilgandan keyin ham asosiy metallning mustahkamligiga nisbatan past mustahkamlikka ega bo‗ladi. Bundan tashqari, yuqori haroratlarda ishlaydigan payvand birikmalarda chok metali bilan asosiy metall orasida diffuziya bo‗ladi, bu esa chok yaqinidagi zona va qotishish zonasida sovuqdan darzlar hosil bo‗lishiga sabab bo‗ladi. SHuning uchun ko‗p legirlangan po‗latlar va qotishmalarning turli markalarini yoy yordamida payvandlashda elektrod tipi qa‘tiy asoslangan holda tanlanishi kerak.
100 – 300 °C haroratgacha qizdirish (umumiy yoki mahalliy) asosiy metall mikrostrukturasining xarakteriga, tarkibdagi uglerod miqdoriga, buyuning bikrlik va qalinligiga qarab ko‗p legirlangan po‗latlar hamda qotishmalarni pavandlashda tavsiya qilinadi. Martensitli po‗latlar va qotishmalar uchun buyumni qizdirish shart; austenitli po‗latlar uchun qizdirishdan kam qo‗llaniladi. Qizdirish payvandlash jarayonida haroratning buyum bo‗ylab ancha tekis taqsimlanishiga va sekin sovitilishiga yordam beradi, natijada payvand birikmada cho‗kish deformatsiyalarining konsentratsiyasi hamda darzlar hosil bo‗lmaydi.
Ko‗p legirlangan po‗latlar va qotishmalarni payvandlashda chok metali va chok yaqinidagi metallning o‗ta qizishi (donalarning yiriklashishi) uning kimyoviy tarkibi va mikrostrukturasiga qizish harorati va metallning yuqori haroratda bo‗lish vaqtiga bog‗liq. Payvandlashda, odatda ko‗pincha bir fazali ferritli po‗latlar o‗ta qiziydi.
Tarkibidagi uglerod miqdori 0,12% dan ortiq bo‗lgan ko‗p legirlangan po‗latlar (17X18Н9, 31X19Н9MВБT, 36X18Н25С2 va boshqalar) 300 °С va undan yuqori haroratgacha oldindan qizdirib payvandlanadi, so‗ngra payvand buyumlar termik ishlanadi.
Payvandlash uchun payvandlash simi, elektrod qoplamlarining turi va qoplamli elektrodlar tiplari. Alohida xossalarga ega bo‗lgan ko‗p legirlangan po‗latlarni payvandlash uchun payvandlash simi, masalan Св-04X19Н9, Св-05X19Н9Ф3С2, Св-06X19Н9T markali simlar qo‗llaniladi. ГОСТ 2246-70 ga muvofiq bu simlarning xammasi bo‗lib 41 markasi mavjud.
Elektrodlardan asosli, rutil-asosli va rutil-flyuorit-asosli qoplamlilari tanlanadi. Austenitli po‗latlarni qoplami asos xarakterli elektrodlar bilan yoy yordamida payvandlash chok metalining uglerodlanishiga olib keladi, bu esa uning kristallitlararo korroziyaga qarshi chidamliligining pasayishiga sabab bo‗ladi. Uglerodlanish bu qoplama tarkibida ko‗p miqdorda bo‗ladigan marmarning parchalanishi hisobiga bo‗ladi. Austenitli po‗latlarni tarkibidagi marmar miqdori asos qoplamli elektrodlar tarkibidagi 35 – 40% o‗rniga (masalan, УОНИ-13/НЖ markali elektrodlarda) faqat 10% bo‗ladigan rutil-asosli qoplamali elektrodlar (masalan, OЗЛ-14) bilan payvandlashda chok metali uglerodlanmaydi. Alohida xossali ko‗p legirlangan po‗latlarni dastaki usulda yoy yordamida payvandlash uchun ГОСТ 10051-75 qoplamali elektrodlarning 49 tipini, masalan, Э-02X19Н9Б, Э-04X20Н9, Э- 06X13Н, Э-08X14Н65M15В4Г2, Э-10X20Н70Г2M2В va boshqalarni
nazarda tutadi.
Qoplamli elektrodning xar bir tipi bitta yoki bir nechta elektrodlar markasini o‗z ichiga oladi.
Alohida xossali ko‗p legirlangan po‗latlarni yoy yordamida payvandlash uchun mo‗ljallangan qoplamli elektrodlar ГОСТ 9466-75 ga muvofiq shartli belgilanadi. Bunda ГОСТ 10052-75 ga ko‗ra suyuqlantirib qoplangan metall va chok metalining xarakteristikasini ko‗rsatuvchi indekslar guruhini o‗rnatish uchun zarur bo‗lgan qo‗shimcha ma‘lumotlar ko‗rsatiladi.
Austenitli po‗latlarni gaz alangasida quvvti 1mm qalinlikdagi metallga 70 – 75dm3 atsetilen/soat bo‗lgan alanga bilan payvandlanadi. Payvandlashda oksidlovchi alangadan foydalanishga ruxsat etilmaydi, chunki u xromning kuyishiga sabab bo‗ladi. Qo‗shimcha metall sifatida tarkibidagi uglerod miqdori juda oz bo‗lgan, niobiy va titan bilan legirlangan Св-02X19Н9T, Св-08X19Н10Б va boshqa markali payvandlash simlari ishlatiladi. Gaz yordamida payvandlashda titan deyarli batamom kuyib ketadi va chok metalining kristallitlararo korroziyaga qarshi chidamliligini ta‘minlay olmaydi. Bundan tashqari, qizdirish harorati 500 – 850 °С bo‗lgan, shu bilan birga sekin sovitiladigan (bunday jarayon gaz alangasida payvandlanayotgan paytda sodir bo‗ladi) zanglamaydigan po‗latlar qattiq eritma parchalanganda donalar chegarasi bo‗ylab xrom karbidlari ajratib chiqaradi. Xrom karbidi esa metallni korroziyalovchi markazlar hisoblanadi. Sim diametri listlar qalinligi 1 – 6mm bo‗lganda asosiy metall qalinligiga taxminan teng qilib tanlanadi.
Ko‗pincha payvandlashda flyuslardan, masalan, НЖ-8 markali (uning tarkibi: marmar – 28%, chinni – 30%, ferromarganets – 10%, ferrosilitsiy – 6%, ferrotitan – 6% va titan ikki oksidi – 20%) flyusdan foydalaniladi. Flyus suyuq shishada qoriladi va detal qirralariga pasta ko‗rinishida surtiladi. Detal flyus qotgandan keyin payvandlanadi.
Qo‗sh qatlamli po‗latlarni payvandlash. Qo‗sh qatlamli po‗latlar ko‗proq kam uglerodli po‗lat va uni qoplaydigan korrozion po‗lat qatlamidan iborat bo‗ladi. Korroziyaga qarshi qatlam sifatida 08X18Н10T, 08X17Н13M3T markali va ularga o‗xshash austenitli po‗latlar ishlatiladi. Qo‗sh qatlamli po‗latni yoy yordamida payvandlash choklarni hosil qilish texnikasiga ko‗ra bir qatlamli po‗latni payvandlashga o‗xshash bo‗ladi. Ko‗pincha chok avval uglerodli po‗lat tomonidan payvandlanadi, so‗ngra suyuqlantirib qoplangan metallning qoplamali tomoni tozalanadi va qoplama qatlami payvandlanadi. Elektrodlar kimyoviy tarkibiga ko‗ra qoplama metall bilan bir xilda bo‗lishi kerak, masalan 08X17Н16M3T po‗lat uchun НЖ-16 qoplama markali elektrodlar va Св-06X19Н10M3T markali sim ishlatiladi.
Austenitli elektrodlar bilan payvandlash uchun teskari qutbiylikdagi o‗zgarmas tokdan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |