KIMYOVIY TERMIK ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI
Reja
1.Kimyoviy-termik ishlash
2.Termomexanik ishlov berish
Kimyoviy-termik ishlash – po’latning tarkibi, strukturasi va xossalarini o’zgartirish maqsadida uning sirtqi qatlamiga kimyoviy va termik ta’sir etish jarayonidir. Kimyoviy-termik ishlash natijasida po’lat sirtining qattiqligi, eyilishga chidamliligi, korroziyagabardoshligi, kislotagabardoshligi kabi xossalari oshadi. Po’latdan tayyorlangan detallarning uzoq muddat ishlashini oshirish uchun ularni mustahkamlashning eng samarali usullaridan bo’lganligi sababli, kimyoviy-termik ishlash mashinasozlikda keng ko’lamda tarqalgan metall va qotishmalarni termik ishlov berishning asosiy turlari tasnifining sxemasi tasvirlangan.
Termik ishlov berish – termik ishlov berish, termomexanik ishlov berish va kimyoviy-termik ishlov berish turlariga bo’linadi.
Termik ishlov berish – metall yoki qotishmalarga termik ta’sir ko’rsatish hisoblanadi.
Termomexanik ishlov berish – metall va qotishmalarga termik ta’sir ko’rsatish bilan birgalikda plastik deformatsiyalanishni amalga oshirish.
Kimyoviy – termik ishlov berish – metall va qotishmalarga termik va kimyoviy ta’sir ko’rsatishdir.
Termik ishlov berish quyidagi asosiy termik ishlov berish turlarini o’zida mujassamlantirgan: 1-tur yumshatish, 2-tur yumshatish, polimorf o’zgarishga ega bo’lgan toblash, polimorf o’zgarishga ega bo’lmagan toblash, metall yoki qotishma sirtini erishi yuzaga keltiradigan toblash, bo’shatish va eskirtirish.
Bunday termik ishlov berish turlari po’lat, rangli metall va qotishmalarga tegishlidir. Termik ishlov berishning har bir turi o’zi alohida turli asosdagi qotishmalarni o’ziga xosligini e’tiborga olgan holda turli turlarga bo’linadi.
Alohida termik ishlov berish turlari zagotovka va detallar olishning boshlang’ich va asosiy jarayonlarida, masalan issiq holda bosim bilan ishlov berishda, quymakorlikda, payvandlashda va boshqa turli operatsiyalarda ham uchraydi. Masalan, quymakorlik sohasida qotishmalarni qolipga quyilganda qotishidan so’ng quymani tez sovutish jarayonida to’la toblash kuzatiladi. Detallarni silliqlashda ularning yuzasini qizishi natijasida bo’shatish jarayoni kuzatilishi mumkin. Payvandlashda payvand choklariga termik ta’sirlanish zonasida qayta kristallanuvchi yumshatish va shunga o’xshash termik ishlov berish turlarini uchratishimiz mumkin. Bu qo’shimcha termik ishlov berish turlari ba’zi hollarda foydali ham bo’lishi mumkin, shu bilan birga buyumlarda kutilmagan struktura va xossasini o’zgarishiga olib kelishi ham mumkin.
Quyish, prokatlash, bolg’alash va boshka ishlov berishlardan so’ng zagotovka notekis soviydi. Natijada bir jinsli struktura xosil bo’l-maydi, zagotovkaning turli joylarida xossalari turlicha bo’ladi, ichki kuchlanishlar paydo bo’ladi. Bundan tashqari likvatsiya (kimyoviy notekislik) tufayli quymaning kimyoviy tarkibi ham bir xil bo’lmaydi. Bu nuqsonlarni yo’qotish uchun termik ishlov beriladi, unga yumshatish va normallash kiradi.
Yumshatish–zagotovka yoki buyumni kerakli temperaturagacha qizdirish, shu temperaturada ushlab turib, so’ngra asta-sekin sovitishdan iborat: uglerodli po’latlar soatiga 200°S, legirlangan po’latlar esa soatiga 30-100°S tezlik bilan sovitiladi. Bunda qoldiq kuchlanishlarsiz barqaror struktura olinadi.
Yumshatishdan maqsad ichki kuchlanishlarni yo’qotish, strukturaning bir xil bo’lishiga erishish, ishlov berishni yaxshilash hamda keyingi termik ishlov berish operatsiyasiga tayyorlashdan iborat.
Normallash deb po’latni Ac3 va Asm kritik nuqtalardan 30-50° C ortiqroq temperaturagacha qizdirib, ushbu temperaturada ushlab turish hamda tinch havoda sovutishdan iborat bo’lgan jarayonga aytiladi. Normallashda ichki kuchlanishlar kamayadi, po’lat kayta kristallanadi, payvand choklar, quyma va pokovkalarning yirik zarrali strukturasi maydalashadi.
Po’latning qattiqligi, mustaxkamligi va elastikligini oshirish uchun toblashdan foydalaniladi.
Toblash – po’latni faza o’zgarishlardan yuqoriroq temperaturagacha qizdirish, bu temperaturada ushlab turish, so’ngra tez sovitishdan iborat bo’lgan jarayondir.
B o’shatish –termik ishlov berishning yakunlovchi operatsiyasi bo’lib, toblangan po’latni kritik nuqtadan (Ac1) past temperaturagacha kizdirish, shu temperaturada ushlab turish xamda sekin yoki tez sovitishdan iborat. Bo’shatishdan maqsad po’latdagi kuchlanishni ketkazish yoki yo’qotish, xamda kovushqoqligini oshirib, qattiqligini kamaytirishdan iborat.
Termomexanik ishlov berish po’latning plastikligini saqlagan xolda, plastik deformatsiyalash bilan mustaxkamlovchi termik ishlov berish (toblash, bo’shatish) ni birlashtiruvchi mustahkamlashning yangi usulidir. Termomexanik ishlov berishda po’lat austenit holatigacha deformatsiyalanadi, keyinchalik tez sovutilib, toblangan po’lat strukturasi (martensit) shakllantiriladi, bunda austenitni puxtalash holati sodir bo’ladi, shu munosabat bilan po’latning mexanik xossalari ortadi.
Xulosa
Kimyoviy-termik ishlov berish deb metall va qotishmalarni sirtqi qatlamini kimyoviy tarkibi, strukturasi va xossasini o’zgartirish maqsadida ularga termik va kimyoviy ta’sirlarni birgalikda amalga oshirish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan ishlovga aytiladi
Foydalanilgan adabiyorlar ro’yxati
. Preys G.A. Sologub N.A. va b Texnologiya konstruksionne materialov va b Kiev, “ Vesshaya shkola” , 1984 g – 366 s.
.Dolskiy A.M, Arutyunova A va b. Texnologiya konstruksionney materialov. Izd. “Mashinostroenie”, 1985 g – 374 s.
To`raxonov A.S. Metalshunoslik va termik ishlash. “O`qituvchi”, Toshkent. 1968 y.
To`raxonov A.S. Metallar texnologiyasi. “O`qituvchi”, Toshkent, 1974 y.
www.chemistgy.ru
www.academic.ru
www.forum.ru
www.internet.ru
Do'stlaringiz bilan baham: |