M. E. Jumayev, Z. G'. Tadjiyeva



Download 3,82 Mb.
bet38/63
Sana13.06.2022
Hajmi3,82 Mb.
#665295
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   63
Bog'liq
BOShLANG‘ICh SINFLARDA

Oz komplektli maktablar haqida

Mamlakatimizda, xususan bizning Respublikamizda qishloq joy- larda kichik va aholi yashaydigan uzoq punktlar mavjud bo'lib, bu joylarga bir sinfga belgilangan me’yordan anchagina kam boMgan 7 yoshli bolalar bo‘lganda oz komplektli maktablar ochiladi.Bu shun- day maktabki, unda bir o'qituvchi bir vaqtda bir necha sinfda ish- laydi. Bu sinflarda soni 3 tadan 30 tagacha o'quvchi bo'lishi mum- kin. Bir o'qituvchi hamma (I-IV) sinflar bilan bir vaqtda ishlaydigan maktab bir komplektli maktab deyiladi.
Ikkita o'qituvchi, uchta (ba’zan to'rtta) sinf bilan ishlaydigan maktab ikki komplektli maktab deyiladi. Ikki komplektli maktab- larda uch sinfni ikki komplektga birlashtirishning ushbu variantlarini amalga oshirish mumkin: 1- va 2-sinflarni bir komplektli qilib bir-
lashtirish (bu holda birinchi sinf bilan uchinchi sinf o'qituvchisi ish- laydi), I- va 3-sinflami, 2- va 4-sinflami bir komplektga birlashti- rishning mos varianlJari tanlanadi.
Oz komplektli maktablarda ishlash o'qituvchi va o'quvchilar uchun bir qator qiyinchiliklar va to'siqlar bilan bog'liq:

  1. 0‘qituvchi har kuni darsga tayyorlanishi va turli faniardan eng kamida 8 soat dars o‘tishi kerak. Oz komplektli maktablarda darslar bo'yicha reja tuzish oddiy maktabda bir sinf bilan ishlasbga qaraganda ko‘p vaqt talab qilishi bilan ishlash darajasi qiyin. Har kuni 8 yoki 12 la reja ustida ishlash qiyingina bo'lmay, balki bularni o'zaro koordinatsiyalash anchagina vaqt talab qilishi bilan, ularga optimal pedagogik samara beradigan ulami bir butun birlashtirish za- rurligi bilan ham qiyindir. Bulaming hammasi o'qituvchidan tegishli bilimlami bilishdan tashqari, maksimal darajada kucb, sabot, uyushqoqlik, matonat, qat’iyatlikni talab qiladi.

  2. 0‘quvchilarning bir necha sinfga diqqat e’tiborini taqsimlashi juda qiyin.

  3. O'qituvchi bir sinf bilan darsning yarmi yoki 1/3 qismi davomida shug'ullanishga, darsning qolgan vaqtida o'quvchilar mustaqil ishlashiga to'g'ri keladi.

  4. O'quvchilar mustaqil ish bajarayotgan vaqtda o'qituvchi boshqa sinf bilan band bo'ladi.

  5. Bir sinf o'quvchilari, ayni vaqtda o'qituvchi rahbarligida ish- layotgan boshqa sinf o'quvchilarining xalaqit berishiga qaramay, mustaqil ishlayverishlari kerak.

Shunga qaramay oz komplektli maktab o'quvchilari uchun bir qator afzailiklari ham mavjud:

  1. Sinf o'quvchilari sonining kamligi (ba’zan 2-3 ta o'quvchi). Bu o'qituvchiga tez-tez so'rab turish, o'quvchilar bilimlaridagi kam- chilliklarni topish va ulami tuzatish imkoniyatlarini beradi

  2. Oz komplektli maktablarda o'quvchi daftarlarini tekshirishga oz vaqt sarflaydi, u bu daftarlar orqali o'quvchi qanday va nimadan qiynalayotganini oson aniqlaydi.

  3. Oz komplektli maktablar maktab xususiyatiga ko'ra o'quvchi darsning taxminan 1/3 qismida mustaqil ishlashga to'g'ri keladi. Buning o'quv maqsadlaridan tashqari, katta tarbiyaviy ahamiyati ham bor: iroda mustahkamlanadi, qiyinchiliklami bartaraf qilish malakasi tarbiyalanadi.

  4. Yuqori sinf o'quvchilari quyi sinf o'quvchilariga yordam ber- ishlari mumkin, chunki ular har kuni bir sinf xonasida birga bo'Iishadi.

Darslami rejalashtirish ham oz komplektli maktablarda ish tash- kil qilisbni aniqlab beruvchi omillardan biridir. Bu rejalashtirish esa har xil ishlami bir necha sinf bir vaqtda bajartshni ta'minlashdan ibo- rat.
Masalan, bir komplektli maktablarda dushanba kuni uchun dars jadvali quyidagicha:

Dars
bos-
qichlari

Vaqli

Isbni sinflar bo'yicha lasbkil qilish

i sinf

II sinf

III sinf

1

10 min

Muslaqil. Son- dan yig* indini ayirishga doir
misollar

Muslaqil. 20
gacba bo'lgan sonlami yozib, ular ustida qo'- shish misollari

O'qiluvchi bosh­chiligida yangi
mavzu bilan lan- ishlirish, mustah- kamlash. Muslaqil beriladigan top-
shiriqni tushunti- rish

2.

15 min

Muslaqil. Dars- likdan misol-
masalalar bcrish

O'qiluvchi boshchiligida muslaqil ishni tekshirish.
Yangi mavzuni tushunlirish Muslaqil ishga ko'rsatma. Uyga vazifa

Muslaqil. Darslik- dan misol-masala- lar yechish

3.

15 min

O’qiluvchi bosh­chiligida. Musla­qil ishni tekshi- rish va og'zaki mashq bajarish. «Jim» o'yini, иу­да vazifa berish

Muslaqil. Dars- likdan misol-
masalalar ko‘r- satiladi

Muslaqil. Oldingi lopshiriqlar davom yetkaziladi

4.

5 min

Muslaqil. Dars- likdan misol-
masalalar ko'r- satiladi

Muslaqil. Oldin- gi lopshiriqlar davom yetkazi- ladi

O'qiluvchi bosh­chiligida muslaqil ishlar lekshiriladi. Uyga vazifa beri- ladi






Demak, 1-sinflar ikki darsni oldin o'qiydi va ikki dars oldin tu- gatadi.
O'qituvchi uchun eng og‘ir soatlar 3 chi va 4 chi soatlardir.
O'z komplektli maktablarda o'quv ishini rejalashtirish tegishii metodik qo'llanmalar orqali o'qiluvchilarga yetkazilmoqda.
Uch sinfda bir vaqtda o'tkaziladigan bir predmetli (matematika) darsining taxminiy rejasini keltiramiz: I-sinfda «sondan yig'indini ayirish» (mustahkamlash); 2-sinfda «21 dan 100 gacha bo'lgan son- lami og'zaki raqamlash» {ya'ni tushuncha berish), 3-sinfda «1000 ichida og'zaki raqamlash» (ya’ni tushuncha berish). (L.Sh. Leven- berg va boshqalar. «Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish me- todikasi»).
Hamma narsadan oldin oz komplektli maktablarda sinf doskasi o'lchamini kattalashtirish kerak. Buning sababi bir necha sinf bilan ishlash sharoitida doskaga, birinchidan, bir necha topshiriq material- lari yoziladi va ikkinchidan, bir necha sinf uchun yoziladi. Shu bilan birga topshiriqlar umumiy maktabdagiga qaraganda to'laroq bayon qilinadi. Chunki, o'quvchilar ulardan o'qituvchining tushuntirishlar- isiz foydalanishlari kerak. Oz komplektli maktablar ish tajribasida bu maqsadlarda qo'shimcha yengil ko'chma, osma (yoki tagliklarga o'matilgan) doskalar, uzaytirilgan sinf doskalaridan (tortib turiladi- gan pardalar bilan taminlangan), olib qo’yiladigan (ochiladigan qopqoqli) maxsus doskalardan foydalaniladi.
Oz komplektli maktabda o'quvchilami o'qitishda har xil jadval- lar ham muhim rol o'ynaydi. Bunda, asosan, umumiy ta’lim maktab- lari uchun mo'ljallangan jadvallarning o'zidan foydalanish mumkin.
Oz komplektli maktablar uchun ma’lumotlari o'zgartiriladigan jadvallarning ahamiyati, ayniqsa, katta. Masalan, sodda masalalam- ing (murakkab masalalaming) qisqa yozuvlari namunalarini o'z ichiga oiadigan jadvallarni cho'ntakli qilib tayyorlash maqsadga mu- vofiq, bu cho'ntaklar son ma’lumotlami unga teskari masala bilan almashtirish natijasida maqsadni amalga oshirish imkonini beradi.
Oz komplektli maktabda algoritmik jadvallarga, ya’ni algoritmik qoidalami o'z ichiga olgan jadvallarga katta o'rin berish kerak.
Tarqatma-didaktik materiallardan foydalanish ham mustaqil ish- lami muvaffaqiyatli bajarishga imkon beradi. Ko'pchilik hollarda bu- lar topshiriqli kartochkalardan iborat bo'ladi.
Oz komplektli maktablar barcha maktablar uchun belgilangan dasturlar bo'yicha ishlaydigan va asosan boshqa maktablarga o‘xshash usullardan foydalanadilar, lekin bu yerda darsning tashkil etilishida muhim farqlar bor. Oz komplektli maktabda bolalami o'qitish va tarbiyalash o'qituvchidan katta mahorat talab qiladi.
Ikkita sinf bilan o'tkaziladigan masbg'ulotlarni rejalashtirishda o'qituvchi quyidagi masalalami hal etishi kerak:

  1. o'qituvchi rahbarligida o'tkaziladigan mashg'ulot vaqtini rat- sional taqsimlash;

  2. o'quvchilaming mustaqil shug'ullanishlarini to‘g‘ri tashkil etish;

  3. mustaqil ishlami qachon va qanday tekshirishni oldindan to‘g‘ri rejalashtirish;

  4. bir sinfdan ikkinchisiga o'tishni qanday amalga oshirishni hal etish.

Bu masalalami hal etish uchun o'qituvchi dars jadvalida mate- matika darsining o'mini, darsning turini belgilab olishi, darsning minutlar bo'yicha taqsimlangan puxta va aniq rejasini tuzib olishi lozim.
Dars jadvalida matematika, odatda, birinchi yoki ikkinchi soatga qo'yiladi. Matematika darsini boshqa sinfdagi xuddi shu dars bilan birgalikda boMishi eng maqbuldir.
Oz komplektli maktablarda darsning mazmuni va turiga qarab mashg'ulotlami birgalikda olib borishning ushbu to'rt turi farq qili- nadi:

  1. barcha sinflarda yangi material o'rganiladi;

  2. bir sinfda yangi material o'rganiladi, ikkinchi sinfda esa mashqlar bajariladi;

  3. ikkala sinfda malakalami mustahkamlash va rivojlantirish darsi o'tkaziladi;

  4. ikkala sinfda amaliy ishlar yoki ekskursiya o'tkaziladi.

Masalan:

Quyi sinf

Yuqori sinf

Dars mavzusi

Dars mavzusi

Dars maqsadi

Dars maqsadi

Darsning borishi






1. O'qituvchimng o'quvchilar bilan ishlashi

1. O'quvchilaming mustaqil ish­lashi

2. O'quvchilaming mustaqil ishlari

2. O'qituvchilaming o'quvchilar bilan ishlashi

3. O'qituvchilaming o'quvchilar bilan ishlashi

3. O'quvchilaming mustaqil ish­lashi

4. O'quvchilaming mustaqil ish- lashlari

4. O'qituvchilaming o'quvchilar bilan ishlashlari






1-IV sinflarda darsni tashkil qilish turlaridan birini ko'rib chiqamiz, u ikkinchi yarim yillik uchun, birinchi sinf bolalari mustaqil ishlash malakasiga ega bo'lganlaridan so‘ng tavsiya qilinadi.
Darsning bunday tuzilishi ushbu turga mos keladi:
Bir sinfda yangi materialni tushuntirib, qolgan ikki sinfda o'rganilgan materialni mustahkamlash.
Bir necha sinflar bir vaqtda shug'ullanganida o'quvchilar-ning mustaqil ishlari alohida o'rin tutadi.
Darsda mustaqil ishlashning mazmuni quyidagicha:

  • darsda yangi bilimlami o'zlashtirish uchun zarur bo'lgan, oldin 0‘tilgan materialni darslik yoki boshqa manba bo'yicha mustaqil takrorlash;

  • darsda o'rganilgan materialni mustahkamlash uchun mashqlar;

  • olingan bilimlami amaliy qo'llaniladigan turli xildagi mashqlar.

Mustaqil ishni to'g'ri tashkil etishda o'quv topshiriqlarining mu-
fassal ishianmalarini eslatmalar yordamida beradi.
Mustaqil ishlash usullari bilan bolalami o'qituvchi maktabdagi birinchi darslaridan boshlab tanishtira boshlaydi.
Bu fikrlash uquvini shakllantiradi, matematik nutqni rivojlantiradi, kuchsiz o'quvchilaming materialni yaxshiroq tushunib olish va hamma qatori o‘z muvaffaqiyatlaridan quvonishlariga imkon yara-tadi.
Nazorat uchun savollar

  1. Oz komplektli qishlcq maktabida o'quv ishini tashkil etish- ning xususiyatlari nimalardan iborat?

  2. Oz komplektli maktabda dars o'tishning taxminiy sxemasini tuzing.

  3. Mustaqil ishni yo'lga qo'yish xususiyatlari nimalardan iborat?


  1. Download 3,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish