M. E. Jumayev, Z. G'. Tadjiyeva



Download 3,82 Mb.
bet37/63
Sana13.06.2022
Hajmi3,82 Mb.
#665295
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   63
Bog'liq
BOShLANG‘ICh SINFLARDA

Darslik va о 'qitishning tarbiyaviy vazifasi O'qituvchi doimo o'z oldiga «Darslikdagi o'quv materiali o'quvchiga qanday larbiyani beradi?» degan savolni qo‘yishi kerak. Darslikda berilgan ko'pchilik mazmun va matnli masalalar faqat ta’lim maqsadlarini hal qilishi kerak, degan fikr mutlaqo noto'g'ri. Chunki bu mazmun va mashqlar ko'pgina tarbiyaviy isblami ham amalga oshiradi. Masalan, kishilaming turmush va mehnatlari, xalq xo'jaligi rejalari, ularni bajarishga intilish, tadbirkorlikning mohi- yati, mehnat unumdorligi, xom ashyo, vaqtni tejash, narx, savdo, texnika va boshqalar to'g'risida ma’lumotlar beradi.

Darslikda tavsiya qilingan har xil turdagi mashqlar boshlang'ich sinfda matematika o'qitish orqali amalga oshiriladigan tarbiyaviy masalalaming bajarilishi uchun imkoniyat yaratadi.
Mashqlar tizimi shunday tuziladiki, bu orqali o'quvchilar bilim- lami kuzatish, taqqoslash orqali kuzatiladigan faktlaming farqli to- monlarini aniqlaydi, xulosalar chiqaradi. Darslik maxsus yo'nalish- dagi vazifalami tavsiya qilishi lozim. Masalan, «quyidagi masalalar qaysi tomonlari bilan o'xshash va qaysi tomonlari bilan farq qilishini ayting».
0‘qitishning samaradorligi ana shu imkoniyatlami hisobga olish orqali amalga oshiriladi. Bunda ko'p sondagi mashqlar turli xil ifodalami taqqoslash bilan bog'liqdir. Masalan, amal komponentlari va amal natijalari orasidagi bog'lanishni aniqlash uchun tuzilgan jadvallar orqali bu komponentlaming o‘zgarish sabablarini bilib oladilar.
Tarbiyaviy vazifalarni hal etish uchun darslikda illyustrativ (tasvirli) materiallar ko'rsatilgan. Ular o'quvchilaming konkrel va abstrakt fikrlashining rivojlanishiga yordam beradi Predmet ko'rgaz- masidan shartli ravishdagi ko'rgazmaga (sxema, chizma) o'tish har xil shakldagi matematik munosabatlami modellashtirish bilan o'quvchilami tanishtirish ta’minlanadi.
Barcha darslikdagi illyustratsiyalar tavsiya qilingan matematik masalalaming turli xilligi va boyligini aks ettiradi. Rasmlardan foy- dalanishda shu narsa diqqat markazida turishi kerakki, matematikaga qiziqish uyg‘otsin, boshlang'ich matematika kursini o'zlashtirishga yordam bersin.
O'quvchilarda bilimlami shakllantirishda ulaming kilob ustida mustaqil ishlashi katla ahamiyatga ega. Darslik bu bilimlami o'zlash- tirishda keng imkoniyatlar ochib beradigan birdan-bir manbadir.
Matematika o‘qitish vositalari - bu ta’lim jarayonida foy- dalaniladigan barcha o'quv qoMlanmalardir. Matematika o‘qitish vositalariga:

  1. darsliklar va qo'llanmalar;

  2. ko'rsatmali qo'llanmalar;

  3. o'qitishning texnik vositalari (0‘TV) kiradi.

Boshlang'ich sinflar uchun matematika darsliklari asosiy
o'qitish vositalari bo'lib, ular o‘z ichiga dastur materiallarini oladi. Unga asosiy o'quv va malakalaming shakllanishini ta’min-lashi lozim bo'lgan mashqlar va topshiriqlar tizimi kiritiladi. Darslik yangi narsani o'rganishda u yoki bu uslubiy yondashishni ko'rsatib beradi.
O'qitish vositalarining obyektlari to'plami sifatida xarakterli xususiyati shundan iboratki, ulaming har biri:

  1. o'rganilayotgan tushunchani to'la tasvirlaydi yoki qisman al- mashliradi;

  2. o'rganilayotgan tushuncha haqida yangi ma’lumotlar beradi.

O'qitish vositalarini har xil tabiatli modellaming to'plami sifa­tida, ulami asosan ikki sinfga bo'lish mumkin: ideal modellar sinfi
va material-predmetlar modeli. Matematikadan muntazam darsliklar, didaktik materiallar, o'quv qo'llanmalar, o'qituvchiga yordam tariqa- sida chiqariladigan har xil tavsiyanomalar va hokazolar ideal model- !ar sinfiga kiradi. Har xil modellami (sanoq cho'plari, predmet karti- nalar, geometrik figugalar modellari va hokazo), jadvallar, diafilmlar va boshqalami material-predmetlar sinfiga kiritish mumkin (o'qitish- ning bu vositalari katta ko'rsatmalikka ega, shu sababli ularni ko*rsatma-qo‘llan-malar ham deyiladi).
Ko‘rinib turibdiki, o'qitish vositalari ma’lumot (yangi bilimlar) manbai, nazorat qilish, bilimlaming qanchalik o‘zlashtirilganligini hisobga olish va o'quvchilaming mustaqil individual ishlarini tashkil qilish vazifalarini bajaradi.
Bunda o'qituvchining asosiy vazifalaridan biri o'quvchilami darslikdan bilim manbai sifatida foydalanishga o'rgatishdir. Mate- matika darsliklari xususiyati shundan iboratki, ularda nazariy mate­rial ham, amaliy material ham beriladi. Shu sababli, darslikdan darsning turli bosqichlarida foydalanish mumkin.
Matematika o'qitishda bolalarga darslikda mavjud bo'lgan matematik yozuvlaming, rasmlaming va chizmalarning mohiyatini tushuntirishga yo'naltirilgan ish katta ahamiyatga ega, bu aytil- ganlaming hammasi darslikning asosiy mazmunini tashkil qiladi.
Matematika o‘qitish vositalari orasida matematikadan top- shiriqlar yozilgan kartochkalar muhim o‘rin tutadi, bular darsliklarga qo'shimcha tariqasida nashr qilinadi. Ulaming asosiy maqsadi indi­vidual topshiriqlar bo'yicha bolalaming mustaqil ishlarini tashkil qil- ishda, dastuming asosiy materiallarini puxta o'zlashtirishda o'qituv- chiga yordam berishdan iborat.
Ko'rsatmalilikning boshlang'ich ta’limdagi roli o'quvchilar-ning abstrakt tafakkurlarini ham, konkret tafakkurlarini ham rivojlantirishdan ihoratdir. Bundan tashqari, ko'rsatmalilikdan foydalanish o'quvchilami faollashtiradi, ulaming e’tiborini, o'rganilayotgan materialni puxtaroq o'zlashtirish imkomni heradi, o'quv jarayonini boshqarish uchun yaxshi sharoit yaratadi, vaqtni tejash imkonini beradi, ya’ni:

  1. Ko'rsatmalilikdan foydalanish samarali bo'lishi uchun eng oldin nazariyaning u yoki bu masalasi qaralayotganda foydalaniladi- gan ko'rsatmali materialni tanlashni o'ylab ko'rmoq kerak. Ko'rsatma materiallami tanlashga nisbatan qo'yiladigan talablarni qarab chiqamiz:

  1. Yetarlicha miqdorda ko‘rsatma material bilan ta’minlash, bu- lami tahlil qilish asosida o'quvchilar kerakli umumlashtirishlarini qila oladigan bo'lishlari kerak. Masalan, bolalami 4 sonining hosil bo'lishi bilan tanishtirishda o'qituvchi oldindan bunday amaliy ish tashkil qiladi: u uchta doirachaga bitta doirachani; uchta cho‘pga bitta cho'pni qo'shishni taklif qiladi, shu ishni boshqa didaktik mate- riallarda bajartiradi.

  2. Har xil ko‘rsatma materiallar bilan yetarlicha ta’minlash juda muhimdir. Bu o'rinda doimo psixologlar tomonidan ifodalangan qoidani esda tutish kerak: “o'quvchilarda to'g'ri umumlashtirishlar tarkib toptirishning zaruriy sharti beriladigan o‘quv materialining muhim xususiyatlarini o'zgartirmay saqlagan holda uncha muhim bo'lmagan xususiyatlarini turlantirishdan iborat”.

Masalan, 3 soni predmetlaming o'zgarmas soni (3) kabi lushun- cha uchun muhim xususiyatdir, predmetlaming rangi, o'lchami, tekislikdagi joylashuvi muhim bo'lmagan xususiyatdir. Shu sababli , o'quvchilami 3 soni bilan tanishtirilar ekan, bir jinsli predmetlardan iborat to'plamlardan (bir xil andaza bo'yicha qiyilgan uchburchaklar, doirachalar va hokazolardan)gina emas, balki har xil predmetlardan (masalan, har xil rangli va o'lchamli doirachalar, katta va kichik har xil ko'rinishli va har xxil rangli olmalar) dan iborat to’plamlardan foydalanish kerak, chunki aks holda bolalarda bir xil predmet- lamigina sanash mumkin, degan noto‘g‘ri tasavvur hosil bo'lishi mumkin.
d) Matematika o'qitishda sekin-asta, ammo o‘z vaqtda ko'rsatmalilikning bir turidan ikkinchi turiga o’tishni ta’minlay olishi kerak. Masalan, o'qitish jarayonida masalalar shartlarini illyustratsi- yalasbda amalning o’zini ham namoyish qilish bilan birgalikda amallami ko’rsatmay to'la predmet ko’rsatmalilikka, so’ngra esa to‘la boMmagan predmet ko’rsatmalilikka o’tish ta'minlanishi kerak.

  1. Matematika o'qitishda harakatli, dinamik qo'llanmalarga afzallik berish kerak Harakatli ko'rsatma-qo'llanmalar bilan bir qa- torda individual ko'rsatma qo'llanmalar ham, har xil didaktik materi­allar ham zarur.

Boshlang'ich matematika o'qitishda ko'rsatma-qo'llanma- laming har xil turlaridan foydalaniladi. Ko'rsatma-qo'llanma-Iaming turlarini bilish ularni to'g'ri tanlash va o'quv jarayonida samarali foydalanish imkonini beradi.
Ko'rsatma qo'ilanmalami ikkita, ya’ni natural va tasviriy ko'rsalma-qo'llanmalarga bo'lish qabul qilingan.
Ko'rsatma qoMlanmalar ma’lum talablarga muvofiq bo'lishi, chunonchi ular o‘quv dasturiga, o'quvchilaming yosh xususiyatlariga muvofiq bo'lishi lozim.
Bilim va uquvlami mustahkamlash bosqichida turli-tuman mashqlar uchun ma’lumot jadvallaridan, og'zaki sanoq uchun jadval- lardan, masalalar tuzish uchun rasmlar, sxemalar va chizmalardan keng foydalaniladi.
Matematik amallar xossalarini o'rganish, ko'paytirish jadvalini tuzish va hokazoiarda foydalanish mumkin.
Nazorat savollari

  1. 0‘qitish vositalari deyilganda nimalar tushuniladi va ulaming asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  2. Darsliklar bilan ishlash qanday yo'nalishlarda olib boriladi?

  3. Ko'rsatmalilikdan foydalanishning ahamiyati va maqsadlari nimalardan iborat?

  1. §. Oz komplektli maktabda matematikadan bosh-
    !ang‘ich ta’limni tashkil etishning xususiyatlari



  1. Download 3,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish