M. E. Jumayev, Z. G'. Tadjiyeva



Download 3,82 Mb.
bet34/63
Sana13.06.2022
Hajmi3,82 Mb.
#665295
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   63
Bog'liq
BOShLANG‘ICh SINFLARDA

1. Matematika o'qitishda ko'rgazmalilikning ahamiyati
Ko'rgazmalilikning turli xil manbalaridan foydalanish c'quvchi- lami faollashtiradi, ulaming diqqatini oshiradi va rivojlantiradi, o'quv materialini mustahkam o'zlashtirishni ta’minlaydi va vaqtni tejash imkonini beradi.
Tabiiy fanlarga qaraganda maiematikadan ko‘rgazma!ilik va ko‘r- gazma manbai tubdan farq qiladi. Tabiat fanlarida narsalaming aynan o'zini ko'rsatish imkoni bo‘lsa, matematikada esa abstrakt xarakterga ega, bo'Iayotgan hodisaning o‘zini aynan ko'rsata olish imkoni kam.
Matematikada ko‘rgazmaliiik:

  1. Ko'rsatilayotgan ob’yektlar to‘plamining eiementlari sifatida qaraladi, ular uslidan ba’zi amallar bajarish mumkin. Masalan, o'qituvchi savatdagi olma, daraxtdagi qushlar haqida gapirganda, olmaning yoki qushlaming qandayligi haqida to'xtalmaydi, balki ulaming soni va sonli munosabatini aniqlaydi.

  2. U yoki bu narsa haqida gap yuritilganda, uning shaklini yoki narsaning miqdori sonli xarakterini tekshirish mumkin. Narsalaming sonli munosabatini o‘z holicha va shakllarini ko'rishda kolpincha hodisaning aynan o‘zidan foydalanib bolmaydi. Shuning uchun o'qituvchiga turli xildagi ko'rgazmalilik, 1-navbatda modellar, chizma, sxemalar yordam beradi. Matematika o'qitishning turli xil bosqichlarida va uning turli xil boMimlarida ko'rgazmalilikda bir xilda foydalanish kerak emas.

Masalan, matematika o'qitishning 1-bosqichlarida 1o‘plam eiementlari bilan doimo mulohaza qilishga to'g'ri keladi. Lekin bu ko'rgazmalilikning roli sekinlik bilan kamaya borib, uning o'rnini
simvollar (raqam, belgi) egallay boshlaydi. Masalalami yechishda esa ko'rgazma sifatida narsalar va ulaming tasvirlari qo'llaniladi,
Geometriyani o'qitishda esa fazoviy va shakl munosabatlaming ko'rgazmasi sifatida turli xil modeller va ulaming tasvirlaridan foydalaniladi. Shu bilan birga o'qitishning birinchi qadamidayoq o'quvchilaming tasavvur qilish qobiliyatini rivojlantirish kerak: cheksiz to‘g‘ri chiziq, nur, burchak va boshqalar haqidagi tasvirlami to'g'ri chiziqdan boshqa modellar bilan ko'rsatish imkoni yo‘q.
2. Ко rgazma qurollarga qo 'yiladigan talablar
Ko'rgazma samarali bo'lishi ucbun ba’zi bir talablarga rioya qilishi kerak. Ko'rgazmali qurollarga qo‘yiladigan umumiy talablar: mazmunining ilmiyligi, o‘quv dasturiga mosligi, o'quvchilaming yosh xususiyatlariga mos bo'lishi. Yasalishi va ichki ko'rinishining ko'rish masofasiga mosligi, bajarilishning tozaligi, foydalanish qu- layligi, matematikani tusbuntirishga foydaliligi. Matematika o'qitish- dagi ko'rgazma manbalari mazmun jihatdan sodda va aniq bo'lishi kerak. Bu ko'rgazma qurollar matematika o'qitish bosqichlarida ketma-ket quyidagi tartibda qo'llaniladi:
a) atrofdagi mavjud narsalar (sinf xonasidagi narsalar, o'simliklar), b) o'quvchilarga yaxshi tanish bo'lgan narsalaming tasvirlari va rasmlari, c) shu narsalaming shartli tasvirlari, d) sxemalar va hokazo.
3. Ко ‘rgazma qurollarning turlari
Boshlang'ich matematika o'qitishda turli xil ko'rgazma qurol- lar qo'llaniladi, ulami quyidagi turlarga bo'lamiz:

  1. atrofda mavjud predmetlar. O'quvchilarga 1-kundan atrof­dagi narsalardan sanash, qo'shish, ayirishda foydalanish mumkin. Masalan, kitob, daftar, qalam, sanoq cho'plari va hokazo.

  2. tasviriy ko'rgazma qurollar. Bunday ko'rgazma qurollar turiga o'quvchilarga tanish bo'lgan o'quv jadvallari va rasmlardan boshqa qurollar kiradi. Masalan, arifmetik amallar bajarishda 10 ta bir xil bo'lgan jo'janing rasmi chizilgan kartondan foydalanish mumkin. Shuningdek, bunday ko'rgazmali qurollar turiga o'lchov asboblarning modellari (soat strelkasi, tarozi), o'lchov modeli (metr, litr) kabilar kiradi.

  3. jadvallar: Jadval deb biror tartib bo'yicha qatorlarga yozil- gan son yoki matnli yozuvga aytiiadi. Bu materiallaming hamma- sini birlashiruvchi mavzu qo‘yiladi. Jadvallar qo'llanishiga qarab quyidagi 4 turga bo'linadi:

  1. bilishga;

  2. ko'rsatma berishga;

  3. mashq qilishga;

41 ma’lumot berishga doir bo'ladi.
Bilishga doir jadvallarda yangi materiallami bayon qilishda qo'llaniladigan va yangi ma'lumotlami o‘z ichiga olgan jadvallar kiradi. Bulardan a'quvchilar bilimini kengaytirish va umumlashtirish maqsadida takrorlashlarda ham foydalanish mumkin, Bunday jad- vallarga sanoq birliklarining xona va sinflarini ko'rsatuvchi, uzun- liklarini o‘lchash kabi jadvallar kiradi. Ko'rsatma (inslruktiv) berish jadvallari и yoki bu amallami bajarish, masala yechish, hisoblash malakasini oshirishda qoMlaniladi. Bunday jadvalda raqamlaming qo'lyozma namunasi, arifmetik amaiiarning bajarish tartibini ko'rsatuvchi jadvallar misol bo'ladi.
Mashq qilish jadvallari hisoblash malakasini shakllantirish maqsadi- dagi ko‘pgina mashqlami bajarishga mo'ljallanadi. Bunday jadvallarga og‘zaki hisobiashda qo'llaniladigan quyidagi jadvallami misol qilib kelti- rish mumkin. Qo'shish va ko'paytirish (Pifagor) jadvallari.
Ma’lumotlar jadvalari o'quvchilaming misol va masalalami yechishda kerakli bo'lgan materiallami o‘z ichiga oladi. Bunday jadvalga metrik o‘lchov birliklari jadvali, vaqtni o'lchash jadvallari misol bo'ladi.

  1. hisoblash asbablari. Bunday ko'rgazma qurol turiga cho‘t, abak, arifmetik quti va kompyuter mikrokalkulyator kiradi. Abak yoki hisob doskasi ko'pincha qo'lda yasaladi. Ular birliklar, o‘nliklar, yuzliklar bo'lishi uchun har xil rang bilan bo‘yaladi. Arifmetik yashik kub formasida yasalib, ikkita tomoni ochiladigan bo‘ladi U ko‘p miqdordagi hisoblash materiallarini o‘z ichiga oladi: Yogoch kub, kvadrat doska va h.k. Kub, doskalardan raqamlash va sanashni o'qitishda foydalanish mumkin.

  2. o‘lchov asboblari. O‘lchov asboblari o'qitish jarayonida ikki tomonlama: 1) amaliy mazmundagi masalalami yechish va turli ish- lami bajarishda o'lchash uchun ishlatiladi; 2) o'lchov birliklari o'rtasidagi bog'lanish va o'lchov birliklarini o'qitishda yardamchi ko'rgazma qurol sifatida ishlatiladi.

Boshlang'ich sinflarda uzunlik, og'irlik, hajm, yuza o'lchov as- boblari qo'llaniladi va asosiy o'lchash ishlari bajariladi.
O'lchov asboblariga quyidagilar kiradi:

  1. chizg‘ich, uchburchak, metrli chizg‘ich, o*lchov sirkuli;

  2. pallali tarozi, (toshlari bilan) siferblatli tarozilar;

  3. litrli va yarim litrli idishlar.

  4. siferblat;

  5. paletka;

  6. sinf sirkuli.


Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish