BOB. XUSUSIY METODIKA MASALALARI
§. Manfiy bo'lmagan butun sonlarni raqamlashga
o'rgatish metodikasi
Talabaiarda ushbu mavzu bo'yicha biiim ko'nikmalariga qo‘yiladigan talablar, har bir talaba:
konsentirlar bo'yicha «raqamlash» mavzusini mazmuni va vazifatarini hilishi;
o'quvchilami o'zlashtirishni takomillashtiradigan mashqlar tizimini ishlash jarayonini bilishi:
fanlararo aloqadorlik va sonlarni xonalar bo'yicha o'zaro uz- viyligiga bog'liq metodlar;
natural sonlar qatorining hosil qilish tamoyillari;
Sonning o'nli tarkibi to'g'risida;
konsetrlar bo'yicha sonlaming o'qilishi va joylashuvi;
yangi sanoq birligining hosil qilinishi;
konsentrlar bo'yicha sonlaming joylashuv tarkibi;
xona birliklari bo'yicha munosabat;
sonlar tarkibining o'qilishi va yozilishini bilishi kerak.
Mavzuni o'rganish jarayonida ko'rgazmalilikdan foydalanishni
bilish kerak:
mavzu bo'yicha dastur talablari asosida sonlarni xona qo'shiluvchilari yig'indisi shaklida tasvirlash;
darslik bo'yicha ko'rgazmalar asoisda suhbatlar olib boorish;
o'quv matcrialini o'zlashtirishini mustahkamlashga va kuchaytirishga oid didaktik o'yinlar tanlash;
biiim, malaka va ko'nikmalarni hosil bo'lishi bo'yicha turli metodlar va mashqlar, mustaqil isblar tuza olish;
turli xil ko'rinishdagi ko'rgazmali vositalar asosida yangi ma- terialni va o'tilgan materiallami mustahkamlash va bayon qila olish. Raqamlash metodikasi bosqichda o'qituvchining vazifasi bolalarda sanash malakalarini shakllantirish va 1-10, 100 ichida, 1000 ichida va ko'p xonali sonlarni sanay olishini, didaktik tamoyillar asosida natural qatoming tuzilishini ochib herish va bu asosda sonni natural ketma-ketlikning hadi sifatida ta’riflashdan iborat.
Buning uchun o'quvchilaming quyidagilarga erishishlarini ta’minlash zarur:
o‘quvchilaming miqdor va raqamlar tartibi haqidagi tushun- chalarini aniqlash;
predmetlami sanashni shakllantirish;
1 dan 10 gacha sonlar ketma-ketligini yaxshi o'zlashtirib ol- ishlari kerak;
narsalami sanashni va sanash tartibi ko'rsatilganda har bir nar- saning berilgan guruhdagi tartih raqamini aytib bera olishlari kerak;
sonlaming 1 dan 10 gacha qatoridagi har bir son qanday hosil bo'lishini ongli ravishda o‘zlashtirishlari kerak;
raqamlami o‘qib olishlari va har bir raqamni narsalaming mos soni bilan mos qo‘ya olishlari kerak;
sonlarni taqqoslashni bilishlari kerak;
2,3,4,5 sonlaming ikkita qo'shiluvchilardan iborat sonlar tarkibini barcha hollarini mustahkamlab, o'zlashtirib olishlari kerak;
2+1, 4-1, 1+3, va hokazo ko'rinishdagi matematik yozuvlami o'qiy olishlari va bunday yozuvlami aniq rasmlar bilan mos qo‘yish!arini bilishlari kerak;
miqdorlar yordamida predmetlami o'zaro taqqoslash, «ко'р», «кат», «ortiq», «baland», «past» kabi tushunchalami taqqoslay olishi hamda doira, kvadrat, uchburchakni bir-biridan farq qila bilishlari va nomini ayta olishlari kerak.
Raqamlash metodikasi natural sonlar va nol haqidagi ma’lumot- lami o'nlik, yuzlik, minglik, ko‘p xonali sonlar konsentrlari bo‘yicha kiritishni nazarda tutadi.
Matematika dasturi o‘z ichiga avvalo natural sonlar bilan to‘rt arifmetik amal bajarishni oladi. Bu matematikaning yadrosini tashkil qiladi. Shu bilan birga algebra va geometriyaning asosiy tushun- chalari, asosiy miqdorlar kiritilgan, ular arifmetik amallar bilan zaru- riy o'rinda qo‘shib o'qitiladi.
No ni nemerlash va ular ustida arifmetik amallar bajarish bosh- lang'ich matematika kursi asosini tashkil qiladi. Unga algebra va ge- ometriya elementlari o'qitiladi. Dasturda natural sonlar va nol haqidagi ma’lumotlami asta-sekin o‘nlik, yuzlik, minglik va ko‘p xonali sonlar konsentrlari (takroriy) kiritish nazarda tutiladi. Bu o‘nlik sanoq tizimining xususiyalari bilan, og'zaki va yozma raqamlashni takror-takror qo'llash orqali beriladi.
1-o‘nlikni raqamlashda 1-10 sonlarini sanash, raqamlami aytish, ketma-ketligini, katta-kichikligini oczlashtirish nazarda tutiladi. 1- o'nlik bilan nol soni ham birga o'rgatiladi Uni bo‘sh to'plamning xarkteristikasi sifatida berilgan. Raqamlash davomida 11-20, keyin 21-100 ichida sonlami raqamlash qaraladi. l-,2-, ....o'nliklami hosil qilish, birgalikda o'nliklami, ya’ni o'nli sanoq tizimining mohiyati tushuntiriladi. Keyingi sinflarda 100 ichida, 1000 ichida va ko'p xonali sonlar og'zaki va yozma raqamlash, arifmetik amallar bajar- ish, komponentlaming nomlarini o'rgatishlar amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |