\
547 sonini hosil qilish uchun 500 soni yozilgan va 40 soni yozilgan, 7 soni yozilgan ko'rgazmalar qator qilib doskaga tizib qo‘yiladi va sonlardagi nollar bekitilib ustiga 40 soni, bu sondagi no Ini bekitib 7 soni qo‘yiiadi, natijada 547 soni hosil bo'Iishi tushuntiriladi.
O'quvchilar bilan sonlar xonalari takrorlanib, «Birinchi xona birliklari», «lkkinchi xona birliklari» tushunchalariga asoslanib, yangi tushuncha «Uchunchi xona birliklari», ya’ni uch xonali sonlar bilan tanishtiriladi. O'quvchilaming oldin olgan bilimlari asosida «Son» va «raqam» atamalari qanday tushunilganligi tahlil qilinadi. Sonlaming yozilishida noldan foydalanishga alohida e’tibor beriladi. Kuzatishlarga asoslanib quyidagi xulosa chiqariladi: o'ngdan chapga qarab hisoblaganda birliklar birinchi o'ringa ( ular birinchi xona birliklari deb ataladi), o'nliklar ikkinchi o'ringa ( ular ikkinchi xona birliklari deb ataladi), yuzliklar uchunchi o‘ringa yoziladi. 1000 sonini qanday yozilishi ko‘rsatiladi.
Quyidagi mashqlarni bajarish yozma raqamlashga oid bilimlami mustahkamlaydi:
Sonlar qatorini yozing: 192, 365, 449, 852, 973, 1000, 43,
100, 135,299,
Uch yuz o‘n va uch yuz yigirma olti soni qanday yozilishini tushuntiring.
865 va 943 orasida yotuvchi sanlami hammasini yozing.
3,6,9 raqamlari yordamida hosil qilish mumkin bo'lgan bar- cha uch xonali sonlami yozing.
Quyidagi sonlaming yozilishida 9 raqami nimani bildiradi?
923, 995, 293, 906,609, 590,559
Uchta yuzlik va oltita birlik: 4 ta o‘nlik va 2 ta birlik: oltita yuzlik va 6 ta o'nlikdan iborat sonni yozing.
Og'zaki raqamlashni, so‘ngra yozma raqamlashni o‘rganishda sonlami xona qo‘shiluvchilariga ajratishga keltiriladigan qo'shish va ayirish hollari qaraladi. Masalan, 10+7, 18-10, 15-5 ni yeching.
100 ichidagi sonlami raqamlash darsida sonlaming natural qatori bilan tizimli ish hajarib turilishi kerak. Predmetlami bittalab qo'shib sanash va ajratib sanashga doir 14-1, 17+1 kabi misollami yechish, taqqoslashga doir 16<17, 18>15 misollami ko‘rsatish lozim.
Tushuntirishda cho‘plar bog‘lami, doirachalar, abak va boshqa ko‘rgazmali vositalardan foydalaniladi. 1 xonali va 2 xonali son tushun- chalari kiritiladi. Quyidagi ko‘rinishdagi mashqlarni berish mumkin.
Oldin 1 xonali, keyin 2 xonali sonlami tartib bilan yozing. 2, 13, 15, 12, 8, 11, 17, 14.
4 ta ixtiyoriy bir xonali son yozing va har birini 10 ta ortti-
ring.
1 va 2 raqami bilan oldin 1 xonali, keyin 2 xonali son yozing. Bundan keyin 21dan 100 gacha bo'Igan sonlami raqamlashga
quyidagi tarzda o'tiladi:
0‘nliklar sanog'i, 10, 20, 30, ... hosil bo'lishi va atalishi.
Sonlaming o'nliklardan va birliklardan hosil bo'lishi.
Ikki xonali sonlami yozma raqamlash, yozish va o'qish, 1- va
xona birliklari.
Do'stlaringiz bilan baham: |