M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova



Download 1,05 Mb.
bet50/274
Sana07.11.2022
Hajmi1,05 Mb.
#861701
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   274
Bog'liq
M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova

d) titroq undosh: r.


Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra undoshlar dastlab ikki turga bo`linadi:

  1. Sonor35 yoki shovqin ishtirok etqan ovozdor undoshlar;

  2. Shovqinli undoshlar.

Sonor undoshlar tarkibiga ovozning miqdori shovqinga nisbatan ortiq bo`ladi, ularga m, n, ng, l, r undoshlari kiradi. Bunday undoshlarning hosil bo`lishida o`pkadan chiqayotgan havo oqimi bo`g`iz bo`shlig`idagi un (ovoz) paychalarini faol ishtirok ettiradi, shuning uchun bu undoshlar unlilarga yaqin turadi. Lekin bu undoshlar havo oqimining og`iz bo`shlig`ida to`siqqa uchrab, qisman shovqin hosil qilishi natijasida yuzaga keladi.
Shovqinli undoshlar tarkibida shovqinning miqdori ovozga nisbatan ko`p bo`ladi yoki ovoz mutlaqo qatnashmaydi. Ularga b, v, g, d, j, dj (jiyan so`zidagi kabi), z, y, k, p, s, t, f, x, ch, sh, q, g‘, h undoshlari kiradi. Bunday undoshlar tarkibida ovozning ishtirok etish-etmasligiga ko`ra, ikki turga bo`linadi:

  1. jarangli undoshlar tarkibida qisman bo`lsa-da ovoz qatnashgan shovqinli undoshlardir: b, v, g, d, j, dj (jilg`a so`zidagi kabi) z, y, g`.

  2. jarangsiz undoshlar faqat shovqinning o`zidan iborat bo`lgan, tarkibida ovoz mutlaqo qatnashmagan undoshlardir: k, p, s, t, f, x, ch, sh, h.



Undosh fonemalar tasnifi jadvali


Hosil bo`lish


usuliga ko`ra

Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra

Hosil bo`lish o`rniga ko`ra

Lab undoshlari

Til undoshlari

Bo`g`iz undoshi

lab-lab


lab-tish


til oldi


til o`rta

til orqa

Chuqur til orqa

Portlovchilar



jarangli

b, m




d, r, n




g, ng







jarangsiz

p




t




k

q






35 sonor – lotincha “ovozdor” demakdir

Sirg`aluvchilar



jarangli




v

z, j,l

y




g`




jarangsiz




f

s, sh







x

h

Qorishiqlar



jarangsiz







ch













jarangli







dj















7-§. Undosh tovushlar tavsifi Til undoshlari




B tovushi - lab-lab, sof portlovchi, jarangli undosh tovush bo`lib, so`z boshida (bahor), o`rtasida (abadiy) va oxirida (kitob) uchraydi. Ьu tovush so`z oxirida kelganda jarangsizlashadi va p tovushi bilan almashadi: maktab – maktap, odob- odop. Bu tovush ko`pincha ikki unli orasida kelganda yoki ikki fe`l birikib talaffuz qilinganda, v tovushi kabi aytiladi va ba`zan shunday yoziladi: kabob – kavob, qobirg`a - qovurg`a, sabil – savil, qurbaqa – qurvaqa, ko`ra ber – ko`raver kabi.
So`z boshida kelgan b tovushi ayrim shevalarda talaffuz paytida m tovushiga o`tadi: murch
> burch (garmdori – Xorazm shevasida). Tarixan b va m tovushlarining almashinuvi turkiy tillarda kuzatiladi: ben – men, bunga – munga va h.

    1. tovushi – lab-lab va lab-tish, sirg`aluvchi, jarangli undosh tovush. So`zning boshida (vazifa, vafo), o`rtasida (sovun, lavlagi, taqvim) va oxirida (o`tov, birov) kela oladi. Sof o`zbekcha so`zlarda bu tovush so`z boshida deyarli qo`llanmaydi.

M tovushi - lab-lab, portlovchi-sirg`aluvchi, burun, sonor, jarangli undosh tovush bo`lib, so`zning boshida (mehr, mo`ylov, mulk), o`rtasida (omon, umr) va oxirida (tom, bodom, qadam) kela oladi.
P tovushi – lab-lab, sof portlovchi, jarangsiz undosh tovush bo`lib, so`zning boshida (pilla, po`choq, parda), o`rtasida (opa, qipiq, to`piq) va oxirida (cho`p, top, sop) kela oladi. Ko`p bo`g`inli so`zlarning oxirida bu tovush deyarli uchramaydi.
F tovushi - lab-tish, sirg`aluvchi, jarangsiz undosh tovush bo`lib, faqat o`zbek tiliga arab, fors va rus tillaridan o`zlashgan so`zlarning boshida (faqir, oftob, fabrika), o`rtasida (qofiya, iffat, kofe) va oxirida (sarf, urf) kela oladi. Ba`zi so`zlarda talaffuzda p tovushi bilan almashadi: foyda > poyda, Farida > Parida. Bunday o`zgarishlar hozirgi orfografiyada aks ettirilmaydi.


Til undoshlari




T tovushi til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh tovush bo`lib, so`zning boshida (to`ti, tuxum), o`rtasi (katta, vatan) va oxirida (savat, qavat, harakat) kela oladi. O`zbek milliy tilining o`g`uz lahjasiga mansub shevalarda t ba`zan d ga o`tadi: tuz > duz, o`t > o`d kabi. Bu o`tishlar adabiy orfografiyada ifodalanmaydi.
Arab, rus yoki fors-tojik tillaridan o`zlashtirigan so`zlardagi qo`sh undoshlar tarkibidagi t tovushi talaffuzda ko`pincha tushib qoladi: g`isht > g`ish, pastqam > pasqam, taksist > taksis kabi. Bu o`zgarish yozma nutqda aks etmaydi.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish