Nutq tovushlari, birinchidan, bo`g`iz bo`shlig`ida un paychalarining tebranishidan hosil bo`ladigan ovozdan, ikkinchidan, og`iz bo`shlig`ida hosil bo`ladigan shovqindan iborat bo`ladi. Shunga ko`ra, ular ikki turga aratiladi: 1) unli tovushlar; 2) undosh tovushlar.
Unli tovushlar faqat ovozdan iborat bolib, ularni talaffuz qilganimizda, o`pkadan chiqayotgan havo oqimi og`iz bo`shlig`ida to`siqqa uchramasdan chiqadi. Masalan: a, i, e, u, ...
Undosh tovushlar esa o`pkadan chiqayotgan havo oqimining og`iz bo`shlig`ida to`siqqa uchrashi natijasida yuzaga kelgan shovqindan hosil bo`ladi. Masalan: b, p, d, t, z, s ...
Undosh tovushlar tarkibida ovoz qatnashishi yoki qatnashmasligi mumkin. Masalan, b, d, g, v, j, z kabi undoshlarda shovqindan tashqari ovoz ham ishtirok etadi. Ammo p, t, k, f, sh, s kabi undoshlar faqat shovqindan iborat bo`lib, ularda ovoz umuman bo`lmaydi.
Unlilarning undoshlardan asosiy farqi shundaki, unlilar bo`g`in hosil qiladi. Masalan, tortdi so`zi tarkibida to`rta undosh, ammo ikkita unli bo`lib, ayni ushbu unlilar ikkita bo`g`inni yuzaga keltiradi. Unli tovush bo`g`inning cho`qqisini hosil qiladi va sonant sanaladi, undosh unlining yonida bo`lib, konsonsnt hisoblanadi.
Unlilarni nafas yetguncha istagancha cho`zib talaffz etish mumkin, undoshlarni esa cho`zib talaffuz etib bo`lmaydi.
Hozirgi o`zbek adabiy tilida unli fonemalar oltita: i, e, a, u, o‘, o.
unlilarning tasnifi uch xususiyatga asoslanadi: tilning oldinga yoki orqaga harakat qilish darajasiga, tilning tanglay tomon ko`tarilish darajasiga va lablarning ishtirokiga ko`ra. Shu jihatdan unlilar uch tomondan tasnif qilinadi:
tilning gorizontal harakatiga ko`ra;
tilning vertikal harakatiga ko`ra;
lablarning ishtirokiga ko`ra.
Tilning gorizontal harakatiga ko`ra unlilar ikki guruhga bo`linadi:
old qator unlilar: i, e, a;
orqa qator unlilar: u, o‘, o.
34 Fonologiya grekcha fhone – tovush, ovoz va logos – ta`limot so`zlaridan olingan.
Og`iz bo`shlig`idagi eng faol a`zo tildir. U unlilailadi. rni ini hosil qilishda orqaga tortalaffuz qilishda oldinga yoki orqaga qarab harakat qiladi. masalan, i, e, a ulilarini hosil qilishda til oldinga siljiydi, u, o`, o unlilarini hosil qilishda orqaga tortiladi.
Tilning vertikal harakatiga ko`ra unlilar uch turga ajratiladi:
yuqori (tor) unlilar: i, u;
o`rta (keng) unlilar: e, o‘;
quyi (keng) unlilar: a, o.
Unlilar talaffuzida tilning tanglayga tomon ko`tarilishi va tushishi vertikal harakat sanaladi. Bu harakat tufayli og`izning ochilish darajasi har xil bo`ladi. Masalan, i, u unlilarini hosil qilishda til tanglayga yaqin turadi va og`izning ochilish darajasi tor bo`ladi; a, o unlilarini hosil qilishda esa til tanglaydan uzoqlashadi va til bilan tanglay o`rtasidagi oraliq keng bo`ladi.
Lablarning ishtirokiga ko`ra unlilar ikkiga bo`linadi:
lablangan unlilar: u, o‘, o;
lablanmagan unlilar: i, e, a.
Unlilar talaffuzida lablar ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligi mumkin. Masalan, u, o‘, o unlilarini hosil qilishda lablar cho`chchayadi, i, e, a unlilarini hosil qilishda bunday holat kuzatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |