Ochiq bo`g`in – bir tovushli yoki oxiri unli tovush bilan tugagan bo`ladi: o – na, o – ta, a – ka, bo – la, ja – zi – ra – ma, Ma – li – ka;
Yopiq bo`g`in undosh tovush bilan tugagan bo`g`in: mak – tab, kap – tar, daf – tar, shuh – rat, gul – zor, Tosh – kent.
Bo`g`inlar unli yoki undosh tovush bilan boshlanishiga ko`ra ham ikki hil bo`ladi:
berkitilgan bo`g`in – undosh bilan boshlanadigan bo`g`in: mak-tub, poch-ta, te-leg-ram- ma, sez-gir, ziy-rak, ja-sur;
berkitilmagan bo`g`in – unli bilan boshlanadigan bo`g`in: o-i-(la), ol-, il-, ot-, o`t-.
So`zlarni bo`g`inlarga to`g`ri ajrata bilish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Chunonchi:
yozuvda so`zning bir qatorga sig`may qolgan qismi ikkinchi qatorga bo`g`in asosida ko`chiriladi;
birinchi sinf o`quvchilarini savodga o`rgatish davrida asosiy diqqat so`zlarni bo`g`inlab o`qish va yozishga qaratiladi.
barmoq vaznida yoziladigan she`r misralari bo`g`in sonining teng bo`lishiga asoslanadi.
Tovush bo`g`in (yoki so`z) tarkibidagi eng kichik, fonetik jihatdan bo`linmaydigan nutq birligidir.
Urg`u
§. So`z (fonetik so`z) tarkibidagi bo`g`inlardan birining yoki (jumla) tarkibidagi so`zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq ovoz bilan aytilishi urg`u deyiladi.
Urg`u so`z tarkibidagi biror bo`g`inga ham, gap tarkibidagi biror so`zga (bo`lakka) ham tushishi mumkin. Shunga ko`ra urg`u ikki turga ajratiladi:
So`z urg`usi (yoki leksik urg`u);
Gap urg`usi (yoki logik urg`u);
So`z bo`g`inlaridan biriga tushadigan urg`u so`z urg`usi (yoki leksik urg`u) deyiladi. Leksik urg`u so`zning qaysi bo`g`iniga tushishiga ko`ra ikki xil bo`ladi.
bog`liq urg`u;
erkin urg`u.
So`zning biror bo`g`ini bilan bog`liq bo`lgan urg`u bog`liq urg`u deyiladi. O`zbek tilida urg`u asosan, so`zning asosiy bo`g`iniga tushadi, shuning uchun so`zlarga affikslar qo`shilishi bilan urg`u ham oxirgi bo`ginga ko`cha boshlaydi. Masalan: uz m- uzumzor-uzumzorl r-uzumzorlarn .
O`zbek tilida urg`usi birinchi bo`g`inga, ba`zan ikkinchi bo`g`inga tushadigan so`zlar ham bor. Quyidagi so`zlarda urg`u birinchi bo`g`inga tushadi: h mma, b rcha, d im, h zir, lso, g rchand, l kin, g rchi, h tto. Ko`rinadiki, bunday so`zlar ayrim olmoshlarda, ravishlarda, bog`lovchilarda, yuklamalarda uchraydi.
Ba`zi ravishlarda, modal so`zlarda urg`u ikkinchi bo`g`inga tushadi: ham s ha, alb tta, afs ski.
O`zbek tilida urg`u olmaydigan affikslar va affiks yuklamalar ham borki, ular quyidagilardan iborat:
fe`lning bo`lishsizligini ifodalovchi – ma affiksi: b rma, y zma, ishl ma;
o`xshtish ma`nosini ifodalovchi – cha, - day (- dek) affikslari: q shcha (Uning q shcha kuchi qolmadi), q shday (U q shday yengil his qildi o`zini);
ot kesim tarkibidagi - man, -san, -miz, -siz kabi shaxs-son affikslari, shuningdek, -dir
affiks bog`lamasi: Men o`qituvch man. Kitob bilim manba dir.
–ku, -ki, -mi, -chi, -a (-ya), -u (yu), -da, gina kabi affiks yuklamalari: bord - ku, nima ki,ul rgina, b rmi, -chi?
So`zning turli bo`g`inlariga tushishi mumkin bo`lgan urg`u erkin urg`u deyiladi. Bu urg`u
asosan, ruscha – baynalminal so`zlarga xos. Masalan, f brika, k mpas, tr ktor, s ntaksis (birinchi
bo`g`inda); prof ssor, kompy ter, troll ybus, kikb ksing (ikkinchi bo`g`inda); displ y, futb l, telegr f, telef n (oxirgi bo`g`inda).
Do'stlaringiz bilan baham: |