M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova


-§. Nutqning fonetik bo`linishi



Download 1,05 Mb.
bet54/274
Sana07.11.2022
Hajmi1,05 Mb.
#861701
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   274
Bog'liq
M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova

9-§. Nutqning fonetik bo`linishi





  1. §. Nutqimiz tovushlar oqimidan, tovush zanjiridan iborat. Bu zanjir turlicha hajmdagi fonetik birliklarga ajratiladi. O`zbek tilida bunday birliklarga jumla (fraza), takt, fonetik so`z, bo`g`in va tovush kiradi.

Jumla (fraza) nutq oqimida kattaroq pauza (to`xtam) bilan ajratib aytiladigan nutq birligidir. Masalan, Kech kuz edi.// Qo`qqisdan boshlangan qora sovuq cho`ponlarni tashvishga solib qo`ydi (M.Qoriyev). Mazkur tovushlar zanjiri pauzalar vositasida ikki jumlaga bo`linadi (ular orasidagi chegara ikki vertikal chiziqlar (//) bilan belgilangan. Jumla intonatsion va fikriy tugallikka ega bo`lgani uchun ko`pincha gapga teng keladi. Lekin jumla va gap bir xil tushunchalar emas. Jumla - fonetik birlik, gap grammatik birlik. Ular tilning har xil sathlariga mansubdir. Jumla taktlarga bo`linishi mumkun .
Takt – jumla (fraza) ichida qisqa pauza bilan ajratib aytiladigan nutq birligi. Masalan , yuqorida keltirilgan nutq zanjiridagi birinchi jumla (Kech kuz edi) bitta taktga teng. Ikkinchi jumla

  • (Qo`qqisdan boshlangan qorasovuq cho`ponlarni tashvishga solib qo`ydi) ikki taktdan iborat bolib ( ular orasidagi chegara bir vertikal chiziq bilan belgilangan), birinchi takt uch fonetik so`zdan, ikkinchi esa bitta fonetik so`zdan tashkil topgan. Birdan ortiq fonetik so`zdan tuzilgan taktlar ma`no va sintaktik jihatdan yaxlitlikka ega bo`ladi.

Shunday qilib, jumla va takt ritmik-intonatsion vositalar orqali ajratiladi. Takt bir fonetik so`zdan yoki bir necha fonetik so`zdan iborat bo`lishi mumkin.
Fonetik so`z o`z urg`usiga ega bo`lgan so`z yoki bir urg`uga birlashadigan ikki va undan ortiq so`z shakllaridir. Takt tarkibidagi fonetik so`zlar soni undagi so`zlarning umumiy miqdori bilan emas, balki urg`uli so`zlar miqdori bilan belgilanadi, boshqacha aytganda, takt ichida urg`uli so`z qancha bo`lsa, fonetik so`z ham shuncha bo`ladi. Masalan: Qalamkashga / qishloqning qalbi, / shaharning aqli kerak. // (O`. Hoshimov).
Bu jumlada uchta takt bo`lib, birinchi taktda bitta, ikkinchi taktda ikkita, uchinchi taktda uchta fonetik so`z qatnashgan. Bu jumladagi so`zlarning umumiy soni fonetik so`zlarning umumiy soniga teng.
Mustaqil urg`uga ega bo`lmagan yordamchi so`zlar o`ziga aloqador bo`lgan so`z bilan birga bir urg`uga ega bo`lib, bir fonetik so`zni tashkil etadi. Masalan: Mevali daraxt o`ziga ishongani uchun, yonidan yangi nihol o`sib chiqsa, quvonadi. (O`. Hoshimov). Mazkur jumlada 9 ta fonetik so`z bo`lib, bularning ikkitasi tarkibida ko`makchi (ishongani uchun) va ko`makchi fe`l (o`sib chiqsa) qatnashgan.
Bir tushunchani ifodalaydigan qo`shma so`zlar ham bir fonetik so`z sanaladi. Masalan: Badiiy asar o`quvchining ongiga ta‘sir qiladi, biroq qalbi orqali ta‘sir qiladi. (O`.Hoshimov).Bu jumla tarkibidagi ta‘sir qiladi qo`shma fe`li bitta fonetik so`z deb qaraladi.
Fonetik so`z bo`g`inlarga bo`linishi mumkin.
Bo`g`in o`pkadan chiqib kelayotgan havo oqimiga berilgan bir zarb bilan aytiladigan tovushlar yoki ayrim bir tovushdir. Unli tovush bo`g`in hosil qiluvchi tovush sanaladi. Shuning uchun ham so`z tarkibida nechta unli tovush bo`lsa, bo`g`inlar soni ham shuncha bo`ladi. Masalan: adolat so`zida (a-do-lat) uch bo`g`in bo`lib, birinchi bo`g`in bir tovushdan, ikkinchi bo`g`in ikki tovushdan, uchinchi bo`g`in uch tovushdan iborat. Shuning uchun bo`g`inlar bir tovushli, ikki tovushli va ko`p tovushli bo`lishi mumkin. Bir tovushli bo`g`inlar unli tovushdan iborat bo`lsa, ikki tovushli va ko`p tovushli bo`g`inlar unli va undosh tovushlardan tuziladi.
Bo`g`inlar unli yoki undosh tovush bilan tugashiga qarab ikki xil bo`ladi:

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish