M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova


Unli fonemalar tasnifi jadvali



Download 1,05 Mb.
bet48/274
Sana07.11.2022
Hajmi1,05 Mb.
#861701
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   274
Bog'liq
M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova

Unli fonemalar tasnifi jadvali:


Lablarning
ishtirokiga ko`ra

Tilning gorizontal harakatiga ko`ra

Tilning vertikal
harakatiga ko`ra

Old qator

Orqa qator

Yuqori tor unlilar

i




Lablanmagan




u

Lablangan

O`rta (keng) unlilar

e




Lablanmagan




o`

Lablangan

Quyi (keng) unlilar

a




Lablanmagan




o

Lablangan



6-§. Ayrim unli tovushlar tavsifi


I unlisi quyidagicha tavsiflanadi:

  1. so`z boshida (ipak), so`z o`rtasida (tilak) va so`z oxirida (tulki) keladi.

  2. so`z ichida ikki jarangsiz undosh orasida nihoyatda qisqa aytiladi: bilan, sira.

  3. k, g, x undoshlaridan keyin kelganda orqa qator unli kabi aytiladi: qir, G`irot, oxir.

  4. cho`ziq varianti bor: muhim, musiqa.

  5. e(e) tovushiga moyil varianti bor: mix-mex,

    1. unlisi quyidagicha tavsiflanadi:

  1. so`z boshida (urmoq), so`z o`rtasida (tugun) va so`z oxirida (urg`u) keladi.

  2. til oldi varianti ham uchraydi: kuch, gul;

  3. qulf, g`ulg`ula, tuxum so`zlarida esa til orqa varianti qo`llangan.

  4. i tovushi kabi kuchsizlanishi, ya`ni qisqarishi ham mumkin: tuxum, bulbul, tutun kabi.

E unlisi quyidagicha tavsiflanadi:

  1. so`z boshida, so`zning birinchi bo`g`inida keladi: eshik, elak, e‘tibor, kel, bet kabi.

  2. jonli nutqda sheva ta`sirida i tovushiga moyillashadi: deydi – diydi.

  3. o`g`uz shevalarida a tovushiga o`tish holati ham mavjud: eshik ashik, deb dab, kel gal

kabi. Lekin adabiy tilda e tarzida talaffuz etiladi.
A unlisi quyidagicha tavsiflanadi:

  1. so`z boshida (ari), o`rtasida (daftar) va so`z oxirida (qora) keladi.

  2. q, x, g‘ tovushlaridan keyin kelganda til orqaroq - orqa qator unlisi kabi talaffuz qilinadi: qaxr, g`azab, xabar.

  3. ba`zi so`zlarda sheva ta`sirida o tovush kabi aytiladi: baho – boho, shavla – shovla. Adabiy tilda a tarzida talaffuz etiladi.

O unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so`z boshida (olim), o`rtasida (toza) va so`z oxirida (bobo) keladi.
O‘ unlisi quyidagicha tavsiflanadi:

  1. sodda so`zlarning asosan birinchi bo`g`inida uchraydi: o`g`il, bo`ri, to`g`ri, o`rin, bo`yin.

  2. o`zlashma so`zlarning oxirgi bo`g`inida ham keladi: ro`baro`, xushro`y, gulro`, kubok, (kubo`k).

  3. til oldi varianti ham bor: o`rik, ko`l, cho`l.



7-§. O`zbek tili undosh fonemalari va ularning tasnifi





  1. §. Hozirgi o`zbek adabiy tilida 24 ta undosh fonema bo`lib, bular b, d, f, g, h, j (jurnal, vijdon kabi so`zlardagi birinchi va ikkinchi undosh), dj (jumla, joy kabi so`zlaridagi birinchi undosh), k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g‘, sh, ch, ng fonemalaridir. Undosh fonemalar ham uch tomondan tasnif qilinadi:

  1. hosil bo`lish (artikulyatsiya) o`rniga ko`ra;

  2. hosil bo`lish (artikulyatsiya) usuliga ko`ra;

  3. ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra.

Hosil bo`lish (artikulyatsiya) o`rniga ko`ra undoshlar uch guruhga bo`linadi:

  1. lab undoshlari;

  2. til undoshlari;

  3. bo`g`iz undoshi.

Lab undoshlari bevosita lablar ishtirokida paydo bo`luvchi undoshlar bo`lib, ularga b, n, m, v, f undoshlari kiradi.
Lab undoshlaridan b, p, m undoshlari, shuningdek, ov, qovun, vodiy, voris, birov kabi so`zlaridan v undoshi hamda pufak, tufli, juft, Fotima kabi so`zlaridagi f undoshi ikki lab orasida paydo bo`ladi; vatan, va‘da, vafo, vagon, arava kabi so`zlar tarkibidagi v undoshi, fazo, farzand, fitna, telefon kabi so`zlar tarkibidagif undoshi pastki lab bilan ustki tishlar orasida hosil bo`ladi. Shunga ko`ra lab undoshlarini ikki guruhga ajratish mumkin:

  1. lab-lab undoshlari: b, p, m, v, f;

  2. lab-tish undoshlari: v, f.

Til undoshlari bevosita til ishtirokida hosil bo`lib, ularga g, d, j (jurnal so`zidagi undosh), dj
(jilo so`zidagi undosh), z, y, k, l, n, ng, r, s, m, x, ch, sh, q, g` undoshlari kiradi.
Undoshlar tilning qaysi qismida hosil bo`lishiga ko`ra bir-biridan farq qiladi, masalan, z, s, sh kabi undoshlar tilning old qismida, y undoshi tilning o`rta qismida, k, g, ng kabi undoshlar tilning orqa qismida hosil bo`ladi. Shunga ko`ra til undoshlari to`rt guruhga ajratiladi:

  1. til oldi undoshlari: d, j (jurnal so`zidagi kabi), dj (jiyda so`zidagi kabi) z, l, n, r, s, t, ch,

sh:



  1. til o`rta undoshi: y;

  2. til orqa undoshlari: k, g, ng;

  3. chuqur til orqa undoshlari: q, g`, x.

Bo`g`iz undoshi faqat bitta – h dan iborat bo`lib, u bo`g`iz bo`shlig`ida paydo bo`ladi. Hosil bo`lish (artikulyatsiya) usuliga ko`ra undoshlar uch guruhga bo`linadi:

  1. portlovchilar;

  2. sirg`aluvchilar;

  3. portlovchi – sirg`aluvchilar.

Portlovchi undoshlar ikki nutq a`zosining o`zaro jipslashuvi va o`p kadan chiqayotgan

havo oqimining ana shu a`zolarga zarb bilan urilib, portlab o`tishidan hosil bo`ladigan undoshlar bo`lib, ularga b, g, d, dj (jilva so`zidagi) k, p, t, ch, q undoshlari kiradi. Bular orasida dj (jajji so`zidagi) va ch undoshlari o`ziga xos artikulyatsiyasi bilan boshqalaridan ajralib turadi. Shu jihatdan portlovchilar ikki turga ajratiladi:

    1. sof portlovchilar: b, g, d, k, p, t, q;

    2. qorishiq portlovchilar (affrikatlar): dj (jahon so`zidagi) dj (d+j), ch (t+sh).


Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish