M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova



Download 1,05 Mb.
bet45/274
Sana07.11.2022
Hajmi1,05 Mb.
#861701
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   274
Bog'liq
M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova

Ko`p tilli lug`atlarga esa tarjima lug`atlari kiradi.

FONETIKA


1-§. Fonetika haqida umumiy ma`lumot
Fonetika trilshunoslikning bir bo`limi bo`lib, unda nutq tovushlari, ularning hosil bo`lishi, turlari, o`zgarishi, so`z ma`nolarini farqlashdagi roli, shuningdek, urg`u, intonatsiya(ohang) nutqning fonetik bo`linishi, kabi masalalar o`rganiladi.
Fonetika tovushlarni nutq oqimida o`rganadi. Tovush oqimi tovushlarning uzluksiz chiziqli izchilligidir. Tovush nutq oqimining ma`noga ega bo`lmagan eng kichik birligi sanaladi.
Tovush ma`no ifodalamasa ham leksema, morfema kabi ma`noli til birliklarini shakllantiradi, ular uchun moddiy baza sanaladi; leksema, morfema kabi ma`noli til birliklari tovushlardan tuziladi. Masalan, o`zbek tilida kitobi leksemashakli tarkibidagi kitob leksemasi [k], [i], [t], [o], [b] tovushlari vositasida, -i morfemasi [i] tovushi vositasida shakllangan.
Nutq tovushlarining tabiat hodisalari sifatida akustik (eshitilish) tomoni, artikulyatsion (aytilish) tomoni mavjud. Bu ikki tomon orasida artikulyatsion tomoni amaliy jihatdan muhimroqdir. Bundan tashqari, nutq tovushlarining ijtimoiy tomoni – so`z ma`nolarini anglash va ajratishdagi roli yanada muhimroqdir.
Akustik (eshitilish tomon)dan tovush biror jismning boshqa bir jism ta`sirida tebranishi va bu tebranishning quloqqa eshitilishidir. Biror jismning tebranishi havoni to`lqinlantiradi va natijada tovush hosil bo`ladi. Nutq tovushlari un (ovoz) paychalarining tebranishidan hosil bo`ladigan ovozdan, nutq a`zolarida paydo bo`ladigan shovqindan iborat bo`ladi.
Akustik jihatdan tovushning balandligi, kuchi, tembri va cho`ziqligi farqlanadi.
Tovushning balandligi tebranishning miqdori bilan belgilanadi: tebranish qancha ko`p bo`lsa, tovush ham shunscha baland bo`ladi va tebranish oz bo`lsa, tovush ham past bo`ladi.
Tovushning kuchi tebranishning shiddatiga bog`liq. Tebranish darajasi qancha katta bo`lsa, tovush ham shuncha kuchli ciqadi. Tovushning tembri (sifati) asosiy ton va obertonlarning , shuningdek, rezonator tonlarning qo`shilishidan hosil bo`ladi. Tembr bir tovushni boshqa tovushdan, bir kishining ovozini boshqa kishining ovozidan, dutorning ovozini karnay ovozidan farqlaydi.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish