Tovushning cho`ziqlik darajasi tebranish davom etgan vaqt bilan o`lchanadi.
3-§. Nutq apparati
Nutq tovushlarining hosil bo`lishida ishtirok etadigan a`zolar nutq a`zolari deb ataladi. Nutq a`zolarining jami nutq apparati deb yuritiladi.
Nutq apparati quyidagi qismlardan iborat:
Nafas apparati (bunga o`pka, bronxlar va traxeya yoki nafas yo`li kiradi).
Bo`g`iz bo`shlig`i (bunga halqasimon, piramidasimon, qalqonsimon tog`aylar, muskullar va mushaklar hamda un (ovoz) paychalari kiradi).
D. Og`iz bo`shlig`i (bunga til, qattiq tanglay, yumshoq tanglay, kichik til, yuqori va pastki lablar, yuqori va pastki tishlar tishlar kiradi).
E. Burun bo`shlig`i. Bu qism ba`zi tovushlarning hosil bo`lishida qisman qatnashadi.
rasm
rasm
Nutq a`zolari tovushlarning talaffuz qilinishidagi roliga ko`ra faol va nofaol a`zolarga bo`linadi. Faol a`zolar turli harakatlar bajaradi; ularga un (ovoz) paychalari, til, lab, yumshoq tanglay, kichik til, pastki jag` kiradi. Nofaol a`zolar harakat qilmaydi, ularga tishlar, qattiq tanglay, ustki jag`, burun bo`shlig`i kiradi.
Nutq tovushlarini hosil qiladigan vosita (tebrantiruvchi kuch) o`pkadan nafas yo`li (traxeya) orqali avval bo`g`izga va undan og`iz bo`shlig`iga, ba`zan burun bo`shlig`iga o`tadigan havo oqimidir. Demak, o`pka va bir juft bronxlar nutq tovushlarini talaffuz etish uchun zarur bo`lgan havo oqimining manbaidir.
So`zlash paytida havo oqimi bo`g`iz bo`shlig`iga kelib, u yerda joylashgan un (ovoz) paychalarini tebratadi va ovoz hosil qiladi. Unlilar, sonor va jarangli undoshlardagi ovoz bo`g`iz bo`shlig`ida joylashgan un (ovoz) paychalarining tebranishi natijasidir, shuning uchun bo`g`iz bo`shlig`i ovoz manbai hisoblanadi.
Bo`g`iz orqali o`tgan havo oqimi og`iz bo`shlig`iga kelganda, turli nutq a`zolarining to`sig`iga duch keladi va buning natijasida shovqin paydo bo`ladi. Demak, og`iz bo`shlig`i shovqin va rezonator tonlar manbaidir.
Burun bo`shlig`i ba`zi tovushlarning hosil bo`lishida qisman qatnashadi. Masalan, m, n, ng tovushlari o`pkadan kelayotgan havo oqimining bir qismi og`izdan yarim portlab, bir qismi burun bo`shlig`i orqali chiqishi natijasida hosil bo`ladi.
Har qanday tovushni talaffuz qilishda biror nutq a`zosining faolligi yetarli bo`lmaydi. Bunda a`zolarning ma`lum izchillikdagi kompleks ishtiroki zarur bo`ladi. Nutq a`zolarining tovush hosil qilish paytidagi harakati va holati artikulyatsiya deyiladi. Artikulyatsiyada ikki narsa farqlanadi: artikulyatsiya o`rni va artikulyatsiya usuli. Tovush hosil qilishda u yoki bu nutq a`zosining faol qatnashgan qismi artikulyatsiya o`rni deyiladi. Masalan, b, p kabi tovushlarni hosil qilishda lablar, d, t kabi tovushlarni hosil qilishda esa tilning oldingi qismi qatnashadi. Demak, b, p tovushlarining artikulyatsiya o`rni lablar, d, t tovushlarining artikulyatsiya o`rni esa til oldi.
Tovush hosil qilish paytida havo oqimining ikki nutq a`zosining bir-biri bilan jipslashishi natijasida portlab chiqishi yoki a`zolarning jipslashmay, ular orasidan sirg`alib o`tishi artikulyatsiya usulu deb ataladi. Masalan, b, p, d, t tovushlarining artikulyatsiya usulu – portlash, v, f, z, s tovushlarining artikulyatsiya usulu sirg`alishdir.
Artikulyatsiya o`rni va artikulyatsiya usuli nutq tovushlarini tasvirlash va tasnif qilish uchun muhimdir.
Nutq tovushlari, yuqorida aytilganidek, leksema, morfema kabi til birliklarini shakllantiradi hamda ularni bir-biridan ajratish uchun xizmat qiladi. Bunday tovushlar turi fonema deb yuritiladi. Masalan, o`zbek tilida i unlisi cho`ziq (muhim, ta`sir, litr kabi so`zlarda) talaffuz etiladi, lekin adabiy tilda i unlisinig bu variantlari bitta fonemaga birlashadi.
Tilshunoslikning fonemalarni o`rganadigan bo`limi fonologiya 34 deyiladi. Fonemalar leksemashakllarni qurish va ularning tovush turlarini farqlash uchun xizmat qiladigan tilning bo`linmas tovush birliklari sanaladi. Chunonchi, bor leksemashaklida tilda har biri farqlash vazifasini bajaradigan tilning uchta tovush birliklarini ajratish mumkin: b|o|r. Mazkur leksemashaklning har qaysi tovush birligi boshqa leksemashaklning tovush birliklariga zid qo`yilishi mumkin. Quyidagi leksemashaklllarning tovush turlari o`zaro bir fonemasi bilan farqlanadi: [b]or - [z]or - [d]or - [t]or; b[o]r - b[e]r - b[u]r - b[o`]r; bo[r] - bo[t] - bo[q] - bo[g`]. Fonema nutq oqimida belgilanadigan tovushdan o`zining mavhumlashish xususiyatiga ega bo`lishi bilan farq qiladi. Chunonchi, kanop va kitob leksemashakllaridagi [p] tovushi bir xil talaffuz qilinadi. Ammo til tizimida kanop leksemashaklidagi [p] va kitob leksemashaklidagi [b]
har xil fonemalar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |