Kirish
O’rta Osiyo yunon-makedon istilosi va salavkiylar sulolasi
hukmronligidan keyin mil. avv. III asr boshida hozirgi Toshkent vohasida va
Sirdaryoning o’rta va shimoliy oqimi hududlarida Qang’ davlati vujudga kelgan.
Bu davlatning etnik tarkibini turli qabila, elatlar tashkil etgan. Unda etakchi
qang’arlardan tashqari katarlar, kamarlar, toharlar, apasshaklar, asiylar va boshqa
qabila, urug’lar ham yonma-yon istiqomat qilganlar. Mil. avv. II-I asrlar Qang’
davlatining eng kuchaygan davri edi. Shu davrlarda Qang’ bir qator viloyatlarni
o’z tobeligiga bo’ysundirgan edi. Xitoy solnomalarida bu viloyatlarning 5 ta
nomi tilga olinadi. Bular – Susye (Kesh-Shahrisabz), Fumu (Zarafshon vodiysi),
Yuni (Toshkent viloyati), Gi (Buxoro vohasi), Yuegyan (Urganch shahri va
viloyati).
Mil. avv. II-I asrlarda Orol dengizining shimoliy sharqidagi Yantsay
(Hozirgi Qizil O’rda) va Yan erlari ham qang’arlar tobeligida bo’lgan.
Shunday qilib, o’z davrida Qang’ davlati O’rta Osiyoda yirik davlatga
aylangan edi.
Bu davlatning yirik shaharlari sirasiga Aris daryosi sohilidagi O’tror va
hozirgi Toshkent viloyatining Oqqo’rg’on tumani hududida joylashgan Qanqa
(Qang’iz) shaharlari kiradi. Bu shaharlar o’sha davr shaharsozligining yuksak
namunalarini o’zida mujassamlashtirgan. Qang’ davlatini boshqarishda
podshohning roli va o’rni katta bo’lgan. Shu bilan birlikda davlat va jamiyat
hayotiga oid ko’plab muhim masalalarni hal etishda urug’ va qabila
oqsoqollaridan iborat Oliy Maslahat kengashining mavqei ham alohida o’rin
tutgan. Binobarin, podshoh o’z ichki va tashqi siyosatini yuritishda kengash
bilan maslahatlashgan. Viloyat boshliqlari turkiy maqomda jobu yoki yobg’ular
deb atalganlar. Ular o’z hududlarini boshqarishda bir muncha mustaqillikka ega
bo’lib, markaziy hokimiyatga boj to’lab turganlar. Qang’ hukmdorlari
mintaqadagi siyosiy vaziyatga ham faol aralashib, undagi muvozanatni saqlash
bobida izchil siyosat olib borganlar. Ayniqsa ular Xitoyga nisbatan mustaqil
siyosat yuritganlar. Shuning uchun ham Qang’ davlati o’z qo’shnilari - Davan,
qoshg’ar, Yorkent singari mustaqil hududlarga nisbatan Xitoyning da’vosi va
istilochilik yurishlariga keskin qarshi chiqqan va lozim bo’lganda o’z harbiy
kuchlari bilan ularga yordamga kelgan. Mamlakat aholisining asosiy tarkibini
turkiy etnoslar tashkil etgan. Ularning ancha qismi o’troq hayot kechirganlar.
Aholining ma’lum qismi ko’chmanchilik bilan shug’ullangan. Daryo va soylarga
tutash vohalarda dehqonchilik madaniyati rivojlangan. Shaharlarda savdo-sotiq,
hunarmanchilik rivoj topgan. Mahaliy hunarmandlar tayyorlagan urush qurollari
(qilich, xanjar, oybolta, o’tkir uchli nayzalar va b.), xo’jalik asbob-uskunalariga
talab - extiyoj katta bo’lgan. Qoramozor, Qurama va Chotqol tog’larida
temirchilik, miskarlik hunarini rivojlantirish uchun kerak miqdordagi mis, temir,
singari ma’danlar qazib olingan. Toshkent atrofidagi Oqtepa 1, Oqtepa 2,
Choshtepa, Qovunchitepa, shuningdek O’tror, Sirdaryo havzasida topilgan
ko’plab noyob dalillar Qang’ davlatida yuksak moddiy va madaniy hayot tarzi
mavjud bo’lganligidan dalolat beradi. Buni «Qovunchitepa madaniyati» nomi
bilan tarixga kirgan qadimgi madaniyat namunalari ham isbot etadi. Qang’aliklar
chorvachiligi va yilqichiligi to’g’risida ham alohida fikr aytish mumkin.
Xitoyliklarni maftun etgan zotdor, tulpor otlar xuddi mana shu hududda va
qo’shni Davan yaylovlarida boqilgan. Xitoy solnomachilari Qang’da chorva
mollarining mo’l-ko’lligini, sut-qatiqlarning g’oyatda mazali va to’yimliligini
ta’rif etganlar. Qang’a davlatining xalqaro karvon savdosidagi mavqei ham
baland bo’lgan. Bunda Buyuk ipak yo’li alohida o’rin tutgan.
III asr o’rtalarida Qang’ davlati zaiflasha boshladi. Qang’ davlatidan
birinchi bo’lib xorazm ajralib chiqdi. Xorazm davlatining poytaxti dastlab
hozirgi Tuproqqal’a shahar harobalarining o’rnida bo’lgan. Xorazmshoh Afrig’
Kat shahrini qayta tiklab, mustahkam qasr va binolar qurdirib, 305 yilda
poytaxtni Katga ko’chiradi. Kumush tangalar zarb ettirib, davlatni har jihatdan
mustahkam boshqaradi.
Davan nomi bilan mashhur bo’lgan davlat Vatanimiz hududidagi qadimgi
davlatlardan sanalsa-da, biroq uning haqqoniy tarixi xususida hozirgacha to’la
ma’lumotlar topilmagan. Xitoylik elchi Chjan Tsyan yozma manbalarida
Farg’ona vodiysidagi davlatni Davan (Da-yuan) deb atagan. Vaholanki, Farg’ona
vodiysi ham ajdodlarimizning madaniy, o’troq hayoti kechgan, o’z
davlatchiligiga ega mustaqil hudud sifatida Yunon-Baqtriya, Qang’a singari
qadimgi davlatlar bilan tenglasha olishiga hech bir shubha yo’q. Buni mil. av. II
asr oxirlarida (128 yilda) bu o’lkaga tashrif buyurgan Xitoy elchisi Chjan Tsyan
yozib qoldirgan esdaliklar ham isbot etadi. Manbalarda aytilishicha, bu davrda
Farg’onada 300 ming nafar aholi yashagan. Uning 70dan ziyod katta-kichik
shaharlari bo’lib, ularda savdo-sotiq, hunarmandchilik yuksak darajada
rivojlangan. Mamlakat poytaxti Ershi (hozirgi Andijon viloyatning Marhamat
tumanida joylashgan) o’z davrining obod, ko’rkam va aholisi gavjum
shaharlaridan sanalgan. Qadimgi O’zgan, Koson ham Davanning eng mashhur
shaharlari sirasiga kirgan. Davan hududida 10 dan ortiq yirik dehqonchilik
manzilgohlari mavjud bo’lib, ularda erli mirishkor aholi sholi, bug’doy va
boshqa dehqonchilik ekinlari etishtirish bilan shug’ullangan. Bularga Aravonsay,
Oqbo’ra, Sultonobod, Qo’rg’ontepa, Andijonsoy, Moylisoy, Ulug’nor,
Yilg’insoy, Shahrixonsoy kabi dehqonchilik makonlarini nisbat berish mumkin.
Xitoy sayyohi vodiyda uzumchilik nihoyatda rivojlanganiga, shu bilan birga
undan noyob sharbat va uzoq muddat saqlanadigan, quvvati o’tkir musallaslar
tayyorlash yuksak darajada yo’lga qo’yilganligiga alohida urg’u beradi.
Davandagi ijtimoiy-siyosiy hayotning yana bir muhim jihati - bu ayollarning
jamiyatda tutgan mavqeining alohidaligidir. Chjan Tsyanning e’tiroficha, bu
erning erkaklari ayollarga alohida hurmat ko’rsatganlar. Boshqacha qilib
aytganda, xotin-qizlarning har qanday topshirig’i erlar tomonidan bajarilishi
shart hisoblangan. Davlat hukmdori mamlakat hayotiga oid har qanday ichki va
tashqi masalalarni hal etishda Oqsoqollar kengashiga, uning maslahatlari va
yo’l-yo’riqlariga suyangan. Ayniqsa urush va tinchlik, elchilik aloqalari
masalasida Oqsoqollardan iborat Oliy kengash alohida vakolatlarga ega bo’lgan.
Hukmdor buni e’tirof etishga majbur bo’lgan.
Xitoy Farg’ona davlatining boy-badavlat turmushiga, uning boyliklariga
ko’z olaytirib, unga qarshi bir necha bor katta qo’shin tortib bostirib kelgan.
Chunonchi, mil. av. II asr oxirlarida (104 yilda) va milodiy 1 asrning 80-yillarida
xitoyliklar Davan davlatini o’zlariga bo’ysundirish uchun u bilan shiddatli
urushlar olib borganlar. Davanliklar o’z qo’shnilari-Qang’a va Kushonlarining
harbiy yordami bilan yurt mustaqilligini saqlab qolishga muvaffaq bo’ladilar.
O’rta Osiyo hududlarini kuch bilan egallash mumkin emasligini tushungan Xitoy
tomoni shundan so’ng Davan davlati bilan shartnoma tuzadi. Bunga ko’ra ikkala
davlat o’rtasida diplomatik va savdo-sotiq munosabatlarini yo’lga qo’yish,
jumladan, Farg’onaning uchqur arg’umoqlarini Xitoyga sotishga kelishib
olinadi. Farg’ona hududi O’rta Osiyo ijtimoiy siyosiy hayotida sodir etilgan
keyingi muhim o’zgarishlar jarayonida ham o’zining nisbiy mustaqilligini bir
muncha saqlab qolishga muvaffaq bo’lgan.
Tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, Salavkiylar sulolasi bilan doimiy ravishda olib borilgan kurashlar natijasida mil.avv. III asrning boshlarida Qang‘ davlati paydo bo‘ldi. Keyinchalik Yunon-Baqtriya davlati hamda ko‘chmanchi qabilalar bilan kurashlar natijasida Qang‘ davlati yanada mustahkamlandi va ayrim manbalarda O‘rta Osiyodagi yirik davlatlardan biri sifatida eslatiladi. Bu davlatning asosiy negizini Sirdaryoning o‘rta oqimida yashovchi qang‘lar tashkil etganlar. Mil. avv. II asrning boshlariga kelib Qang‘ davlatining yerlari birmuncha kengayib sharqda Farg‘ona vodiysi (Dovon), shimoli-sharqda usun, yuyechji qabilalari bilan shimoli-g‘arbda Sarisu daryosi, g‘arbda, Sirdaryogacha borgan. Bu katta hudud Toshkent vohasini, Talas vodiysini va qisman Chu vodiysining quyi oqimidagi yerlarni o‘z ichiga olib Qang‘ davlatining asosiy yerlari hisoblangan, Mil.avv.II-I asrlarda qang‘liklar Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi yerlarni va Xorazmni o‘zlariga bo‘ysundiradilar.
Qadimgi manbalarda Qang‘ davlat hokimiyati qay tarzda idora qilinganligi haqida aniq ma’lumotlar berilmagan. Katta Xan sulolasi tarixida (mil.avv. 202-mil. 25 yy.) faqat bir marta Qang‘uy (Qang‘) podshosi o‘z oqsoqollari bilan maslahatlashib ish tutganligi eslatib o‘tiladi. Tadqiqotlar natijalaridan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Qang‘ davlati kengashida qabila boshliqlari, harbiy sarkardalar faol ishtirok etganlar. Podsho saroyi qoshidagi kengashda davlatning ichki hamda tashqi siyosati va boshqa barcha muhim masalalar maslahat bilan hal qilingan.
Qang‘ davlatiga qarashli yerlar bir necha viloyatlarga bo‘linib ularning har birini alohida hokim boshqargan. Viloyat boshliqlari jobu yoki yobu (Xitoy manbalarida-chjavou) deb atalgan. Qang‘ hukmdorlari mamlakatni ana shu jobularga tayanib idora etgan. Bu viloyatlarning ko‘pchiligi Qang‘ davlatining kuchaygan davrlarida, ya’ni, mil.avv. II-I asrlarda tobe etilgan. Xitoy manbalarida qang‘arlarga qarashli beshta: Susye, Fumu, Yuni, Gu, Yuyechyan viloyatlari eslatib o‘tiladi. Tadqiqotchilar ularni qadimgi Toshkent, Sug‘diyona va Xorazm hududlarida joylashgan deb hisoblaydilar.
Manbalarda Qang‘ podsholarining ikkita: yozgi va qishgi qarorgohlari eslatiladi. Ular yozni O‘trorda (hozirgi Qozog‘istondagi Aris va Turkiston oralig‘ida) qishni esa Qanqa (Qanxa, hozirgi Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida) o‘tkazganlar. O‘troq aholidan tashqari Qang‘ davlatining chegaralarida bir qancha qabilalar mavjud bo‘lib, ular dehqonchilik bilan bir qatorda chorvachilik bilan ham shug‘ullanib kelganlar. Ular bahor va yoz mavsumlarida o‘z chorvalari bilan ko‘chib, yozgi yaylovlarda yashaganlar. Qishda esa chorvalari bilan o‘z an’anaviy qishlov joylariga qaytib kelganlar. Qang‘lar podsholari va beklari yirik chorvadorlar bo‘lib, ular issiq kunlarni yaylov joylarida, yozgi qarorgohlarida o‘tkazganlar.
Sirdaryoning o‘rta oqimida yashovchi aholining ma’lum qismi mil.avv. III-milodiy V asrlarda o‘troq hayot kechirganlar. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga qaraganda, O‘tror, Oqtepa, Qorovultepa, Qovunchi, Choshtepa, Mingo‘rik xarobalari o‘rnida qang‘arlarning qo‘rg‘onlari va ko‘xna shaharlari bo‘lgan. Shahar va qishloqlarda yashovchi o‘troq xalqlar ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholiga nisbatan yuqori turganlar. Toshkent vohasida yashovchilar asosan dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanganlar. Ular arpa, bug‘doy, tariq, no‘xat, sholi va boshqa donli ekinlar yetishtirganlar. Mevali daraxtzor va uzumzorlari ko‘p bo‘lgan. Sirdaryoning o‘rta oqimida yashovchi qang‘arlar asosan, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanganlar.
Qoramozor, Qurama va Chotqol tog‘larida temirchilik, misgarlik hunarining rivojlanishi uchun kerakli ma’danlar bo‘lgan. Bu joylardan juda ko‘plab mis, temir, kumush va boshqa metallar olingan. Ustalar turli metallarni bir-biriga qo‘shib, mustahkam qurollar yasashni ham o‘zlashtirganlar. Shuningdek, kundalik ehtiyoj buyumlari ishlab chiqarilib ichki va tashqi savdo uchun turli mahsulotlar tayyorlangan.
Qang‘ shaharlari qalin va baland devorlar bilan o‘ralgan. Devorlarning tashqarisida qal’a atrofi gir aylantirilib chuqur va keng qilib handaq qazilgan. Shaharlar ichida mustahkam istehkom (ark) va shahristonlarning ham baland mudofaa devorlari, bir necha darvozalari bo‘lgan. Yirik shaharlardan tashqari, Toshkent vohasida yuzga yaqin aholi yashaydigan katta va kichik qo‘rg‘onlar ham mavjud bo‘lgan.
Qang‘arlarga xos madaniyat Toshkent vohasidagi Qovunchitepadan topib o‘rganilgan bo‘lib, fanda Qovunchi madaniyati nomi bilan mashhurdir. Arxeologik topilmalar ma’lumotlariga qaraganda bu madaniyat asosan Toshkent vohasi, Sirdaryo o‘rta oqimi, Yettisuv va Shimoliy Farg‘onada keng tarqalgan. Sirdaryoning o‘rta oqimida yashovchi xalqlarning So‘g‘diyona, Farg‘ona va Tyanshan tog‘ining shimoli-sharqiy qismida yashovchi xalqlar bilan yaqin aloqada bo‘lganligi tufayli Qovunchi madaniyati ancha taraqqiy etgan.
Milodiy V asr o‘rtalariga kelib qang‘arlar yeridagi o‘troq va qisman o‘troq aholi O‘rta Osiyoda yangidan tashkil topgan Yeftalitlar davlatiga tobe bo‘ldilar.
Mil. avv. I ming yillikning so‘nggi choragida O‘rta Osiyoning shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarida ham qadimgi (antik) davlatlar rivojlanadi. Xususan, mil. avv. II-I asrlarga oid Xitoy manbalari dehqonchilik va chorvachilik, ayniqsa yilqichilik keng rivojlangan Dovon (Da-yun, Farg‘ona) davlati haqida ma’lumotlar beradi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, Dovon davlati ma’lum siyosiy uyushmani tashkil etgan bo‘lib, davlatni boshqaruvchi hukmdor manbalarda “van” (podsho) unvoni bilan ish yuritgani ta’kidlanadi. Davlat hukmdori mamlakatning siyosiy va diniy hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lgan oqsoqollar kengashiga tayanib ish ko‘rgan. Oqsoqollar urush va sulh tuzish masalalarini hal etishda ishtirok etganlar, ba’zan ular hukmdorning taqdirini hal etganlar.
Manbalar Dovon davlatining poytaxtlari - bosh shahar Ershi va ikkinchi shahar Yuchen ( davlatning sharqida) haqida ma’lumotlar beradi. Tadqiqotchilar bosh shaharni Marhamat (Andijon vil.) va ikkinchi shaharni Shurabashot (O‘zgand vohasi Qirg‘.) o‘rnida bo‘lgan deb hisoblaydilar. Farg‘ona vohasi hududlarida ko‘chib yurgan chorvador va ko‘chmanchi qabilalar Dovon tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘lganlar. Bu qabilalar uchun Farg‘ona madaniy va hunarmandchilik markazi hisoblangan.
Mil. avv. II asrdan boshlab Qashg‘ardan Dovonga shimoliy yo‘ldan karvon yo‘li harakati boshlanadi. Bu yo‘ldan ipak va boshqa mahsulotlarning xalqaro tranzit savdosi amalga osha boshlaydi. Bu paytga kelib Dovon aholisi ko‘paya boshlaydi va ko‘plab mustahkamlangan aholi manzilgohlari paydo bo‘ladi. Savdo yo‘lida Dovon muhim ahamiyatga ega bo‘la boradi. Tadqiqotchilar fikricha, Yassa va Qoradaryo vohalarida ko‘pgina qal’alar savdo yo‘lini qo‘riqlash maqsadida barpo etiladi.
Mil. avv. 125-yilda Dovonga kelgan mashhur Xitoy sayohatchisi Chjan Syan Dovonning qishloq xo‘jaligi haqida ma’lumot berib, shunday yozadi: “O‘troq aholi yer haydaydi, g‘alla va sholi ekadi, ularda musallas navli uzum, juda ko‘plab yaxshi otlar bor”. Bu ma’lumot qadimgi Farg‘onada dehqonchilik madaniyati yuqori darajada rivojlanganligini isbotlaydi. Xitoyliklarni ayniqsa, o‘zlari uchun notanish bo‘lgan beda va uzum hayratga solgan. Manbada yana shunday ma’lumot bor:”Xitoy elchisi urug‘ keltirdi, shunda osmon farzandi (Xitoy imperatori) unumdor yerga beda va uzum ekdi”.
Xitoy manbalari, shuningdek, qadimgi Farg‘ona chorvachiligining o‘ziga xos tomoni bo‘lgan yilqichilikning yuqori darajada rivojlanganligi haqida ham ma’lumotlar beradi. Dovon o‘lkasi qadimgi (antik) davrda mashhur zotdor otlari bilan shuhrat qozongan edi. Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, ularni yetishtirish bilan o‘troq aholi shug‘ullangan. “ Dovonda yaxshi otlar bo‘lib ular Ershi shaharidadir, otlarni yashiradilar va Xan elchisiga berishga rozi bo‘lmaydilar”. Dovonning mashhur “samoviy otlari” tasvirlari tushirilgan qoyatosh suratlari bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan.
Xususan, O‘shdan 8 km uzoqlikdagi Ayrimchatovdagi qoya adirlarda 30 ta chiroyli zotdor otlarning tasvirlari bor. Xuddi shunga o‘xshash tasvirlar Marhamat yaqinidagi Aravon qoyasidan, Navqat vohasi va Obishirsoydan ham topilgan. Bu tasvirlar Dovon o‘zining samoviy otlari bilan qadimdan mashhur bo‘lganligini tasdiqlabgina qolmay, farg‘onaliklarning yuksak tasviriy san’at sohiblari bo‘lganligidan ham dalolat beradi.
Manbalarning guvohlik berishicha, qo‘shni davlatlar, xususan Xitoy imperatorlari Dovon otlarini nihoyatda qadrlaganlar. Otlar va Dovonning serunum yerlari uchun mil. avv. II asrning oxirlarida Xitoy va Dovon o‘rtasida harbiy to‘qnashuvlar ham bo‘lib o‘tgan. Bu to‘qnashuvlarda dovonliklar o‘z mustaqilliklarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lganlar.
Milodning I-II asrlarga kelib qadimgi Farg‘ona aholisining o‘troq dexqonchilik madaniyati yuqori darajaga ko‘tariladi. Olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida Farg‘ona vodiysida bu davrga oid ko‘p sonli aholi manzilgohlari, qal’alar, qo‘rg‘onlar, ko‘hna shaharlar xarobalari aniqlangan. Aholi manzilgohlarini vodiyning turli hududlarida keng yoyilishi sug‘orma dehqonchilik va irrigatsiya ishlarining yuqori darajada rivojlanishi natijasi edi. Davlatning siyosiy va madaniy rivojlanishida hunarmandchilik markazlari bo‘lgan qadimgi shaharlar ayniqsa katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Bu davrga oid arxeologik topilmalar dehqonchilikdan ixtisoslashgan hunarmandchilikning ajralib chiqqanligidan dalolat beradi. Bu jarayon o‘z navbatida hunarmandchilik va tog‘-kon sanoatining (turli ma’danlar qazib olish) yanada rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratdi.
Hunarmandchilikning rivojlanishi va qadimgi yo‘llarning mavjudligi tufayli Farg‘ona vodiysida Sharqiy Turkiston bilan olib borilgan tashqi savdo bilan bir qatorda, atrofdagi tog‘ vodiylarida yashovchi chorvadorlar bilan ham o‘zaro almashinuv rivojlanadi. Antik davr Farg‘ona yodgorliklarining ayrimlarida Xitoy tangalari (u-shi) uchrasa ham mahalliy tangalar uchramaydi. Bu hol natural xo‘jalik (mahsulot ayirboshlash) ustunligidan dalolat beradi.
Tarixiy manbalar Yunon-Baqtriya davlati ko‘chmanchi qabilalar tomonidan tor-mor etilganligi eslatiladi. Strabon ma’lumotlariga ko‘ra, Baqtriyani assiylar, passianlar, toxarlar, sakaravr qabilalari bosib oladilar. Pompey Trog xabar berishicha, “Baqtriya va So‘g‘diyonani skif qabilalari sarauklar va assianlar bosib oladilar”. Tadqiqotchilarning fikricha har ikkala tarixchi bitta qabila haqida ma’lumot bergan.
Xulosa
Qadimgi Xitoy manbalari Baqtriyani yuyechji qabilalari bosib olganligi haqida ma’lumot beradi. Mil. avv. II asrning ikkinchi choragida (tadqiqotchilar bu sanani mil. avv. 172-16-yillar oralig‘ida deb belgilaydilar) yuyechjilar xunnlardan mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng O‘rta Osiyoning shimoliy hududlarida ko‘chib yuradilar. Bu qabilalar Xitoy manbalarida “Da-yuyechji” - ”Buyuk” yoki “Katta Yuyechji” deb eslatiladi. Chjan Szyan ma’lumotlariga ko‘ra, yuyechjilar xunn qabilalaridan mag‘lubiyatga uchragach O‘rta Osiyoning janubiga tomon harakat qilib, Dahya (Baqtriya)ni bosib oladilar va Guyshuy (Amudaryo)ning shimoliy tomonida joylashadilar. To‘ng‘ich Xan uyi tarixida ham yuyechjilar Guyshuy daryosining shimoliy tomonida o‘z poytaxtlariga asos solganliklari ta’kidlanadi.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, yuyechjilar mil. avv. 140-130 yillar oralig‘ida Baqtriyaga bostirib kirganlar. Oradan ko‘p o‘tmay Baqtriyada Katta yuyechji davlati tashkil topadi. Kichik Xan uyi tarixi ma’lumotlariga ko‘ra, Katta yuyechji hukmdorlari ko‘l ostida beshta hokimlik (Xi-xeu) bor bo‘lib, ular Xyumi, Shaunmi, Guyshuan, Xise va Dumilardan iborat edi. Xitoy manbalaridan xulosa chiqargan ko‘pchilik tadqiqotchilar Baqtriya tarixidagi butun yuyechji davrini uchta bosqichga bo‘ladilar.
1. Mil. avv. 139-125-yillar - Katta yuyechji Dahya viloyatini bosib oladi, ammo ularning asosiy mulklari Amudaryodan shimol tomonda edi.
2. Mil. avv. 25 yilga qadar - Katta yuyechji davlatining shakllanishi va keyingi rivojlanishi. Davlatning poytaxti Amudaryodan shimol tomonda bo‘lib, janubiy chegarasi Gibin atroflarida (Kashmir yoki Qandahor) edi. Yuyechjilar bo‘ysundirgan hududlar Xise, Shaunmi, Guyshuan, Xyumi, Dumi mulklaridan iborat bo‘lib ular xi-xou (yabg‘u) tomonidan boshqarilgan.
Reja:
Kirish
Asosiy qim
1.Qang’ davlati haqida umumiy tushuncha
2. Dovon davlati haqida umumiy tushuncha
3. Qang’ va Dovon davlatining hayot tarzi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |