M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova


-§. Fe`lning vazifadosh shakllari



Download 1,05 Mb.
bet104/274
Sana07.11.2022
Hajmi1,05 Mb.
#861701
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   274
Bog'liq
M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova

5 -§. Fe`lning vazifadosh shakllari


Fe`lning gapda ma`lum bir gap bo`lagi vazifasini bajarishga mos bo`lgan shakli uning funktsional38 formasi deyiladi. Fe`lning funktsional formalari gapda kesim, hol, aniqlovchi, ega va to`ldiruvchi vazifalarida keladi.


O`zbek tilida fe`lning funktsional formalariga sof fe`l, ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi kiradi.
  1. Sof fe`l


Fe`lning tuslangan formada qo`llanib, kesim vazifasini bajarishga mos shakli sof fe`l deb ataladi. Sof fe`l har uch zamon shaklida qo`llangan aniqlik, buyruq-istak, shart mayli formasidagi fe`llarni o`z ichiga oladi. Masalan: To`g`ri so`z odam butun hayoti davomida mehr, sadoqat nurlarini tarqatadi (U.Mahkamov). Kimki oz bilsa, ozga o`rgatadi. (Tafakkur gulshani). Aqlni beaqldan o`rgan (Maqol).


  1. Ravishdosh


Harakatning belgisini (harakat tarzidagi belgi) anglatadigan, gapda ko`pincha hol yoki ergash gapning kesimi vazifasini bajarishga mos bo`lgan fe`l shakli ravishdosh deyiladi. Masalan: Ilmu hunarni Xitoydan bo`lsa ham borib o`rganinglar (―Pedagogika tarixi‖dan). Choyga fotiha o`qilgach, hamma o`rnidan turdi (S.Ahmad). Bu misollarning birinchisida borib ravishdoshi hol vazifasini, ikkinchi misoldagi o`qilgach ravishdoshi ergash gapning kesimi vazifasini bajargan.


Ravishdosh quyidagi affikslar bilan yasaladi:

  1. fe`l o`zak-negiziga unlidan so`ng –b, undoshdan so`ng –ib affiksini qo`shish bilan: o`qib,

borib;

  1. fe`l o`zak-negiziga unlidan so`ng –y, undashdan so`ng –a affiksini qo`shish bilan: o`qiy-

o`qiy, bora-bora.
Bu affikslar bilan yasalgan ravishdoshlar nutqda, asosan, takroriy holda qo`llanadi;
-b (-ib), -a, -y affikslari bilan yasalgan ravishdosh qo`shma fe`l (sof fe`l) tarkibida yetakchi qism vazifasida ham keladi: yoza boshladi, o`qib chiqdi kabi.

  1. –gani (-kani, -qani) affikslari bilan: o`qigani, aytgani kabi;

  2. –gach (-kach, -qach) affikslari bilan: o`qigach, borgach kabi;



38 Funktsiya – lat. function – «faoliyat», «vazifa».

  1. –guncha (-kuncha, -quncha) affikslari bilan: o`qiguncha, borguncha kabi.

Fe`l o`zak-negizi k yoki g undoshi bilan tugasa, -kani, -kach, -kuncha tarzida, q yoki g` undoshi bilan tugasa, -qani, -qach, -quncha tarzida qo`shiladi: ekkani, ekkach, ekkani, ekkuncha; chiqqani, chiqqach, chiqquncha kabi.
Fe`lning ravishdosh shakli fe`l singari harakat tushunchasini anglatib, fe`lga xos quyidagi morfologik belgilarga ega, ya`ni:

  1. o`timli-o`timsizlik ma`nosini ifodalaydi: eslab - o`timli, kulib - o`timsiz ravishdosh;

  2. bo`lishli-bo`lishsizlik ma`nosiga ega: ko`rib – bo`lishli, ko`rmay, ko`rmasdan – bo`lishsiz ravishdosh; kelguncha – bo`lishli, kelmaguncha – bo`lishsiz ravishdosh; o`tgach – bo`lishli, o`tmagach – bo`lishsiz ravishdosh.

-gani (-kani, -qani) affiksi bilan yasalgan ravishdoshning bo`lishsizlik shakli yo`q (-ma bo`lishsizlik qo`shimchasini olmaydi).

  1. nisbat ma`nosini anglatadi: yasab - aniq nisbat, yasanib - o`zlik nisbat, yasalib - majhullik nisbati, yasashib – birgalik nisbat, yasatib – orttirma nisbat;

  2. ravishdoshlar tuslovchi qo`shimchalarni olish-olmaslik xususiyatiga ko`ra ikki guruhga bo`linadi: tuslanadigan ravishdoshlar va tuslanmaydigan ravishdoshlar.

Tuslanadigan ravishdoshlarga fe`l negiziga –b (-ib), -a, -y affikslarni qo`shish bilan shakllangan ravishdoshlar kiradi.
Bu guruhdagi ravishdoshlar tuslangan holda sof fe`lga aylanadi. Masalan: Kechaning tili qorasida yulduzlar yorqin yonadi (O). Oyoq ostimizda munchoq-munchoq oq, sariq gullar sochilib yotibdi (B.Jahongirov).
Tuslanadigan ravishdoshlar tuslovchi olmagan holda ham qo`llana oladi. Masalan: Vohid ho`l sochlarini taray-taray boqqa sho`ng`idi (O.YOqubov). Mashina silkinib oldinga intildi (S.Ahmad).
Ravishdoshlarning –gach (-kach, -qach), -gani (-kani, -qani), guncha (-kuncha, -quncha) affikslari yordamida hosil qilingan shakllari tuslanmaydigan ravishdoshlar sanaladi: etgach, ekkach, chiqqach; etgani, ekkani, chiqqani; etguncha, ekkuncha, chiqquncha kabi. Masalan: Sultonali tong otguncha ikki go`dakning qo`ynini puch yong`oqqa to`ldirib chiqqan (A.Qodiriy). Uzun, qorong`i yo`lakka chiqqach, Unsin to`xtadi (O). Siz bilan maslahatlashgani keldim (B.Rahmonov).
d) zamon ma`nosini ifodalaydi. Ravishdoshning zamon ma`nosini ifodalashi nisbiy zamon sanaladi, chunki ravishdoshning zamoni shu gapdagi tuslangan fe`lning zamoniga nisbatan belgilanadi.
Ravishdoshlar zamon ma`nosiga ko`ra uchga bo`linadi: o`tgan zamon ravishdoshi, hozirgi zamon ravishdoshi, kelasi zamon ravishdoshi.
O`tgan zamon ravishdoshlari fe`l o`zak-negiziga –b (-ib), -gach (-kach, -qach)
affikslarini qo`shish bilan hosil qilinadi: qolib, o`qib, qolgach, o`qigach kabi.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish