M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova



Download 1,05 Mb.
bet106/274
Sana07.11.2022
Hajmi1,05 Mb.
#861701
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   274
Bog'liq
M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova

Sifatdosh


Predmet belgisini harakat va holat vositasida bildiradigan, gapda sifatlovchi-aniqlovchi vazifasini bajarishga mos bo`lgan fe`l shakli sifatdosh deb ataladi: So`zlayotgan kishining o`ziga emas, so`ziga e‘tibor qil («Tafakkur gulshani»). Ko`chaning ikki chetidagi turli mollar bilan savdo qiluvchi do`konlar joylashgan (M.Qoriev) gaplaridagi so`zlayotgan, savdo qiluvchi sifatdoshlari kishi, do`konlar otlariga bog`lanib, uning harakat belgisini bildirib, sifatlovchi (aniqlovchining bir turi) vazifasini bajargan.


Sifatdosh quyidagi affikslar bilan yasaladi:

  1. fe`l o`zak-negiziga –gan (-kan, -qan) affikslarni qo`shish bilan: yuklagan, kechikkan, qiziqqan (fe`l negizi k yoki g bilan tugasa, -kan; q yoki g` bilan tugasa, -qan tarzida).

Bu affiks sifatdosh yasashda eng mahsuldor, unumli affiks sanaladi.
Eski o`zbek adabiy tilida –gan affiksining ekvivalenti –mish, -dik affikslari bilan ham yasalgan (bu affikslar hozir ham uchraydi).

  1. fe`lning –a, -y affiksi bilan tugagan ravishdosh negiziga –digan, -yotgan

affikslarini qo`shish bilan: kelayotgan, o`qiyotgan, boradigan, ishlaydigan kabi;

  1. fe`l o`zak-negiziga –r (-ar) qo`shilishi bilan (unlidan so`ng –r, undoshdan so`ng –ar):

buklar, ko`kar kabi;

  1. fe`l o`zak-negiziga –vchi (-uvchi) qo`shilishi bilan (unlidan so`ng –vchi, undoshdan so`ng

uvchi): boshlovchi, kutuvchi kabi;
Eski adabiy tilda sifatdoshning bu turi –guchi, -g`uchi shaklida ham ishlatilgan: aytguchi, kelguchi. Bu shakl hozir ham she`riyatda uchraydi: Kulimsirab turg`uchi toleing porloq (G`.G`.).
Bu affiks bilan yasalgan sifatdoshning ot so`z turkumiga ko`chish holati ham uchraydi:
o`quvchi, to`quvchi, yozuvchi kabi.

  1. fe`l negiziga –ajak qo`shilishi bilan: kelajak, bo`lajak kabi;

  2. fe`l negiziga –gusi, -g`usi qo`shilishi bilan: kelgusi, bo`lg`usi kabi.

Sifatdosh leksik-semantik jihatdan harakat tushunchasini anglatadi. Shunga ko`ra sifatdosh fe`l sanaladi va fe`lga xos bo`lgan grammatik xususiyatlarga egadir, ya`ni:

  1. o`timli-o`timsizlik ma`nosini ifodalaydi: o`qigan, yozdirgan - o`timli; qolgan, qiziqtirgan

    • o`timsiz sifatdosh;

  1. bo`lishli-bo`lishsizlik ma`nosini ifodalaydi: o`qigan – bo`lishli, o`qimagan – bo`lishsiz;

aytar – bo`lishli, aytmas – bo`lishsiz sifatdosh;

  1. nisbat ma`nosini anglatadi: yuvgan - aniq nisbat, yuvingan - o`zlik nisbat, yuvilgan - majhullik nisbat, yuvishgan – birgalik nisbat, yuvdirgan – orttirma nisbat;

  2. sifatdoshlar tuslanganda aniqlik maylining biror zamoniga xos bo`lgan fe`lni hosil qiladi (sof fe`lga aylanadi) va kesim vazifasini bajaradi: Bu hofiz butun olamga tanilgan (O.).

Sifatdoshning deyarli barcha shakllari tuslanish xususiyatiga (-yotgan shaklidan tashqari) ega. –r (-ar) bilan yasalgan sifatdosh shakli esa hozirgi tilda ko`proq tuslangan shaklda ishlatiladi: o`qirman, o`qirsan, o`qir; o`qirmiz, o`qirsiz, o`qir(lar) kabi;

  1. sifatdosh zamon ma`nosini ifodalaydi. Atributiv (sifatlovchi) holatida kelgan sifatdoshning zamon ma`nosi nisbiy sanaladi, chunki sifatdoshning zamoni nutq momentiga nisbatan emas, balki fe`l-kesimning zamoniga nisbatan belgilanadi: Ko`nglini kichik tutgan, kamtarlik yo`lidan yurgan kishi ulug`likka etadi (YUsuf Xos Xojib) gapida tuslangan fe`l etadi hozirgi-kelasi zamonni ifodalasa, ko`nglini kichik tutgan, kamtarlik yo`lidan yurgan sifatdoshlari o`tgan zamonni ifodalaydi.

Sifatdoshlar zamon ma`nosiga ko`ra uch guruhga bo`linadi: o`tgan zamon sifatdoshi, hozirgi zamon sifatdoshi, kelasi zamon sifatdoshi. Sifatdoshlarni hosil qiluvchi maxsus grammatik ko`rsatkichlar sifatdoshning nisbiy zamon ko`rsatkichi ham sanaladi.
O`tgan zamon sifatdoshi predmetning nutq so`zlanib turgan vaqtdan ilgari bo`lgan harakat belgisini anglatadi. –gan (-kan, -qan) grammatik ko`rsatkichlari bilan yasalgan sifatdosh o`tgan zamon sifatdoshini hosil qiladi: Murabbiysi bo`lmagan odamni hayot o`zi tarbiyalab qo`yadi («Otalar so`zi»).
Hozirgi zamon sifatdoshi predmetning nutq so`zlashib turgan vaqtida davom etayotgan harakat belgisini anglatadi.
Hozirgi zamon sifatdoshi –yotgan, -vchi (-uvchi) affikslarini qo`shish bilan hosil bo`ladi: Adolat biz qurayotgan jamiyatning mezoni bo`lmog`i darkor (I.A.Karimov). Elmurod bu erga keluvchi mehmonlarning hammasini tanib oldi (P.Tursun).
Kelasi zamon sifatdoshi predmetning nutq so`zlanib turgan vaqtdan keyin bajariladigan harakat tarzidagi belgisini anglatadi. Kelasi zamon sifatdoshi –r (-ar), -digan, -ajak affikslari bilan yasaladi: Aytar so`zni ayt, aytmas so`zdan qayt (Maqol). Dehqon kelasi kuzda oladigan hosilining g`amini shu kuzdan ko`radi (M.Ismoiliy).
Sifatdosh fe`l shaklining «sifatdosh» deb atalishi, uning sifat singari predmetning belgisini bildirishiga ko`radir. Sifatlar predmetning rangi, hajmi, mazasi, xususiyati kabilarni bildirsa, sifatdosh predmetning harakat va holat belgisini anglatadi.
Demak, sifatdosh sifatga xos bo`lgan grammatik xususiyatlarga ham egadir, ya`ni:

  1. sifatdosh morfologik jihatdan o`zgarmaydi (egalik, kelishik, ko`plik affikslarini olmaydi);

  2. sifatdosh otga bog`lanib kelib, predmetning harakat belgisini bildiradi va gapda sifatlovchi vazifasini bajaradi: Ko`klam quyoshidan ko`kargan qirlar, ko`m-ko`k (H.Olimjon). Xadichabegim yurt uchun qayg`uradigan bir malika ekanini ko`rsatishni sevardi (Oybek).

  3. sifatdosh otlashish xususiyatiga ega, bunday holda sifatdosh bog`lanib kelgan ot qo`llanmaydi va sifatdosh ot kabi so`z o`zgartiruvchi (egalik, kelishik, ko`plik affikslarini) affikslarni oladi, ot singari sintaktik vazifalarni (ega, to`ldiruvchi, qaratuvchi) bajaradi: Yo`lni bilgan qoqilmaydi (Maqol). Qishloq xo`jaligida bevosita ishlab chiqaruvchining o`zi xo`jayin bo`lishi shart (I.Karimov). Ko`p yurgandan so`rama, ko`p ko`rgandan so`ra (Maqol). Dushmanga nafrati bo`lmaganning Vatanga muhabbati bo`lmas (Maqol).




  1. Download 1,05 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish