M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova



Download 1,05 Mb.
bet107/274
Sana07.11.2022
Hajmi1,05 Mb.
#861701
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   274
Bog'liq
M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova

Harakat nomi


Ish-harakatning atamasi bo`lib, gapda otga xos vazifalarni bajarishga mos bo`lgan fe`l shakli harakat nomi deb ataladi: Ilm-fanga intilish insonning eng oliy ma`naviy harakatlaridandir. Chavandoz bu gaplarni Ertoyevga aytishini ham, aytmaslikni ham bilmay turgandi (O.YOqubov). Mustaqilligimiz tufayli xalq va Vatan tarixi, boy ilmiy va adabiy merosga xolisona yondashishning guvohi va shohidi bo`lmoqdamiz (Rahim Vohidov) gaplaridagi intilish, aytishni, aytmaslikni, yondashishning fe`l shakllari harakatning atamasi (nomi) bo`lib, gapda otga xos ega, to`ldiruvchi, qaratuvchi vazifalarini bajargan.


Harakat nomi quyidagi shakl yasovchi affikslar bilan yasaladi:

  1. fe`l negiziga –sh (-ish) qo`shish bilan (unlidan so`ng –sh, undoshdan so`ng –ish): o`qish, yozish, ishlash, chiqish kabi;

Harakat nomining –sh (-ish) affiksi bilan yasalgan shakli otga yaqin turadi, shuning uchun ham bu shaklda harakat nomi otga ko`chishga moyil bo`ladi.

  1. fe`l negiziga –v (-uv) qo`shish bilan (unlidan so`ng –v, undoshdan so`ng –uv): ishlov, bag`ishlov, boruv, keluv kabi;

Bu affiks bilan yasalgan harakat nomi hozirgi o`zbek tilida kam ishlatiladi;

  1. fe`l negiziga -moq qo`shish bilan: o`smoq, ulg`aymoq, o`rganmoq kabi.

Harakat nomining -moq affiksi bilan yasalgan shakli fe`lga juda yaqin turadi, chunki har qanday fe`lning bosh shakli yo buyruq-istak mayli shaklida esla, shosh kabi; yoki eslamoq, shoshmoq kabi harakat nomi shaklida olinadi.
Harakat nomi leksik-semantik jihatdan harakat tushunchasini anglatadi. Shu jihatdan harakat nomi fe`lga xos grammatik xususiyatlarga ega:

  1. o`timli-o`timsizlik ma`nosini ifodalaydi: o`rganish, ko`rmoq - o`timli harakat nomi;

yugurish, ishonmoq - o`timsiz harakat nomi;

  1. nisbat ma`nosiga ega: yutmoq - aniq nisbat, yasanmoq - o`zlik nisbat, baholanmoq - majhullik nisbati, qiziqtirmoq - orttirma nisbat;

  2. harakat nomining bo`lishsiz shakli faqat –maslik affiksi bilan yasaladi: aytish – bo`lishli harakat nomi, aytmaslik – bo`lishsiz harakat nomi.

  3. harakat nomi zamon ma`nosiga ega emas. Lekin ma`lum bir qulay sharoitda unda hozirgi- kelasi zamon ma`nosi aks etadi: Oilada farzand tarbiyasiga har tomonlama e‘tibor bermoq lozim (O.Karimova).

  4. boshqa fe`l shakllari singari harakat nomi boshqarish xususiyatiga ega.

Shuningdek, ish-harakatning nomini bildirish jihatdan harakat nomi otga xos bo`lgan grammatik xususiyatlarga ham ega, ya`ni:

  1. harakat nomi son, egalik va kelishik affikslarini oladi;

  2. harakat nomi ot singari ega, qaratqich aniqlovchi, to`ldiruvchi ko`makchili shaklda hol va kesim vazifalarini bajaradi: Zumradning tikishi – go`zal, ipakni turlashi ham mohirona (O.). Bilim va tushunishga intil kunu tun (YUsuf Xos Xojib). Rais Jo`raboev bilan jiddiy tortishuvdan so`ng juda qattiq asabiylashdi (SH.R.). O`zini olim, fozilman deb maqtanish, shu bilan g`ururlanish jaholatning bir ko`rinishidir («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»).

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish