Dagnostikalash jihozini loyihalash. Diagnostikalash jihozini loyihalash avtomobil nazariyasi bo’yicha chuqur bilimlarga ega bo’lishni, avtomobil agregatlari va tizimlarining ishlashi bo’yicha, qiziqtirayotgan agregat yoki tizimlarda uchraydigan o’ziga xos nosozlik va buzilishlarni bilishni, shu jumladan buzilishlarning tashqi belgilarini (nosozlik alomatlarini) va diagnostik parametrlar me’yoriy qiymatlarini bilishni talab etadi.
Avtomobilning tortish-iqtisodiy ko’rsatkichlarini, tormozlash xususiyatlarini, oldingi ko’prik, rul boshqarmasi, transmissiyasini loyihalash negizida, mavjud bo’lgan yo’l sharoitlarini va avtomobilga harakatlanish vaqtida tushuvchi yuklanishlarni imitatsiya qilish yotadi.
Diagnostikalash jihozini loyihalash qiyin bo’lganligi tufayli, odatda, mavjud konstruktsiyani takomilillashtirish yoki qo’shimcha konstruktsiya ishlab chiqish, masalan o’lchash aniqligini oshirish uchun, universallashtirish, metall sig’imini kamaytirish topshirig’i beriladi. Yangi diagnostikalash jihozini yoki katta bo’lmagan nazorat priborini yaratish topshirig’i, odatda, ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug’ullanuvchi talabalar jamoasiga beriladi.
Chizmalarni ishlab chiqish va tushuntirish yozuvi. Chizmalar ishlab chiqilgan jihoz sxemasi, uzel va bo’laklarning alohida eskizlari, konstruktsiyani yakuniy jamlash asosida yaratiladi.
Umumiy ko’rinish chizmasi - mahsulot tuzilishini, uning asosiy qismlarini o’zaro bog’lanishini ko’rsatuvchi va mahsulotning ishlash prinstipi to’g’risida ma’lumot beruvchi hujjat hisoblanadi.
Yig’ma chizma - yig’ma birlikni tasvirlovchi va uni yig’ish (yasash) va nazorat etish uchun zarur bo’lgan boshqa ma’lumotlarni o’zida aks ettiruvchi hujjat hisoblanadi.
Bo’lak chizmasi - bo’lak tasvirini va uni yasash va nazorat etish uchun zarur bo’lgan boshqa ma’lumotlarni o’zida aks ettiruvchi hujjat hisoblanadi.
Loyihaning tushuntirish yozuvi aniq, qisqa, texnik savodxonlik tili bilan yozilishi kerak. Tushuntirish yozuvi A4 formatdagi oq qog’ozning bir tomoniga qo’l bilan yoki bosma harflarda yoziladi. Formulalar aniq, tushunarli qilib yoziladi. Harf va yozuv matnlari o’chirilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Umumiy holda tushuntirish yozuvi quyidagi bo’limlardan tashkil topadi:
loyihalanayotgan yoki takomillashtirilayotgan jihozning maqsadi va qo’llanilish joylari;
mavjud konstruktsiyalar tahlili va loyihalanuvchi
konstruktsiyani asoslash;
texnik tasnifi;
konstruktsiyaning tuzilishi va ishlash tartibi. Jihozda ishlaganda xavfsizlik texnikasi choralari.
konstruktsiyaning ishchanligini va ishonchliligini tasdiqlovchi hisoblar (yuritma ko’rsatkichlarini tanlash, katta yuklanishlarda
ishlovchi bo’lak va uzellar kesimlarini hisobi);
kutiluvchi texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |