AMALIY MASHG’ULOT № 11 Mavzu: Katalitik kreking katalizatorining miqdorini va
katalitik jarayonda katalizatorning qaynovchi qatlam balandligini hisoblash.
Jarayonning rivojlanish tarixi Katalizatori qo‘zg‘almas qatlamli birinchi katalitik kreking sanoat qurilmasi amerikalik sanoatchi va kimyogar E.Gudri tomonidan ishlab chiqilgan 1936 yilda AQShda uning ishtirokida birinchi qurilma quriladi. Ushbu qurilma reaktor va regenerator vazifasini bir jihoz bajarganligi sababli davriy ishlagan.
Xomashyo sifatida dizel fraksiyasi (200-350 oS), katalizator sifatida esa kislota bilan faollangan tabiiy glina qo‘llanilgan. Olingan benzinning oktan soni motor usulida 78-80 teng bo‘lgan.
setan
okten
oktan
Katalitik krekingning qo`llanilishidan maqsad asosan 470 – 530 oS temperatura va yuqori bo’lmagan ortiqcha 0,05 – 0,01 MPa bosimda yuqori oktanli tayyor benzin komponentlarini olishdir. Bundan tashqari, katalitik krekingda boyitilgan butan– butilenli fraksiya gazi, shuningdek yengil va og`ir gazoyl olinadi. Reaksiya vaqtida katalizator yuzasida hosil bo`lgan koks regenerasiya jarayonida kuydiriladi.
Katalitik kreking xom ashyosi sifatida ko`p hollarda 350 – 500 oS oralig`ida to`g`ri haydashdan olingan keng moy fraksiyasidan foydalaniladi. Katalitik krekingni xom ashyoga faqat yuqori temperaturada ta`sirlashish (termik kreking) bilan taqqoslaganda katalizatorning ishtiroki kreking jarayonini tezlashtirib, uning selektivligini oshiradi.
Masala: Yechish. 1. Reaktordagi katalizator hajmini quydagi formula bo`yicha aniqlaymiz:
2. Qaynovchi qatlam hajmi
3. Ko`ndalang kesim yuzasini quydagi formulaga ko`ra topamiz.
4. Reaktor diametri:
5. Katalizator qaynovchi qatlam balandligini quydagi formulaga ko`ra aniqlaymiz:
6. Reaktor umumiy balandigi:
Javob; Diametr: 1.16 m Balandligi 9.9m Kreking katalizatorlari Katalitik kreking 200-500 oS haroratlar oralig‘ida qaynovchi neft fraksiyalarini qayta ishlashda keng qo‘llaniladi. Yangi yoki yangi regeneratsiyalangan katalizatorlar katalitik kreking jarayonida yuqori faollikni namoyon etadi. Ammo, kreking jarayoni mobaynida katalizator yuzasida, tezda uglerod (koks) qatlami hosil bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida katalizatorni faolligini tushushiga olib keladi. Bu vaqtda katalizator ustidagina to‘plangan uglerod qatlamini yoqish orqali regeneratsiya qilishni talab etadi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, katalitik kreking jarayoni mahsulotlari sifati asosan, ushbu jarayonda qo‘llaniladigan katalizatorga bog‘liq bo‘ladi.
Bugungi kunda katalitik kreking qurilmalarida tarkibida turli metall oksidlarini saqlagan seolitli alyumosilikat katalizatorlari qo‘llanilmoqda.
Katalizatorning selektivligi esa xomashyo tarkibidagi uglevodorodlarning o‘zgarish darajasi bilan aniqlanadi.
Mustaqil hisoblash uchun masalalar 1. Katalitik kreking reaktoriga sarfi 78 150 kg/soat bo`lgan xomashyo kiritiladi. Katalizatorning sirkulyasiyalanish karrasi 7,6 ga teng. Sirkulyasiyalanuvchi katalizatorning massa sarfini toping ?
Katalitik kreking reaktoriga sarfi 88 150 kg/soat bo`lgan xomashyo kiritiladi.
Katalizatorning sirkulyasiyalanish karrasi 8,6 ga teng. Sirkulyasiyalanuvchi katalizatorning massa sarfini toping ?
3. Katalitik kreking reaktori orqali sarfi 47 160 m3/soat bo`lgan reaksiya mahsuloti bug`lari 0,65 m/s tezlik bilan o`tadi. Reaktor diametri aniqlansin ?
Nazorat savollari
Katalitik kreking jarayonning vazifasi.
Katalitik kreking jarayonning rivojlanish tarixi.
Katalitik kreking jarayoni evolutsiyasining asosiy bosqichlari.
Katalitik kreking jarayonida boradigan kimyoviy reaksiyalar.