Loyihaning ayrim bosqichlarini bajarish bo’yicha tavsiyalar


Nostandart jihozlarni bo’laklarga ajratish va butlash



Download 4,9 Mb.
bet2/14
Sana01.04.2022
Hajmi4,9 Mb.
#522610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 5318874021759030546

6.3. Nostandart jihozlarni bo’laklarga ajratish va butlash


Jihozlarning bo’lak va uzellarini hisoblash ishlarni bajarishda turli avtorlarning mashinasozlik-konstruktorlik ko’rsatmalari kitoblari asos bo’ladi. V.I. Anurevning “Spravochnik konstruktora mashinostroeniya” (M. “Mashinostroenie”, 1982,T.) 1, 2, 3 kitoblari tavsiya qilinadi.
Ushbu kitob yordamida bo’laklar uchun materiallar tanlash, ularning issiq ishlovlari bo’yicha ko’rsatmalar olish, yuzalar g’adirbudurligi, chegara va qo’nimlar to’g’risida ma’lumot olish mumkin. Qo’llanmada bo’laklarni konstruktsiyalar texnologiyalari, mahkamlash uslubini tanlash hisoblari, o’qlar, podshipnik vallari, prujina, tishli va zanjirli uzatmalar, reduktorlar, jipslashtirish moslamalarini tanlash mumkin. Gidravlik va pnevmatik silindrlarning, elektr jihozlarining asosiy ko’rsatkichlarini tanlash bo’yicha tavsiyalar keltirilgan.
Garaj va diagnostik jihozlarda turli tuman mahkamlash uskunalari, mexanizatsiyalashgan yuritmalari qo’llaniladi. Ushbu konstruktsiyalarning hisoblari, tuzilishi A.K. Gorshkovning “Prisposoblenie dlya metallorejuщix stankov” (M.
“Maшиностроение”, 1971) kitobida keltirilgan.
Ko’tarish-eltish jihozlarining yuritmalari va bo’laklarning mustahkamlikka hisoblari “Mashina detallari”, “Ko’tarish-tashish mashinalari”, “Materiallar qarsxiligi” va boshqa maxsus fanlar adabiyotida keltirilgan.

Jihoz konstruktsiyasini butlash


Jihoz konstruktsiyasini yakuniy butlash konstruktsiya tuzilishi yanada ixcham, og’irligi va texnologik yasalishi bo’yicha kichik qilib yasalishi maqsadida bajariladi.
Butlash, asosan, ikki bosqichdan iborat bo’ladi: eskiz va ishchi.
Eskiz ko’rinishidagi jarayonda jihozning asosiy sxemasi va agregatning umumiy tuzilishi (ba’zi bir hollarda bir necha variantlarda) bajariladi.
Eskiz ko’rinishidagi butlashni tahlil qilish asosida ishchi butlash yaratiladi. Ishchi butlash jihoz konstruktsiyasining uzil-kesil ko’rinishi bo’lib keyingi loyihalash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Butlashni quyidagi asosiy masalalarni hal etishdan boshlash kerak:

  • eng ma’qul kinematik va kuch yuritish sxemalarini tanlash; - bo’laklarning o’lchamlarini va ko’rinishini to’g’ri tanlash; - qismlarning o’zaro joylashtirishda eng to’g’risini tanlash.

Butlash jarayonini umumiylikdan xususiylikka (yakkalikka) yoki teskari tartibda bajarish kerak.
Butlashning boshqa qoidalari bu:

  • turli variantlarni ishlab chiqish;

  • ularni taqqoslash va tahlil qilish natijasida eng to’g’risini tanlash.

Konstruktorning birdaniga jihozni loyihalashga kirishishi, xayoliga birinchi bo’lib kelgan konstruktsiya ustida ishlashi yoki namuna sifatida shablon konstruktsiyadan foydalanishi xatodir. Ushbu bosqichda eng yomoni: psixologik tushkunlikka tushish va stereotiplar (bir xilliklar) qamaliga tushib qolishdir. Avval barcha mumkin bo’lgan yechimlar ustida o’ylab ko’rish va ulardan eng ma’qulini tanlab olishdir. Bu ko’p mehnatni talab etadi va maqsadga birdaniga erisxilmaydi, ko’p izlanishlar natijasidir. Variantlarning to’liq loyihalanishi shart emas. Odatda, qo’lda, qalam bilan chizilgan chizmalar yetarli bo’ladi. Bu chizmalar variantlarning kelajakbopligi va ular ustida ishlash samaraliligi to’g’risida tushuncha berishi kerak. Butlash jarayonida xomaki, taxminiy bo’lsa ham, hisoblar bajarilishi talab etiladi. Jihozning asosiy bo’laklari mustahkamlikka va qattiqlikka hisoblanishi shart. Konstruktsiyani to’g’ri loyihalashning asosiy sharti konstruktsiyani yasash masalasini doim yodda tutish va loyihalashning boshlanishidan bo’laklarning ko’rinishini yasash texnologik jarayoniga mos ravishda loyihalashdir. Malakali konstruktor butlash jarayonida bo’laklarning yasalishini texnologikligini hisobga oladi. Butlashda barcha sharoitlar: agregatni ishchanligini hisobga olish; moylash, sovitish tizimlari; bo’laklarga ajratish va yig’ish ishlari; agregatlarni mahkamlash va ularga ulanuvchi bo’laklarni (yurish vallari, elektr o’tkazgichlar va boshqa kommunikastiyalar) mahkamlash; xizmat ko’rsatishda, kuzatish va sozlash ishlari uchun qulaylik yaratish; asosiy bo’laklar uchun materiallar tanlash; uzoq muddat ishlashi, yeyilishga chidamliligi, zangga qarshi ishlar bo’yicha tadbirlar ko’zda tutilganligi; agregatlarni takomillashtirish bo’yicha choralar va chegaralari ko’zda tutilgan bo’lishi kerak. Butlashning barcha bosqichlarida ishlab chiqaruvcxilar va ishlatuvcxilar maslahatiga amal qilish kerak.



Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish