Loyihaning ayrim bosqichlarini bajarish bo’yicha tavsiyalar



Download 4,9 Mb.
bet1/14
Sana01.04.2022
Hajmi4,9 Mb.
#522610
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 5318874021759030546



Loyihaning ayrim bosqichlarini bajarish bo’yicha tavsiyalar


a) mavjud jihozlarning tuzilishini o’rganish va taqqoslash:
Mavjud jihozlarning tuzilishini (texnik yechimlarini) o’rganishda, ularning kamcxiliklari tahlil qilinib, yangi yoki takomillashtirilgan konstruktsiya yaratilishi zarurligi aniqlanishi zarur. Loyihalanishi zarur bo’lgan jihoz konstruktsiyasini tanlash va asoslash shu jihozga o’xshash zamonaviy texnikaning ilmiy yutuqlariga asoslanishi zarur. Bundan tashqari, loyihalanuvchi jihoz konstruktsiyasini tanlashda ishlab chiqarishning qobiliyatlari (avtotransport korxonasi sharoitida, konstruktorlik byurosining eksperemental bo’limida, avtota’mirlash zavodida va boshqa) hisobga olinishi zarur.
O’rganish va taqqoslashlar natijasi bo’yicha loyihalanuvchi jihozga texnik talablar oydinlashtiriladi.
Texnik talablarni me’yoriga etkazishda loyihalanuvchi jihozning maqsadi va qo’llanilish sohasini aniq belgilab olish kerak. Dastlabki qisqacha xarakteristika berish, konstruktsiyaning ishonchliligini va texnologik mosligini asoslash lozim.
O’ta zamonaviy jihozlarni yaratish ko’p jihatdan informastion va patent-listenziyalangan izlanish sifatiga bog’liq.
Patent-axborot o’ta ahamiyatli hisoblanadi, chunki ular texnik adabiyotlarda yangilik nuqtai nazaridan 5-10 yil oldinda yuradi. Ular jihoz konstruktsiyasida eng yangi, progressiv texnik yechimlarni qo’llash imkonini beradi.
Axborot-izlanish natijalari jihoz konstruktsiyasida ilgarigi malakalardan foydalanish, loyihalanuvchi jihoz konstruktsiyasida bundan avval yaratilganlarining yaxshi tomonlaridan foydalanish imkonini beradi.
Ilmiy-texnik axborotning manbasi bo’lib texnikaviy adabiyotlar, darsliklar, zamonaviy ilmiy-texnik va ishlab chiqarish tajribalarini targ’ibot qiluvchi to’plamlar, referat bosmalari, soha bo’yicha ekspress informastiyalar, byulletenlar (yaratmalar tavfsilotlari, texnikiqtisodiy informastiya va boshqalar), bibliografik bosmalar, kartoteka, plakatlar, hisobotlar, ma’ruzalar tezislari, internet manbalari va boshqalar xizmat qiladi.
b) Konstruktsiya sxemalarini ishlab chiqish:
Sxema, bu shartli ko’rinish (tasvir) yoki belgilar yordamida mashina (jihoz)ning tuzilmaviy qismlari va ularning bog’lanishini ko’rsatuvchi hujjat.
Sxema ko’rinishlari mahsulot tarkibiga qanday qism va bog’lanishlar kirishiga qarab quyidagi ko’rinishlarga bo’linadi:

  • elektrik, “E” belgisi bilan belgilanadi;

  • gidravlik, “G” belgisi bilan belgilanadi;

  • pnevmatik, “P” belgisi bilan belgilanadi;

  • kinematik, “K” belgisi bilan belgilanadi;

  • kombinatsiyalashgan (turli qismlar va bog’lanishlardan tashkil topadi), “S” belgisi bilan belgilanadi;


Sxemalar asosiy maqsadiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
Tarkibiy, “1” raqami bilan belgilanib, mahsulotning asosiy funkstional qismlarini, maqsadi va o’zaro bog’lanishini ko’rsatadi;
Funkstional, “2” raqami bilan belgilanib, mahsulotning ayrim funkstional zanjirlarida yoki yaxlit mahsulotda kechuvchi jarayonlarni ko’rsatadi;
Prinstipial, “3” raqami bilan belgilanib, barcha qismlar tuzilishi va ular orasidagi bog’lanishlarni ko’rsatadi. Odatda mahsulotning ishlashi to’g’risida to’liq ma’lumot beradi. Bu sxemalar boshqa konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun xizmat qiladi.
Yig’uv (montaj), “4” raqami bilan belgilanib, tarkibiy qismlarning bog’lanishi, bog’lanish elementlari, joylari va kirish qismlari ko’rsatiladi.
Ulanish, “5” raqami bilan belgilanib, mahsulotga tashqi ulanishni ko’rsatadi.
Umumiy, “6” raqami bilan belgilanib, jamlanmaning tuzilmaviy qismlari va uning ekspluatatsiya qilish joyida bir-biriga ulanishini ko’rsatadi.
Joylashuv, “7” raqami bilan belgilanib, mahsulot tarkibiy qismlarining, shu jumladan simlar (o’tkazgichlar), jgutlar, kabellar,truba o’tkazgichlar va boshqalar, nisbiy joylashuvini ko’rsatadi.
Sxema nomlanishi uning ko’rinishi va turiga qarab (prinstipial elektrik sxema, prinstipial elektropnevmatik sxema) belgilanadi. Konstruktorlik hujjatiga kiruvchi sxema shifri, ko’rinishini belgilovchi harfdan va sxema turini belgilovchi raqamdan iborat bo’ladi.

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish