Lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 2,96 Mb.
bet59/160
Sana30.06.2022
Hajmi2,96 Mb.
#719431
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   160
Bog'liq
Lim vazirligi guliston davlat universiteti

Nazorat savollari:
1. O’zbekistonda dehqonchilik tarmoqlarining rivojlanishini mazmunan izohlab bering?
2. Texnika ekinlarini tushuntirib bering?
3. Paxtachilik sohasini tushuntirib bering?
4. Donli ekinlarni mazmunan izohlab bering?
5. Sholichilik sohasini tushuntirib bering?
6. Sabzavot, poliz ekinlari to’g’risida ma’lumot bering?
7. Mevachilik va uzumchilikni tushuntirib bering?
8. O’zbekiston dehqonchiligining etakchi tarmog’i qaysi? Fikringizni izohlang.
9. Mamlakatimizda qanday texnika ekinlari ekiladi?
10. Paxtachilikda “Andijon texnologiyasi” deganda nimani tushunasiz.
11.“Don mustaqilligi” deganda nimani tushunasiz.
12. Sholi ekiladigan asosiy hududlarni ta’riflang.
13. O’zbekistonning qaysi viloyatida kartoshka eng ko’p etishtiriladi?
14. Polizchilik qaysi viloyatlarda rivojlangan?


12-mavzu: O’zbekiston chorvachilik tarmoqlari geografiyasi


Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar:
1. O’zbekiston chorvachilik tarmoqlarining rivojlanishi. Qoramolchilik. Qo’ychilik (Qorako’lchilik) mamlakat chorvachiligining etakchi tarmog’i.
2. Respublika chorvachiligining boshqa tarmoqlariga ta’rif.


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Qorako’lchilik, qorako’l terisi, sut, sut-Go’sht, Go’sht chorvachiligi, Angor echkisi, tivit, pillachilik, baliqchilik xo’jaligi, darrandachilik.


1-asosiy savol bayoni: O’zbekiston-chorvachilikning qadimiy markazlaridan biri. Respublikaning qulay tabiiy va iqlimiy sharoitlari hamda hosildor tuprog’i chorvachilikni rivojlantirish uchun mos. O’zbekistonning sug’oriladigan erlari, bepoyon qir-adirlari, dashtu-cho’l hamda tog’ oldi yaylovlari chorvachilikni rivojlantirish uchun o’ta qulay. Sug’oriladigan erlarda asosan qoramolchilik, pillachilik, cho’chqachilik, parrandachilik rivojlangan bo’lsa, qir-adirlar, cho’l va tog’ oldi yaylovlarida esa qo’ychilik (qorako’lchilik), echkichilik, yilqichilik, tuyachilik, suv havzalarida esa baliqchilik rivojlangan. Chorvachilikdan keladigan daromad doimiy ravishda o’sib bormoqda.
Chorvachilikni rivojlantirishning muhim omillaridan biri uning ozuqa bazasi hisoblanadi. Shuning uchun yaylovlar holatini yaxshilash, ozuqabop ekinlar maydonini kengaytirish, omixta em ishlab chiqarishni ko’paytirishga etibor berilmoqda. Mamlakatda em-xashak ekinlari jami ekin maydonining 8,0 foizini tashkil qiladi (1995 yilda 7,7 %). Mustaqillik yillarida g’alla maydonlarining kengayishi bilan somon tayyorlash hajmi ham muttasil oshib bormoqda. Keyingi yillarda chorvachilikni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida chorva mollari tuyog’i va asosiy chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish sezilarli darajada o’smoqda (19-jadval).
Qoramolchilik - respublika chorvachiligining etakchi tarmoqlaridan biri. U respublikada etishtiriladigan Go’shtning to’rtdan uch qismini va sutning deyarli hammasini beradi. Mamlakatda qoramolchilikning sut, sut-Go’sht, Go’sht, Go’sht-sut yo’nalishlari rivojlangan. Sut va sut-Go’sht yo’nalishidagi qoramolchilik yirik shahar atrofi xo’jaliklarida hamda yaqinda o’zlashtirilgan mintaqalarda, Go’sht-sut, Go’sht yo’nalishidagi qoramol zotlari esa tog’ va tog’oldi mintaqalarida nisbatan ko’proq boqiladi.
Hozirda Respublikamizda 6571,4 ming bosh qoramollar boqilmoqda (2006 y). Shularning 42,9 foizi yoki 2821,3 ming boshi sog’in sigirlardir. O’zbekiston mintaqalarida qoramolchilikning hududiy joylashishi bir xilda emas. Eng ko’p qoramollar Samarqand va Qashqadaryo viloyatlariga to’g’ri keladi. Jumladan, mamlakatdagi jami qoramollarining 14,9 foizi Samarqand, 10,7 foizi Qashqadaryo viloyatiga boqiladi. Shuningdek, qoramollar soni Xorazm (584,8 ming bosh), Buxoro (556,4 ming bosh), Farg’ona (533,9 ming bosh), Surxondaryo (531,1 ming bosh) viloyatlarida ham ko’p.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish