G’allachilik. O’zbekiston azal-azaldan aholisini don, un va un mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini o’z ichki imkoniyatlari hisobiga qondirib kelgan va bug’doy etishtirishda yangi-yangi serhosil navlar yaratib, katta tajriba orttirgan mamlakatlardan biridir. Biroq sobiq Ittifoq davrida bug’doy va arpa maydonlari keskin qisqarib bordi, ular sug’oriladigan zonadan siqib chiqarilib asosan ekstensiv rivojlanishga ega bo’lgan lalmikor hududlarda yetishtirildi. 2 Jahon urushidan oldin bug’doy va arpa qariyb 1,5 mln ga erga eqilgan (1940 y). Bug’doy va arpa barcha g’alla ekinlari maydonining 90 foizdan ortiqrog’ini tashkil etar edi. 1970 yilda 640 ming ga bug’doy va 387,4 ming ga arpa ekildi, hosildorlik 8,5 sG’ga, yalpi hosil 1 mln tonnani tashkil etdi. 2013 yil 7,8 mln tonna g’alla etishtirildi.
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin mamlakatning g’alla mustaqilligiga erishish, don mahsulotlariga bo’lgan talab-ehtiyojni respublikaning o’zida yetishtirilgan hosil hisobiga qondirish muhim strategik vazifa qilib belgilandi.
Istiqlolning dastlabki yillaridanoq g’alla ekin maydonlarini kengatirishga asosiy e’tibor berildi. Ayniqsa, mamlakat g’alla mustaqilligini ta’minlashda 1995 xo’jalik yilida katta qadam tashlandi. O’sha yili respublikadagi jami ekin maydonining 40 foizi g’alla eqish uchun ajratildi.
G’alla ekin maydoni 1300 ming gektarga etkazildi. Shundan 828 ming gektari sug’oriladigan zonaga to’g’ri keldi. 2005 yilda mamlakatning lalmikor va sug’oriladigan zonasida 1616,1 ming ga erga (jami ekin maydonining 44,3 foiziga) donli ekinlar ekildi va 6,4 mln. tonna hosil yig’ib olindi.
G’alla ekinlaridan mo’l-hosil etishtirish omillaridan biri yaxshi va rayonbop navdir. Mamlakat g’allachiligida (uning sug’oriladigan zonasida) g’allaning qiltiqsiz, “Unumli bug’doy”, “Sanzar-4”, “Intensiv”, “Sanzar-8”, “Qarshi-7”, “Zafar”, “Yonbosh”, lalmi erlarda “Qizil Shalola”, “Surxon-5688”, “O’zros-7-13”, “Tolmas” kabi navlari ekildi. Ekilayotgan bug’doy navlaridan sug’oriladigan zonaning intensiv (ixtisoslashgan) xo’jaliklarida 40-50 tsentnerga etqazib hosil olinmoqda. 2005 yil mamlakat bo’yicha g’allaning har gektaridan 39,8 tsentner, jumladan bug’doydan 41,5 tsentner hosil olindi. Viloyatlar bo’yicha bug’doyning eng yuqori hosili Andijon (59,6 sG’ga), Buxoro (58,2 sG’ga) va Farg’ona (51,1 sG’ga) viloyatlariga to’g’ri keldi. Eng past hosil Jizzax (25,5 sG’ga) viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasidan (26,6 sG’ga) yig’ib olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |