Nazorat savollari:
1. Agrosanoat majmuasini mazmunan izohlab bering?
2. Agrosanoat majmuasi sohalarini tushuntirib bering?
3. Qishloq xo’jaligini mazmunan izohlab bering?
4. Qishloq xo’jaligining respublika iqtisodiyotida tutgan o’rnini tushuntirib bering?
5. Mustaqillik yilarida agrar sertordagi islohotlarni mazmunan izohlab bering?
6. Mustaqillik yilarida agrar sertordagi islohotlarga misollar keltirib tushuntirib bering?
7. Agrosanoat majmuasi deb nimaga aytiladi?
8. ASM qanday tarkibiy qismlardan iborat?
9. ASMning asosiy tarkibiy qismi nima?
10. 1917 yilgacha O’zbekiston hududida xalq xo’jaligi tarmoqlari qanday rivojlangan edi?
11. Sobiq Ittifoq davrida xalq xo’jaligi tarmoqlarining rivojlanishi to’g’risida gapirib bering.
12. Mustaqillik yillarida Milliy iqtisodiyotning rivojlanish bosqichlari haqida gapirib bering.
11-mavzu: O’zbekiston dehqonchilik tarmoqlari geografiyasi
Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar:
1. O’zbekistonda dehqonchilik tarmoqlarining rivojlanishi. Texnika ekinlari. Paxtachilik.
2. Donli ekinlar.
3. Sabzavot, poliz ekinlari. Mevachilik va uzumchilik.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Agroiqlim resurslari, lalmikor dehqonchilik, ekstensiv va intensiv dehqonchilik, vegetatsiya davri, texnika ekinlari, lub tolali ekinlar, moyli va dukkakli ekinlar, “Don mustaqilligi”, sitrus mevalar.
1-asosiy savol bayoni: Dehqonchilik O’zbekiston qishloq xo’jaligining etakchi tarmog’i bo’lib unda qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining 53,9 foizi yaratiladi. Mamlakatimiz tabiiy sharoitining o’ziga xosligi shundaki, uning turli hudud va mintaqalarida sug’orma va lalmikor dehqonchilik bilan shug’ullanish imkoniyatining mavjudligidir. Adir zonalarida lalmikor dehqonchilik (bug’doy, arpa, no’xat, kunjut, zig’ir, ozuqabop ekinlar, bog’dorchilik) qilinadi. Sug’orma dehqonchilikda lalmikor dehqonchilikka nisbatan 3-5 marta ko’proq hosil olinadi va erdan samarali foydalanishni ta’minlaydi. Respublikamizda dehqonchilik yalpi mahsulotining 98,5 foizini sug’orma dehqonchilikdan olinadi. Sug’oriladigan erlarga asosan texnika ekinlari (paxta, kanop, tamaki qand lavlagi), don ekinlari (bug’doy, sholi, makkajo’xori, dukkakli don ekinlari), sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, uzum va meva etishtiriladi. O’zbekistonda sug’oriladigan erlar maydoni XX asr davomida muntazam oshib kelgan. Agar 1914 yilda sug’oriladigan erlar Respublikamizda 1,8 mln. gektarni tashkil etgan bo’lsa, Mirzacho’l, Qarshi, Jizzax, O’rtacho’l, Surxon-Sherobod cho’llarining o’zlashtirilishi va Markaziy Farg’onada yangi erlar ochilishi bilan ayni paytda 4,2 mln. gektardan oshdi (14-jadval).
|
1940
|
1960
|
1980
|
1990
|
1993
|
2002
|
2012
|
Ekin maydonlari, ming gektar
|
Jami ekin maydonlari
|
3036,5
|
3148,8
|
3994,6
|
4194,2
|
4229,7
|
3540,8
|
3383,9
|
Jumladan, g’alla ekinlari
|
1479,7
|
894,8
|
1173,8
|
1008,1
|
1280,3
|
1393,7
|
1605,0
|
Texnika ekinlari
|
1026,2
|
1487,9
|
1912,1
|
1876,3
|
1731,8
|
1462,2
|
1369,1
|
Paxta
|
947,7
|
1449,9
|
1877,7
|
1830,1
|
1695,1
|
1421,0
|
1307,7
|
Kartoshka
|
23,6
|
28,6
|
23,3
|
41,8
|
44,5
|
48,9
|
75,5
|
Sabzavot
|
25,3
|
38,7
|
104,3
|
140,2
|
151,9
|
127,5
|
182,5
|
Poliz ekinlari
|
39,4
|
43,0
|
52,1
|
79,8
|
48,1
|
37,3
|
52,8
|
Em-xashak (ozuqa) ekinlari
|
446,9
|
606,7
|
722,4
|
1039,7
|
967,8
|
330,4
|
298,8
|
14-jadval. Qishloq xo’jaligi ekinlari maydoni (barcha toifadagi xo’jaliklarda)
Paxtachilik-Respublika qishloq xo’jaligining asosiy tarmog’idir. Uning mamlakat iqtisodiyotida ahamiyati juda katta bo’lib asosiy valyuta tushumlari shu sohaga to’g’ri keladi. O’zbekistonning saxiy tabiati, issiq iqlimi, er, suv va boy mehnat resurslari, xalqining asrlar davomida to’plagan tajribasi paxtachilikning serdaromad tarmoqqa aylanishini taminlagan. Shuning uchun ham uning paxta etishtirishdagi yuksak ko’rsatkichlari jahondagi katta mavqeini belgilab bergan. O’zbekiston paxta etishtirishda jahondagi kuchli to’qqizlik orasida beshinchi o’rinni mustahkam egallab kelmoqda. Paxta tolasini eksport qilishda esa O’zbekiston jahondagi (AQSh dan keyin 2-o’rinda) eng yirik mamlakatlardan biridir.
Paxtachilikning pirovard asosiy mahsuloti – paxta tolasi va paxta moyidir. 1 tonna paxta xom ashyosidan o’rtacha 320-350 kg tola (3500 m² gazlama), 10 kg momiq, 620 kg chigit olinadi. O’z navbatida 620 kg chigitdan 110 kg moy, 225 kg kunjara, 175 kg shulxa 35 kg lint, 30 kg tuk (delint) chiqadi. Umuman paxtadan sanoat usulida 1200 dan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin.
Paxtachilik agrosanoat majmui respublika xalq xo’jaligining 70 foizdan ko’proq tarmoqlari bilan texnika va texnologik jihatdan bog’liq. Ayniqsa qishloq xo’jaligi mashinasozligi, kimyo, engil sanoat tarmoqlari paxtachilik bilan chambarchas bog’langan bo’lib, ular Respublikadagi eng yirik paxtachilik agrosanoat majmuini tashkil etgan. O’zbekistonning barcha mintaqalarida vegetatsiya davrining uzoqliligi o’rta tolali g’o’zani, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ingichka tolali g’o’zani etishtirish imkonini beradi.
Sobiq Ittifoq davrida O’zbekiston paxta xom ashyosiga bo’lgan talab keskin kuchaydi. 1932 yildan boshlab sobiq Ittifoq paxta import qiluvchi mamlakatdan eksport qiluvchi mamlakatta aylandi. Bunda O’zbekistonni ulushi benihoya katta edi. Chunki Respublikamiz sobiq Ittifoq paxtasining 60-65 foizini etqazib bergan. Sobiq Ittifoqning paxta mustaqilligini ta’minlash maqsadida paxta maydonlari muntazam ko’paytirilishi O’zbekiston dehqonchiligida paxta yakka hokimligini (monokulturasini) vujudga keltirdi (14-jadval).
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng O’zbekiston hukumati paxta yakka hoqimligini bartaraf etishga katta ahamiyat bera boshladi. Birinchi navbatda ekin maydonlarining tarkibi o’zgartirildi. 1991 yildan boshlab paxta maydonlari qisqartirilib ular o’rniga g’alla, sabzavot, poliz va boshqa ekinlar ekila boshladi. Shuningdek, paxtachilik sohasidagi asosiy vazifa-respublikada “paxta-beda-g’alla”, “paxta-g’alla” almashlab eqishni joriy etish va o’rtacha hosildorlikni 30-35 tsentnerga etkazish va paxtadan tola chikishini esa 33 foizgacha oshirish dolzarb vazifa qilib qo’yilgan.
Tabiiyki, mamlakatda paxta maydonini qisqartirish sug’oriladigan zonada bug’doy etishtirishning geografiyasini keskin ko’paytirish bilan bog’liq kechdi. O’z navbatida, paxtachilikni intensiv rivojlantirish masalasi uning yuqori hosildorligini saqlab qolish bilan bog’liq ravishda ta’minlanmoqda.
Respublikada paxtachilikni kimyolashtirishga ham katta e’tibor berilmoqda. Uni mineral o’g’itlar bilan oziqlantirishning ilmiy asoslangan me’yorlari chet el tajribalari asosida takomillashtirilmoqda. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda, birgina mineral o’g’itning o’zi g’o’za hosildorligini 40 foizgacha oshiradi. Shuning uchun ham g’o’za maydonlarida turli xil mineral va organiq o’g’itni ishlatish, gerbitsid, pestitsid, defoliantlarning ilmiy asoslangan me’yorlarini qo’llash rivojlanishning hozirgi bosqichida ayniqsa dolzarbdir.
Chunki hozirgi vaqtda, bir tomondan, paxta maydonlari yarim million gektarga qisqargan, ikkinchi tomondan esa, uning hosildorligini oshirib borish evaziga yalpi hosil etishtirishni barqaror saqlab turish vazifasi o’rtaga tashlangan.
15-jadval. O’zbekistonda paxta etishtirishning o’sishi
Yillar
|
Paxta maydoni, ming ga
|
O’rtacha hosildorlik, pG’ga
|
Yalpi paxta hosili, ming tonna
|
1924
|
264,8
|
7,8
|
205,8
|
1930
|
883,8
|
8,4
|
744,3
|
1940
|
923,5
|
15,0
|
1385,9
|
1950
|
1098,1
|
20,3
|
2225,6
|
1960
|
1386,6
|
20,4
|
2823,5
|
1970
|
1709,2
|
26,3
|
4495,2
|
1980
|
1877,7
|
29,7
|
5578,6
|
1990
|
1830,1
|
27,6
|
5058,0
|
1995
|
1492,8
|
26,4
|
3934,1
|
1996
|
1487,3
|
22,5
|
3350,1
|
1998
|
1531,6
|
21,3
|
3206,2
|
2002
|
1421,0
|
22,0
|
3122,4
|
2012
|
1307,7
|
25,6
|
3360,0
|
Shu bilan birga respublika paxtachiligini rivojlantirishda yangi-yangi agrotexnika usullari keng qo’llanilmoqda. Jumladan, 1997 yilda birinchi marta 350 ming ga, 2002 yilda 850 ming ga maydonga chigit Andijon usulida ya’ni, plyonka ostiga ekildi. Bu usulning afzalligi shundaki, chigit erta ekiladi va binobarin, erta hosil etishtiriladi, hosildorlik ham oshadi. Ertagi paxtadan bo’shagan erlar esa, takror dehqonchilik qilishga keng imkoniyat yaratadi.
Shuningdek, chet ellarda paxtachilik sohasida to’plangan texnologiyalarni vatanimizda joriy etishda ham birmuncha ishlar qilinmoqda. Chunonchi, g’o’zani yangi usulda sug’orish (tomchilatib sug’orish usuli-Isroil texnologiyasi asosida), oziqlantirish, ishlov berish, AQSh va Isroil kabi davlatlarning paxta hosilini erta muddatlarda yig’ib olish borasidagi tajribalari mamlakatimizning turli mintaqalaridagi xo’jaliklarda sinovlardan o’tqazilmoqda, yaxshi natijalar keng ko’lamda ommalashtirilmoqda (15-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |