O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Sa’atshunoslik fokulteti
Musiqa ta’limi yo’nalishi 305-gurux talabasi
Nabijonov Nodirbekning
Kurs Ishi
SAMARQAND - 2021
|
|
"San’atimiz siymolari"
Tong. Hammayoq osuda jimlik. Faqat radiodan chang sadosi taraladi. Bu kuyda sevimli O‘zbekistonimizning go‘zal vodiylari, qir-adirlari-yu so‘lim bog‘lari, bepoyon paxta dalalari, go‘zal qizlari-yu sho‘x yigitlari namoyon bo‘ladi. Bu chang sasi - O‘zbekiston radiosining pozivnoyidir. Uning muallifi va ijrochisi mashhur soeanda Faxriddin Sodiqovdir.
Faxriddin Sodikov 1914 yili Toshkontniig Qoryog‘di mahallasida (xozirgi Paxtakor stadioni atrofi) hunarmand oilosida tug‘ildi. Otadan yosh yetim qolgan Faxriddinning tarbiyasi bilan akasi Shamsiddin Sodiqov shug‘ullandi. Yetti yoshlarida o‘rta maktabga boradi. Dastaaval o‘z uyida akasining dutor chalib, uncha muncha xirgoyi qilib yurishini ko‘rib Faxriddin dutor chalishni o‘rganish istagida maktabdagi musiqa to‘garagiga yoziladi. O‘tkir musiqaviy zehni bilan boshqalardan ajralib turgan bu yigitga to‘garak rahbari Nu’mon qori Mo‘minzoda o‘g‘li e’tibor bilan qaraydi. Zehni o‘tkir Faxriddinni to‘garak rahbari chang cholg‘usida ham sinamoqchi bo‘ldi. Bu niyat yaxshi natijalar bera boshladi. Faxriddin aka bizlar bilan qilgan ko‘p suhbatlarida ilk ustozlari Numoi qori Mo‘minzoda o‘g‘lini eslab shunday derdilar:
|
- Birinchi ustozim Nu’mon qori Mo‘minzoda o‘g‘li o‘rta yoshlardagi, odamshavanda, gap-gashtaklarni qiziq suhbatlar bilan olib boruvchi bilag‘on kishi edi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, katta ustozlar bilan tez til topishar va yaqin aloqada bo‘lardi. Ustozimniig xonadonlarida tez-tez yig‘inlar bo‘lar edi. Ayrim yig‘inlarga Qo‘qon, Namangan, Farg‘ona, Andijon va boshqa shaharlardan mashhur sozandalar, hofizlar kelishib, she’riyat - adabiyotga doir suhbatlar bilan birga soz chalib ashulalar aytishardi. Sozanda va xonandalar o‘rtasida o‘ziga xos ijrochilik musobaqasi bo‘lar edi. Bunday yig‘inlarga andijonlik dutorchi Muhiddin hoji Najmiddinov, naychi Abduqodir Ismoilov, qo‘shnaychi Axmadjon Umrzoqov, doirachi va changchi Usta Olim Komilov, namanganlik sozanda Usta Ro‘zimatxon Isaboyev kabi katta ustozlar qatnashar edilar. Nu'mon qori ustozniig yana bir fazilati — u kishi yaxshigina naychi, g‘ijjakchi bo‘lish bilan birga musiqa asarlarini obrazli qilib tushuntirar, ijro uslublari haqida batafsil sharh bera olar edi. Meni dutorchi Muhiddii hoji akaning dutor chalishdagi chap qo‘l texnikasini va Toshkentlik Solixon xo‘janing o‘ng ko‘l texnikasini, dutorda Usta Ro‘zimatxonning kuy frazalarini mantiqli ulay olishini, changda Matyusuf Xarratovning qo‘l yurishini o‘rganishga undar edi».
1927-1931- yillarda Faxriddin Sodiqov Toshkent milliy musiqa texnikumida tahsil oldi. Bu dargohda Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llarining bilimdonlari Shoraxim Shoumarovdan ashula yo‘llarini, Abdusoat Vaxobovdan maqomlarning cholg‘u yo‘llarini o‘rgandi. Farg‘ona-Toshkent vodiysining mohir ijrochilarini eshitish va ular ijro etgan asarlarni to‘g‘ri tushunish Faxriddin Sodiqovga kelgusida katta boylik bo‘lib xizmat qildi. 1931 yilda musiqali teatrga chingchi bo‘lib ishga kirdi. Bu orada Faxriddin Sodiqov changchi sozanda bo‘lib elga tanilgak edi. Teatrda ishlash yosh sozandaga dorilfunun vazifasini o‘tadi, chunki ko‘p yil Abduqodir Ismoilov nayiga chang sozlab. Ahmadjon otaning dardli ko‘shnayiga jo‘rbo‘lishniig o‘zi katta gap edi. Keyiiroq Yunus Rajabiy va Lutfixonim Sarimsoqova tashkil etgan dutorchi xotin-qizlar ansambliga sozanda bo‘lib ishga o‘tdi. Ana shu yillarda Faxriddin Sodivovning bastakorlik faoliyati boshlandi. Dutorchi xotin-qizlar ansambliga xalq yalla, laparlari va boshqa folklor janrlaridan tashqari zamonga hamroh kuy va qo‘shiqlar kerak edi. Bu imkoniyat yosh bastakorga ansambl uchun kuy, qo‘shiq, laparlar ijod etish imkonini berdi.
|
|
Ulug‘ Vatan urushining dastlabki kunlarida filarmoniya qoshida Gavhar Rahimovaning badiiy rahbarligida va Faxriddin Sodiqovning musiqa rahbarligida front konsert brigadasi tuzildi. Front konsert brigadalariga jangchilarga yuksak ruh bag‘ishlovchi, front orqasida mehnat qilayotganlarning orzu-istaklarini ifodalovchi, g‘alabaga undovchi kuy, qo‘shiqlar, rakslar kerak edi. Konsert brigadasi repertuariga o‘zbek xalq kuy, qo‘shiq, raqslari bilan birga qardosh xalqlarning musiqa namunalari ham kiritildiki, bu tabiiy holdir. Bunday yangi ijro dasturni to‘la ijro etish uchun changni xromatik sozga xoslash zarur edi. Changni rekonstruksiya qilish ishi oldindan boshlangan bo‘lib, bu ishga sozanda ustozlar Usta Olim Komilov, Usta Ro‘zimatxon Isaboyev, Matyusuf Xarratovlar o‘z hissalarini qo‘shishgan. Faxriddin Sodiqov ustozlar tajribasiga tayanib, Toshkentlik mashhur dutorsoz usta Usmon Zufarov bilan birgalikda changni mukammalashtirdi. Undagi diatonik tovush qatorini xromatik torlar bilan boyitdi. Chunonchi tovush qatorlarini xromatik sozga moslash nafaqat kardosh xalqlar musiqa namunalarini ijro etishda, balki milliy an’anaviy musiqadagi murakkab avj qismlarini ijro etishda ham ko‘p qulayliklar yaratdi. Bu turdagi changlar hozirgi kunda ham maqomlarni ijro etishda o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Urush yillarida F. Sodiqov faqatgina ijrochilik bilan chegaralanmay, vatanparvarlik ruhini, g‘alabaga komil ishonchni kuylovchi “Timofeyevchilar marshi”, “G‘alaba marshi”, “Mergan Zebixon” (Boborahim Mirzayev she’ri) kabi qator marsh va qo‘shiqlar yaratdi.
|
Urushdan keyingi davr F. Sodiqov ijodida unumli yillar bo‘ldi. Mashhur “Qora bayir” (Akmal Po‘lat) “Gullar vodnysi” (Turob To‘la), “Aylansin opang” (T.To‘la), “To‘yona” (M. Qoriyev) kabi qo‘shiqlarni ijod etdi. Qo‘shiqlardan tashqari Faxriddin aka xalq cholg‘u asboblari ansambllari uchun “Vatan marshi”, “Uzbek valsi” kabi zamonaviy kuylar ijod qildilar.
Bastakor 50—60-yillarda “Parishon qil” (Hamza), “Shirmonoy” (T.To‘la), “To‘y muborak” (M.Qoriyev), “Dutorim” (3.Obidov), “Ko‘rsatmag‘ay” (Bobur), “Bir go‘zal bormish” (Mirtemir), “Yor kelib” (S. Zunnunova), “Hayo” (Uyg‘un) kabi ko‘plab mashhur ko‘shiqlar yaratdi. F.Sodiqovning qo‘shiqlari ommabop, xalqchil bo‘lishiniig sababi — uning so‘z matnlarni sinchiklab tanlashida, so‘zning mohiyatiga qarab mazmunli ohang yaratishida va bu asarlarniig ijrochilari bilan astoydil ishlashidadir. Bastakorning qo‘shiq ijrochilari bilan tinimsiz mehnati, do‘stona ijodiy hamkorligi aytiladigai qo‘shiqni ijrochi tomonidan puxta egallab olinishiga va oqibatda yaxshi ijro etilishiga olib keladi. Faxriddin aka o‘zlarining chiroyli yoqimli ovozlari bilan qo‘shiq ijrochisiga asardagi musiqa bezaklarining nozik tomonlarini bo‘rttirib ko‘rsatib, ashulachi tushunishiga oson qilib berardilar. Ustozning yangi qo‘shiq ustida ishlash jarayoni o‘ziga xos bir maktab edi. Har bir parda, xar bir fraza, ayrim so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etish qo‘shiqchi uchun asosiy vazifa ekanligini xech erinmay, qunt bilan tushuntirar edilar. F.Sodiqovning qo‘shiq ijod etishdagi yana bir yutug‘i shunda ediki, ijrochining ovoz diapazoinga, ijro mahoratiga mos asar yozardi.
Ustoz zamon talabiga xozirjavob bastakor ekanligini ham qayd qilib o‘tish lozim. Faxriddin Sodiqov goh paxtakorlar, goh ziyolilar va boshqa sohalarda mehnat kishilarining yutuqlarini tarannum qiluvchi qo‘shiqlarni o‘z vaqtida ijod qilganligi buning yaqqol dalilidir.
|
|
|
1972 yilda Toshkent Davlat Konservatoriyasida Sharq musiqa xafedrasi ochildi. Uning oldida turgan vazifalardan biri o‘zbek xalq cholg‘u asboblari fakultetida ta’lim olayotgan talabalarga og‘zaki ananadagi professional musiqaning, maqomlarning nazariy va amaliy ijrosini o‘rgatish edi. Bu murakkab va xayrli ishga maqomchilikda katta bilimga ega bo‘lgan ustozlar qatori Faxriddin Sodiqov ham taklif qilindi. Faxriddin aka talabalar maqom ansamblining rahbari va chang, dutor sinfi o‘qituvchisi vazifasida ish boshladi. Ustozlik faoliyat, radioning maqom ansamblida musiqa rahbari bo‘lib ishlash jarayonida orttirgan boy tajriba va bilimlari konservatoriyadagi murabbiylik ishlariga katta yordam berdi. Bir voqeani hali-hali eslayman: o‘zbex xalq cholg‘u asboblari fakultutida o‘qitiladigai dutorda (qayta ishlangan alt dutorida) o‘zimchalik ayrim muvaffaqiyatlarga erishgandek edim. Lekin azaliy xalq dutorida ustozim bilan bo‘lgan birinchi darsda bu sozning murakkab, mazmunli, dardli yo‘llarini ko‘rib hangu-mang bo‘lib qoldim. Chunki men va men kabi yosh ijrochilar dutorga faqat sho‘x, xilma-xil o‘ng qo‘l zarblariga boy xalq kuylari mos degan fikrda edik. Darsda ustoz mendan biron kuyii ijro etishimni so‘radilar. O‘zimning oldingi fikrim bilan qancha tempi tez bo‘lsa, shuncha yaxshi deganday qilib “Rohat”ni ijro etdim. “Juda yaxshi” degan xitob bilan Faxriddin aka dutorni qo‘lga olib, (hayron bo‘lib qarab turibman, chunki u kishi mashhur changchiku, degan fikrdaman) “Rohat”ning boshqacha yo‘li ham bor, bir eshiting-a” deb ijroni boshladilar. Juda yoqimlik, mayin, nafosatga to‘la kuy chalinyapti. Hozir eslasam, ustozning dutor imkoniyatlaridan keng foydalana olishlari xalq musiqasidagi boy musiqa bezaklari: “nola nolish”, “qochirim”, “kashish”, “nolish”, turli o‘ng qo‘l zarblari, “tanovar”, zarbi “pirrang”, “qo‘sh zarb”larni ustalik bilan o‘z o‘rnida ishlata olishlarida ekan. Faxriddin aka “Rohat”ni ijro etib bo‘lgach, “Hali sekin-sekin bularni O‘rganamiz” dedilar.
Ma’lumki, “Shashmaqom” mushkulot qismlarining garchi nota yozuvlari bo‘lsa ham, O‘zbekiston radiosining maqomchilar ansambli ijrosiga mansub “Tasnifi rost”, “Garduni segoh”, “Muhammasi ushshoq”, “Muxammasi bayot”lardan tashqari, jonli ijrosi uchramas edi. Ustoz mana shu mushkulot qismlarini talabalarga har taraflama puxta o‘rgatishga harakat qilar edilar. Yaxshi niyat bilan boshlangan ish o‘z samaralarini bera boshladi. Olmaota shahrida 1973 yili bo‘lib o‘tgan III “Osiyo minbari” xalqaro musiqashunoslik forumida Osiyo mamlakatlaridan yuborilgan 220 dan ortiq asardan 19 tasiga yuqori baho berildi. Bular orasida F. Sodiqov rahbarlik qilgan maqomchi talabalar ansambli ijro etgan “Tarjei Buzruk” ham bor. “Tarjei buzruk” butun dunyo mamlakatlarining radio eshittirish koorperatsiyalariga yuksak saviyadagi ijro sifatida yuborildi. Kezi kelganda, qo‘shiqchilix san’atida o‘ziga xos o‘rin egallagan O‘zbekiston SSR xalq artistlari Kommuna Ismoilova, Orif Alimaxsumov, O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan artist Xadya Yusupova, Buxoro musiqa bilim yurtining o‘qituvchisi, birinchi respublika maqomchilar tanlovining g‘olibi gijjakchi O‘lmasxon Rasulov, Xorazm filarmoniyasining solisti, qo‘shnaychi Yo‘ldoshvoy Tojiyev, O‘zbskiston radiosining solisti, Respublikado xizmat ko‘rsatgan artist Abduhoshim Ismoilov, changchi sozandalar Turg‘un Otaboyev, Abdurahmon Xoltojiyev kabi ajoyib shogirdlar ijodida ustozniig ruhi, san’ati hamon yashayotganini ham alohida takidlash joizdir.1977.1027
|
Faxriddin Sodiqov (1914–1977) Ustoz san’atkor, mohir sozanda va bastakor Faxriddin Sodiqov 1914-yilning 13-may kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Yoshligidan dutor va chang cholg‘u ijrochiligi sirlarini o‘rgangan. Ustozlari Nug‘mon qori Mo‘minzoda va Abdusoat Vahobovlar bo‘lishgan. Toshkent musiqa texnikumida tahsil olib, uni 1933- yili tugatgan. O‘zining ijrochilik faoliyatini 1930-yillardan boshlagan. Ijrochilik faoliyatini avvaliga to‘garak rahbari, so‘ng yakkanavoz, ansambl sozandasi sifatida olib boradi. 1931–1935-yillar davomida 96 O‘zbek davlat musiqali teatrida, 1935–1938-yillarda O‘zbekiston davlat filarmoniyasida sozanda bo‘lib ishlaydi. 1939-yili Lutfixonim Sarimsoqova va Yunus Rajabiylar rahnamoligida dutorchilar ansamblida faoliyat yuritadi. 1942–1945-yillarda Gavhar Rahimova rahbarligidagi konsert brigadasida musiqa rahbari lavozimida ishlaydi. 1946–1952-yillarda Toshkent davlat konservatoriyasida chang sinfi bo‘yicha saboq oladi. Faxriddin Sodiqov musiqa merosi sir-u sinoatlarini yaxshi idroklash zaminida, musiqa ijodiyotiga ham qadam qo‘yadi. Ijodiy jamoalarda faoliyat olib borish jarayonida uning ilk bastakorlik amallari yuzaga keladi. Faxriddin Sodiqov juda zehni o‘tkir, zukko sozanda bo‘lgan. Xonandalarning ichki tabiati, ovoz imkoniyatlari va ijrochilik tajribalari negizida xonandaga mos asarlar yaratishga muvaffaq bo‘ladi. F. Sodiqov 1947–1953, 1957–1961-yillarda O‘zbekiston Radiokomiteti xalq cholg‘u ansamblida changchi, 1953–1957-yillarda O‘zbek estrada ansambli, 1961-yildan O‘zbekiston radiosi qoshidagi maqom ansamblida musiqa rahbari sifatida ishlaydi. Ijrochilik va bastakorlik ijodini Faxriddin Sodiqov 1972-yildan boshlab pedagogik faoliyat bilan birga olib boradi. U Toshkent davlat konservatoriyasi qoshida tashkil etilgan «Sharq musiqasi» kafedrasida ish boshlaydi. Ushbu dargohda u chang, dutor cholg‘ulari hamda maqom ansambli bo‘yicha talabalarga maqom ijrochilik san’atidan saboq beradi. Faxriddin Sodiqov bastakor sifatida zamonasining ilg‘or bastakorlari va kompozitorlari bilan yaqindan ijodiy hamkorlik qiladi. U kompozitorlar B. Giyenko bilan «Ota o‘g‘li» (H. Sharipov pyesasi), S. Hayitboyev bilan «Sulton larzada» (V. Sa’dulla pyesasi) kabi musiqali dramalar, bastakor G‘. Toshmatov bilan hamkorlikda «Yangi Toshkent» syuitasi kabi yirik musiqa asarlarini yaratdi. Faxriddin Sodiqov, avvalo, zabardast bastakordir. Uning ijodida qo‘shiq janri alohida o‘rin tutadi. Qo‘shiqlarining aksariyati xalqona 97 uslubda, qo‘shiq, ashula va yalla shakllarida yozilgan. Bular: «Yurgil lola sayliga», «Jonim tasadduq», «Zuhraga», «Parvonasiman», «Vafodor», «Loaqal», «Ulug‘ ayyom», «Ishq», «Jonon ko‘rinur», «Savti miskin», «Sog‘inish», «Qora ko‘z», «O‘zbekistonim mening», «O‘zbek valsi», «O‘zbekiston», «Favvora», «Turnalar», «Zulayho bo‘lsang», «Subhidam», «Yangi yil taronasi», «Kechar yillar», «Ona», «Bir go‘zal», «Shirmonoy», «O‘yna gulim», «Baxt», «Hayosini ko‘ring», «Zebixon», «Zulfing», «Suvchi qizga», «Shodiyona», «Ishqim tushdi yor-yor», «Guliston qil», «Oydin kechada», «Tushmasin», «Farzand quvonchi», «Saodatim», «Gul ishqi», «To‘yona», «Paxtakor ayol», «Barno yigit» va boshqalar. Qayd etish joizki, musiqa merosimizdan o‘rin olgan musiqiy namunalar avlodlar e’tirofiga sazovor bo‘lishi lozim. Shundagina yaratilgan asar avlodlar tomonidan qayta-qayta davom ettiriladi. Faxriddin Sodiqovning ijodiy namunalari ham ana shunday originallik xususiyatiga egaligi bilan mumtoz musiqa merosimiz xazinasidan o‘rin olishga muyassar bo‘ldi. Buning ijobatini biz hozirgi zamon yosh avlod xonandalarining bastakor merosiga befarq emasligida va uning asarlari o‘z an’anasini saqlagan holda, zamonaviy talqinlar bilan rivojlanib borayotganlida ko‘ramiz. Faxriddin Sodiqov o‘zining sozandalik faoliyati va bastakorlik ijodi bilan o‘zbek musiqa san’atiga ulkan hissa qo‘shdi. Ijrochilik amaliyotida esa har tomonlama mukammal, milliy an’analar bilan sug‘orilgan o‘ziga xos betakror ijro uslubini yaratdi. Uning yaratgan asarlarining o‘ziga xosligi, ushbu uslubga mosligidadir. O‘zbek bastakorlik ijodiyotida shu davrda yaratilgan musiqiy namunalar orasida Faxriddin Sodiqovning asarlari alohida ajralib turadi. Ijrochilik amaliyotida zamonga moslashib kelayotgan asarlar qatoridan o‘rin olib kelmoqda. Musiqa ijrochilik amaliyotida keng ommalashgan «Ko‘rsatmagan», «Bir go‘zal bordir», «So‘lim bahor», «Ey, sohibi dil», «Ey, chehrasi tobonim», «Zulayho bo‘lsang» kabi bastakorning asarlari 98 yuqorida zikr etgan fikrimizning dalilidir. Har bir asar o‘ziga xos shakl, mazmun va jozibaga ega bo‘lishi bilan birga bastakorning tub uslubini namoyon etib turadi. Bu omil har bir asarning asosiy mavzusining o‘zida va talqinida ko‘rinib turadi. Jumladan, «Bir go‘zal bordir» qo‘shig‘i. 19-misol: M.M. 68–74 Bastakor ijodidan o‘rin olgan asarlar orasida «Ey, chehrasi tobonim» qo‘shig‘i ham alohida o‘rin tutadi. Qayd etish joizki, qo‘shiqning uslubiy jihatlariga asoslangan yana bir qator namunalar mavjud. Bu asar yuqori pardalardan boshlab fikr bayon etish va asosiy tonga bosqichma-bosqich qaytish ohanglariga asoslangandir. Bu jarayon qo‘shiqqa o‘zgacha dramatizm baxsh etadi. 20-misol: 99 Bastakorning ijodiy faoliyati, asarlarining tahlili musiqashunos R. Yunusov qalamiga mansub, bastakor Faxriddin Sodiqov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan monografiyada keng yoritilgan. O‘quvchilar bastakor haqidagi batafsil ma’lumotlarni shu manbadan olishlari maqsadga muvofiqdir1 .
|
Do'stlaringiz bilan baham: |