Bill Geytsni "milliarder" qilgan hayot yo‘li
1995 yil. Forbes jurnali tomonidan sayyoramizning eng badavlat kishilari ro‘yxati e’lon qilindi. Minglab milliarderlar orasidan peshqadamlik mutlaqo yangi soha bo‘lgan kompyuter va axborot texnologiyalari vakili Bill Geytsga nasib qildi. 12.9 milliard AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ janob Geytsga ota-bobosidan qolgan meros emas, o‘z mehnati va tinimsiz izlanishlarining natijasi edi. O‘sha kezlari bu voqea katta shov-shuvga sabab bo‘lgan, odamlar innovatsion texnologiyaning kuch-qudrati va imkoniyatini ayni shu hodisa sabab anglagan edilar.
2016 yil. Forbes jurnali tomonidan sayyoramizning eng boy kishilari o‘rin olgan navbatdagi ro‘yxat e’lon qilindi. Unda Bill Geyts so‘nggi 3 yilda ketma-ket va 1995 yildan buyon 17 – marta jahonning peshqadam davlatmandi deya e’tirof etildi. Quyida Bill Geyts hatining muhim jihatlari, oddiy insondan global shaxsga aylanguniga qadar bo‘lgan voqealar, hayot qoidalari haqida hikoya qilamiz.
Bill Geyts 1955 yilning 28 oktyabr kuni AQShning Vashington shtatida joylashgan Sietl shahrida, advokat hamda maktab muallimasi xonadonida, o‘rta hol oilada dunyoga kelgan. Bolaligidanoq mustaqil fikri va qarashlariga ega Bill bilimga chanqoq o‘smirga aylandi. Bo‘lajak kompyuter mutaxassisi 13 yoshidan boshlab dasturlash sirlariga qiziqdi. Hatto dasturlash sirlarini yaxshilab o‘zlashtirishi uchun uni ba’zi bir maktab fanlaridan ozod ham qilishadi.
O‘sha yillarda u "Jahon ensiklopediya kitobi"ning barcha tomlarini o‘qib, o‘rganib olgan edi. 11-12 yoshli Bill Geyts maktabda a’lo baholarda o‘qisa ham, fe’l-atvorida hayotdan zerikish, yolg‘izlikni xushlash kabi o‘zgarishlar yuzaga kelayotgan edi. Aslida Bill bu yoshda qandaydir uni mashhur qiladigan yangilik yaratish orzusida yashar edi. Bill Geyts aniq fanlarda ham, til va adabiyot fanlarida ham tengsiz iqtidorga ega o‘quvchi edi.
Microsoft kompaniyasining asoschisi maktabda bo‘lajak hamkori – Pol Allenni uchratadi. Maktab yillarida Bill Geyts va do‘stining kompyuter va dasturlashga ixtisoslashgan biznes tashkil qilish, har bir oilani kompyuter bilan ta’minlash rejalari ko‘pchilikning kulgusiga sabab bo‘lgan.
Undagi maktab kompyuterini “titkilab”, ba’zi tizimlarga o‘zgartirish kiritish odati tufayli Bill Geytsga bu kompyuterlardan foydalanish ta’qiqlab qo‘yiladi. Maktab ma’muriyati o‘z o‘quvchisidan maktab o‘quvchilarining darsga ishtirokini tartibga soluvchi dastur yaratib berishini iltimos qiladi.
1970 yil. 15 yoshli do‘sti Bill Pol Allen bilan birga Sietldagi tirbandliklarni nazorat qilishga mo‘ljallangan "Traf-o-Data," dasturini yaratadi. Bu dastur yosh dasturchilarga 20 ming AQSh dollari ishlash imkonini berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |