A.O. Kovalevskiy
(1840-1901)
ordaboshlilar sinfi lantsetniklar (Branchio-stoma) va simmetriyasizlar (Asymmetron) avlodlarini o`z ichiga oladi. Keyingi avlod vakillarining tanasi assimmetrik tuzilishga ega.
Ularning kattaligi 5 sm ga yaqin bo`lib, jinsiy bezlari tanasining o`ng tomonida joylashganligi va suzgich qanotlarining tuzilishi bilan haqiqiy lantsetniklardan farq qiladi.
Boshskeletsizlardan Qora dengizda tarqalgan Yevropa lantsetnigi - Branchiostoma lanceolatum yaxshi o`rganilgan. Quyida Yevropa lantsetnigining tuzilishi va hayot kechirishiga tavsif beriladi.
Tashqi tuzilishi va hayot kechirishi. Lantsetnik uzunligi 5-8 sm gacha keladigan yarim tiniq hayvon bo`lib, dengizning sayoz qismida qumga ko`milib hayot kechiradi. Qumdan hayvonning faqat oldingi qismi chiqib turadi. U suv yuzasidan suv tubiga cho`kayotgan mayda organik qoldiqlar bilan oziqlanadi.
Lantsetnikning bosh qismi rivojlanmagan, cho`ziq tanasi ikki yon tomonidan siqilgan, oldingi va keyingi tomonlari ingichkalashgan bo`ladi.
Lantsetnik tanasining oldingi uchida pastga qaragan va sezuvchi (o`simta) qamragichlar bilan o`ralgan katta og’iz oldi voronkasi bo`ladi (6-rasm).
6-rasm. Lantsetnikning bo`yiga kesmasi: 1–paypaslagichlar bilan o`ralgan og’izoldi teshigi;
2–dum suzgich qanoti; 3–orqa suzgich qanoti; 4–metaplevral burma; 5–atrial teshigi (atriopor);
6–xorda; 7–miomer; 8–miosepta; 9–nerv nayi; 10–yelkan; 11–jabra yoriqlari; 12–ichak;
13–ichakning jigar o`simtasi; 14–jabraoldi bo`shlig’i; 15–halqum (endostil); 16–jinsiy bezlar.
Lantsetnikning orqa qismida bo`yiga tomon cho`zilgan pastgina yelka suzgich qanoti mavjud. Dumi keng suzgich qanoti bilan o`ralgan bo`lib, shaklan nayza yoki tibbiyot asbobi – lantsetga o`xshaydi, bu hayvonning nomi ham shundan olingan. Qorin tomonining orqa qismida dumosti suzgich qanoti o`rnashgan. Og’iz oldi voronkasining oxirida, gavda pastki bo`lagining ikki yon tomonida bir-biriga parallel o`rnashgan ikkita metaplevral burma bo`lib, bu burmalar gavdaning orqa uchiga ancha yaqinroq qismida bir-birlariga qo`shilib ketadi. Shu burmalarning qo`shilgan yerida jabra oldi bo`shlig’i yoki atrial bo`shliqni tashqi muhit bilan bog’lovchi atriapor bor. Atriapordan uzoqroqda va gavdaning bir oz chaproq tomonida – orqa chiqaruv teshigi joylashgan. Orqa, dum va qorin suzgichlari teri burmalaridan hosil bo`lgan. Lantsetnikning tanasi oqish tusda.
Teri qoplami. Hamma yuqori xordalilar singari, lantsetnikning teri qoplami ham ikkita: sirtqi epidermis va ichki korium qavatidan iborat. Lekin umurtqalilarnikiga qarshi o`laroq, lantsetnikning epidermisi xuddi umurtqasizlarnikidek bir qavat bo`lsa, koriumi, asosan yopishqoq to`qimadan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |