Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи



Download 30,53 Mb.
bet23/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

Qon aylanish sistemasi. Umurtqali hayvonlarning qon aylanish sistemasi tutash bo`ladigan chin qon aylanish sistemasidan va tutash bo`lmagan limfa sistemasidan tashkil topgan. Chin qon aylanish sistemasida qon – oq va qizil qon hujayralari qalqib yuradigan rangsiz suyuqlik – qon plazmasi, limfa sistemasida esa faqat oq qon hujayralari qalqib yuradigan rangsiz limfa bo`ladi. Qizil qon hujayralari yumaloq bo`lib, ichida maxsus pigment - gemoglobin bor, qonning qizil bo`lishi ana shu gemoglobinga bog’liq.
Chin qon aylanish sistemasiga markaziy qon aylanish organi – yurak bilan periferik sistema – qon tomirlari kiradi.
Yurak, bu qorin qon tomirining (qorin aortasining) devorlari qalin tortib, kengaygan bir qismi bo`lib, devorida ko`ndalang yo`l-yo`l muskullar borligi bilan ajralib turadi va bir nechta bo`limlarga (kameralarga) bo`linadi. Eng muhim kameralari yurak bo`lmasi va yurak qorinchasidir.
Qon tomirlari ham ichidagi qonning qaysi tomonga oqishiga qarab, arteriyalar va venalarga bo`linadi. Bunda arteriyalarda yurakdan chiqqan qon oqsa, venalarda esa yurakka keladigan qon oqadi.
Asosan suvda yashovchi umurtqalilar (to`garak og’izlilar va baliqlar)ning yuragi ikki kamerali, ya`ni bitta yurak bo`lmasi va bitta yurak qorinchasi bor, ularning yuragida venoz qon bo`ladi. Qon aylanish doirasi ham bitta, bunda arterial qon venoz qonga aralashmaydi, bu qon aylanish doirasi 2 funktsiyani bajaradi: organizmning barcha hujayralarini ovqat va kislorod bilan ta`minlaydi; venoz qonni qaytadan tiklaydi. Bu jarayon quyidagicha boradi, ya`ni arteriyalar orqali yurakdan venoz qon chiqib, jabralarga boradi, jabralarda oksidlanib arterial qonga aylanadi va arteriyalardan butun gavdaga tarqaladi, u yerda venoz qon bo`lib, venalar orqali yurakka keladi.
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilar sinflarining yuragi 3 kamerali, ya`ni ikkita yurak bo`lmasi va bitta yurak qorinchasidan iborat.
Quruqlikda yashovchi yuksak darajada tuzilgan umurtqali hayvonlarda (qushlar va sutemizuvchilarda) yuragi to`rt kamerali, ya`ni ikkita yurak bo`lmasi va ikkita yurak qorinchasi bo`ladi. Qon aylanishi ham aralash emas. Ularda 2 ta qon aylanish doirasi, ya`ni katta va kichik qon aylanish doirasi bor (15-rasm).




Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish