18-rasm. Ichki quloqning izchil rivojlanish bosqichlari: I-eshitish plakodasi;
II-chuqurcha; III va IV-pufak kesimi; V va VI-yarim aylana kanallarning shakllanishi:
1-chig’anoq murtagi; 2-yarim aylana kanal; 3-endolimfatik yo`l; 4-aylana xaltacha;
5-oval xaltacha.
Yon tomonida ichi kovak o`simta – chig’anoq hosil bo`ladi. Pardasimon labirintning ichi – endolimfa suyuqligi bilan to`lgan bo`ladi va bu suyuqlik qalqib yuradi. Gavda holatining har qanday o`zgarishi, shuningdek, tovush suyuqlikda bir talay kaltsiy karbonat kristallari to`lqinlari shu kristallarni harakatga keltiradi, kristallar labirintning ichki devoridagi sezuvchi hujayralarni ta`sirlantiradi, bu ta`sirot eshituv nervi uchlariga o`tadi. Suvda yashovchi tuban umurtqalilarda faqat ichki quloq bo`ladi.
Suvda hamda quruqlikda yashovchilardan boshlab, ichki quloqqa yana bir bo`lim, ya`ni o`rta quloq va nog’ora parda qo`shiladi. Bu bo`lim sudralib yuruvchilar va qushlarda ham saqlanadi. Sutemizuvchilarda quloqning uchinchi bo`limi, ya`ni eshituv yo`li va tashqi quloq suprasi ham hosil bo`ladi.
Ko`rish organi. Umurtqali hayvonlarda bir juft ko`z soqqasi bor. Ko`rish organining kapsulasi – sklera uning tashqi devorini tashkil etadi. Sklera pishiq biriktiruvchi to`qimadan tuzilgan bo`lib, ko`z skeleti hisoblanadi. Ko`zning tashqariga bo`rtib chiqib turgan oldingi qismida sklera tiniq shox pardaga aylanadi (19-20-rasmlar).
Ko`z soqqasining ichiga yumaloq tiniq jism – ko`z gavhari o`rnashgan. Skleraning ichki tomoni uchta parda, ya`ni tomirli parda, pigmentli parda va to`r parda bilan o`ralgan. Bevosita skleraga yopishgan tomirli pardada ko`zni qon bilan ta`minlaydigan qon tomirlari juda ko`p bo`ladi. Tomirli parda shox pardaning chegarasida skleradan ajralib, halqasimon burma – rangdor parda shaklida ko`z soqqasining ichiga botib kiradi, bu parda ko`z gavharining oldiga o`rnashib, yumaloq teshik – ko`z qorachig’ini cheklab turadi. Tomirli pardaga yorug’lik nurlarini aks ettiradigan pigmentli qora parda taqalib turadi. Pigmentli pardaga, o`z navbatida, ko`z soqqasining ichki yuzasini qoplab oladigan yorug’lik sezuvchi to`r parda taqalgan.
T
19-rasm. Odam ko`zining sagittal kesimi: 1-muguz parda; 2-kamalak parda; 3-oldingi kamera; 4-ko`zni g`arakatlantiruvchi muskulining bir g`ismi; 5-shishasimon tana; 6-ko`rish nervi; 7-sklera; 8-tomirli parda; 9-to`r parda; 10-kiprik muskullari;
11-kiprikli tana.
o`r pardaning tashqi qatlamida, ya`ni pigmentli pardaga taqalib turadigan tomonida bir talay sezuvchi hujayralar bor, bu hujayralarning ba`zilari uzun tayoqchalar, ba`zilari kalta, tubi keng kolbachalar shaklida bo`ladi. Bunda kolbachalar har xil ranglarni, tayoqchalar esa har xil ravshanlikdagi yorug’liklarni sezadi.
To`r pardadan sklerani teshib o`tadigan ko`ruv nervi chiqadi. Ko`z soqqasining ichki bo`shlig’i (keyingi kamera) yelimshak modda - shishasimon tanacha bilan to`lgan, ko`z gavhari bilan shox qatlam orasiga o`rnashgan kichikroq bo`shliqning (oldingi kamera) ichida esa suyuqlik bor.
Ko`z soqqasi miya moddasidan (to`r parda va pigment pardasi), mezodermadan (tomirli parda, sklera, shox parda) va ektodermadan (ko`z gavhari va qisman shox parda) rivojlanadi.
Tuban umurtqalilarda bir juft ko`ruv organlaridan tashqari, yana bir dona yorug’likni sezuvchi organi - tepa ko`zi ham rivojlangan bo`ladi. Bu organ, asosan sudralib yuruvchilarda rivojlangan. Yangi Zelandiyada uchraydigan gatteriyaning tepa ko`zida to`r qavati, ko`z gavhari va shox pardasi mavjud. Tepa ko`zining embrional rivojlanishi xuddi bir juft ko`zning rivojlanishiga o`xshashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |