Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


-rasm. Har xil embrional rivojlanish davrlaridagi lantsetnikning ko`ndalang kesimi



Download 30,53 Mb.
bet19/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

11-rasm. Har xil embrional rivojlanish davrlaridagi lantsetnikning ko`ndalang kesimi:
1-ektoderma; 2-entoderma; 3-mezoderma; 4-ichak bo`shlig’i; 5-nerv plastinkasi; 6-nerv nayi;
7-nevrotsel; 8-xorda; 9-ikkilamchi tana bo`shlig’i.
B iroq atrialning kuchli taraqqiy etganligi tufayli uning hajmi halqum atrofida juda qisqargan. U faqat halqumi yuqori bo`limining yon tomonlarida va tananing pastki qismi hamda halqum tagida saqlanib qolgan. Tananing keyingi qismida selom yaxshi taraqqiy etgan, ya`ni u tana devori bilan ichak orasidagi bo`shliqning hammasini egallagan. Lekin embrionning bundan keyingi rivojlanishi, ya`ni nerv nayi, muskullari, skeleti va boshqa bir qancha organlarining shakllanishi umurqalilarnikiga o`xshash bo`ladi. Chunonchi, epiteliyning ostida embrion orqa tomoni bo`ylab hosil bo`lgan egatchaning pushtachalari birlashib nerv nayi shakllanadi.
Birlamchi ichakning o`rta qismi orqa devori alohida ajralib chiqib, xordani hosil qiladi. Umuman olganda, lantsetniklarning mezodermasidan muskullari, qon tomirlari, ayirish sistemasi, ichki sekretsiya bezlari va boshqa organlari hosil bo`ladi. Ektodermasidan teri, sezgi organlari va ichakning oldingi qismi, entodermasidan esa xorda va ovqat hazm qilish organlari vujudga keladi.
Lantsetnikning lichinkalik davri 3 oygacha davom etadi. Lichinkalar avval suv betida gavdasini qoplab olgan kiprikchalari bilan suzib yuradi, keyinchalik esa suvning tagiga tushib rivojlanib jinsiy voyaga yetadi.

12-rasm. Lantsetnik lichinkasining ko`ndalang kesimi:
1-xordasi; 2-ikkilamchi tana bo`shlig’i; 3-gonotom; 4-ichagi;
5-miotom; 6-teri varag’i; 7-sklerotom; 8-nerv nayi.


II.3. BOSHSKELETSIZLAR KENJA TIPINING SISTEMATIKASI, BIOLOGIYASI VA KELIB CHIQISHI

Hozirgi vaqtda boshskeletsizlar kenja tipiga bitta Xordaboshlilar (Cephalochordata) sinfi kiradi. Bu sinfga o`z navbatida bitta Lantsetniksimonlar (Amphioxiformes) turkumi va 35 ga yaqin turni o`z ichiga oladigan bitta lantsetniklar (Branchiostomidae) oilasi kiradi. Ayrim zoologlar lantsetniklar oilasini 3 ta kichik oilaga: oddiy lantsetniklar (Branchiostoma), epigonixt lantsetniklar (Epigonichtys) va amfioksid lantsetniklar (Amphioxidae)ga bo`ladi.


Oddiy lantsetniklar kichik oilasi vakillari misolida boshskeletsizlar kenja tipiga ta`rif berilgan bo`lib, simmetrik tuzilganligi bilan xarakterlanadi. Ularning jinsiy organlari juft, metaplevral teri burmalari bir xil uzunlikda. Oddiy lantsetniklar tanasining uzunligi 8 sm gacha boradi, 20 ga yaqin turlari ma`lum.
Epigonixt lantsetniklar kichik oilasi vakillari mayda bo`lib, tanasining uzunligi 5 sm gacha boradi. Ularning tuzilishida asimmetriyaning ayrim belgilari namoyon bo`ladi. Jinsiy bezlari tanasining faqat o`ng tomonida, o`ng metaplevral teri burmalari chap burmalaridan uzunroq bo`ladi. 6 ta turi ma`lum.
Amfioksid lantsetniklar kichik oilasi vakillari lichinkalik tuzilishining ayrim belgilari bilan xarakterlanadi. Atrial bo`shlig’i yo`q, og’zi chap tomonga siljigan, deyarli paypaslagichlari bo`lmaydi. Tanasining uzunligi 16 mm gacha bo`ladi. Boshqa lantsetniklardan farq qilib, ular bentos emas, balki plankton hayot kechiradi. Ularni epigonixtlar lichinkasi deb faraz qilinadi.
Boshskeletsizlar kenja tipining vakillari mo``tadil va iliq suvli Atlantika, Hind va Tinch okeanlarining barcha dengizlarida tarqalgan. MDHda ular Qora va Yapon dengizlarida uchraydi. Lantsetniklar temparaturasi +17 +30°S haroratli va sho`rligi 20-30% bo`lgan suvlarda ko`proq uchraydi. Mo`tadil suvlarda lantsetniklar yilning issiq kunlarida ko`payadi. Masalan: Qora dengizda ular may oyining oxiridan avgustning boshigacha ko`payadi. Tuxumining diametri 0,1 mm gacha boradi. Lantsetnikning tarkibida 80% gacha oqsil va 2% yog’ bor. Shuning uchun ham uni Osiyoning janubi-sharqiy qirg’oqlarida yashovchi aholi qadimdan oziq-ovqat sifatida ov qilishadi. Buning uchun suv ostidagi qumning yuza qismini g’alvirda elab lantsetniklarni terib oladilar. Bitta qayiqda kuniga 5 kg gacha lantsetnik ovlash mumkin. Bir yilda esa 35 t gacha lantsetnik ovlanadi. Bu esa 280 million dona lantsetnik demakdir. Lantsetniklarni qaynatib, dudlab yoki qovurib iste`mol qilinadi. Bunday qaraganda lantsetniklarning amaliy ahamiyati katta emasga o`xshaydi. Lekin ular dengiz biotsenozida ozuqa zanjirida ahamiyati bor. Bundan tashqari, lantsetniklar ilmiy jihatdan umurtqali hayvonlarning kelib chiqishini yoritishda ham qimmatli material hisoblanadi.
Boshskeletsizlarning ajdodlari to`g’risida aniq ma`lumotlar bizgacha yetib kelmagan, chunki ular nozik gavdali va mayda hayvonlar bo`lib, qoldiqlari qazilma holda saqlanmagan. Shunga qaramasdan akademiklar A.O.Kovalevskiy va A.N.Severtsovlarning solishtirma anatomiya va embriologiya sohasida olib borgan tadqiqotlariga asoslanib lantsetniklarning qadimgi ajdodlari suvda erkin suzib yuruvchi ikki tomonlama simmetriyali hayvonlar bo`lgan, degan xulosaga kelinadi. Bu hayvonlarning muskullari gavdasining boshidan – dumining oxirigacha segmentlashgan, jabraoldi bo`shlig’i bo`lmagan, xordasi boshigacha yetib bormagan, jabra yoriqlari kam sonda, ya`ni 17-20 tagacha bo`lgan va ular to`g’ridan-to`g’ri tashqariga ochilib turgan, deb taxmin qilinadi. A.N.Severtsovning fikriga ko`ra bu boshlang’ich boshskeletsizlardan ikkita shoxcha chiqqan. Bitta shoxcha suvda erkin suzib yuruvchi hayvonlar singari taraqqiy etavergan va ulardan umurtqalilar kelib chiqqan. Ikkinchi shoxcha vakillari esa suv tubida hayot kechirishga o`tib, chap tomoni bilan yonbosh yotishga layoqatlangan. Ularning og’iz va anal teshiklari pastga, ya`ni chap tomonga, chap tomondagi jabra yoriqlari esa yuqoriga, ya`ni o`ng tomoniga o`tib qolgan. Keyinchalik suv tubidagi qumga ko`milib yashashga moslashish orqasida lantsetniklarning ajdodlari paydo bo`lgan. Ularda jabra yoriqlarini ifloslanishdan saqlaydigan jabra oldi bo`shliq-atrial taraqqiy etgan va gavdasi assimetriya holatidan ikkilamchi marta ikki tomonlama simmetriyali bo`lib qolgan. Demak, ko`pchilik zoolog olimlarning fikriga ko`ra, boshskeletsizlarning vakillari lantsetniklarga o`xshash bo`lgan qadimgi tuban xordalilardan kelib chiqqan.



Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish