Qon aylanish sistemasi. Lantsetnikning qon aylanish sistemasi boshqa xordali hayvonlarniki singari yopiq bo`lib, ikkita yirik orqa va qorin qon tomirlaridan hamda ulardan ketuvchi kichikroq tomirlardan iborat (9-rasm).
9-rasm. Lantsetnikning qon aylanish sistemasi sxemasi: 1–olib keluvchi jabra arteriyasi, 2–olib ketuvchi jabra arteriyasi, 3–uyqu arteriyasi, 4–orqa aortasi, 5–qorin aortasi, 6–kyuvyerov oqimi,
7–orqa aorta ildizi, 8–dum venasi, 9 - oldingi kardinal vena, 10 – keyingi kardinal vena, 11–ichak osti venasi, 12 – jigar qopqa venasi.
K
10-rasm. Lantsetnik nefridiyalari:
A-nefrostoma va solenotsitli butun kanalcha:
1-jabra yorig`ining ustki uchi; 2-jabra oldi bo`shlig`iga ochiladigan nefridiya kanalcha teshigi, 3-nefrostoma-lar. B - solenotsitlar o`rnashgan ayirish kanalchalari devorining bir qismi.
arbonat angidrid bilan to`yingan qon butun tanadan qorin qon tomiriga yig’iladi va undan tananing oldingi tomoniga oqadi. Qorin qon tomiridan jabralarga juda ko`p mayda qon tomirlari keladi. Jabralarda sodir bo`ladigan gaz almashinuvi tufayli qon kislorod bilan boyiydi. Bu qon jabralardan ikkita orqa qon tomiriga oqib chiqadi. Bu tomirlar halqumdan o`tgach umumiy bitta tomirga birlashadi. Qon orqa tomirlardan boshlanadigan mayda tomirlar orqali tanadagi barcha organlarga tarqaladi.
Boshskeletsizlarning qon aylanish sistemasi boshqa ko`pchilik xordalilarga nisbatan ancha sodda tuzilgan. Yuragi bo`lmaydi. Yirik tomirlar devorining qisqarishi tufayli qon harakatga keladi. Tarkibida nafas olish pigmenti - gemoglobin bo`lmasligi tufayli boshskeletsizlarning qoni rangsiz bo`ladi.
Ayirish sistemasi. Ayirish organlari metamer shaklidagi nefridiyalardan iborat bo`lib, 90 juftga yaqin qisqa naychalar halqum ustida joylashgan (10-rasm). Har bir naychaning bir tomonida bir necha teshikchalar bo`lib, u nefrostomalar bilan selomga ochiladi, ikkinchi tomoni bilan esa bir umumiy teshikcha orqali atrial bo`shliqqa ochiladi. Bu teshiklar – nefrostomalar to`g’nag’ichsimon maxsus hujayralar – solenotsitlar bilan qoplangan. Solenotsitlar ichida esa tebranuvchi kiprikchali naychalar bo`ladi. Shunday qilib, lantsetniklarning ayirish sistemasi metanefridiy tipida tuzilgan oddiy sistemadan iborat.
Ko`payishi. Boshskeletsizlar ayrim jinsli hayvonlar. Ko`payish organlari jabraoldi bo`shlig’ining yon tomonida joylashgan ko`p sonli (25 juft) jinsiy bezlardan iborat. Yetilgan jinsiy hujayralari jabraoldi bo`shlig’iga, undan esa suvga tushadi. Tuxumlari suvda urug’lanadi.
Rivojlanishi. Lantsetnikning embrional rivojlanishini A.O.Kovalevskiy batafsil o`rganib chiqqan. Embrional rivojlanishining dastlabki davrlari, xususan tuxumning maydalanishi, blastula va gastrulaning hosil bo`lishi ignaterililar va boshqa umurtqasiz hayvonlarnikiga o`xshash bo`ladi (11-12-rasmlar).
Og’iz teshigi ignaterililar, ichak bilan nafas oluvchilar va xordalilarniki singari ikkilamchi. Boshqa xordalilar singari lantsetnikda ham ikkilamchi tana bo`shlig’i – selom bo`ladi. Ikkilamchi tana bo`shlig’i – selom birlamchi ichakdan hosil bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |