Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи



Download 30,53 Mb.
bet13/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

3-rasm. Salpning tuzilish sxemasi: 1-ichak, 2-kloaka, 3-jabra, 4-gangliy, 5-ko`z, 6-og’iz,
7-endostil, 8-halqum, 9-stolon, 10-yurak, 11-qizilo`ngach, 12-hazm bezi, 13-oshqozon.

Salplarning har birida tuxumdon va urug’don bo`ladi. Lekin tuxum va urug’ hujayralari bir vaqtda yetilmaydi. Ona individdagi urug’langan tuxumdan yosh individ paydo bo`ladi, u o`sib stolon hosil qiladi va bunday rivojlanish jarayoni yana takrorlanadi.


Salplar sinfiga 25 ta tur kiradi va ular ikkita turkumga: haqiqiy salplar (Desmomyaries) va bochkalilar (Cyclomyaries)ga bo`linadi..
Haqiqiy salplar turkumi ayrim turlarining uzunligi 5-15 sm atrofida bo`ladi.
Bochkalilar turkumi uchun polimorf koloniya hosil qilish juda xarakterli bo`lib, koloniyasining uzunligi 30-40 sm gacha yetadi (4-rasm).

4-rasm. Stolonli bochenochnik (Daliolum deuticulatum), uning stolonida jinssiz va
jinsli individlar bor.
Salplar sinfi vakillari, asosan iliq dengiz suvlarida pelagik hayot kechiradi va 200-300 m chuqurlikda yashaydi. MDHdagi dengizlarga salplar faqat Tinch okeandan o`tadi.


Appendikulyariyalar (Appendiculariae) sinfi

Appendikulyariyalar gavdasining uzunligi 0,5-3 mm dan, ayrim turlari 1-2 sm gacha borishi mumkin. Ular yakka-yakka holda dengizlarda erkin suzib yurib hayot kechiruvchi primitiv qobiqlardan hisoblanadi.


A ppendikulyariyalarning xordasi bir umrga saqlanadi. Ularning tuzilishi astsidiyalar lichinkasining tuzilishiga o`xshaydi, undan, asosan ipsimon nerv tortmasi va dumi borligi bilan farq qiladi. Dumi astsidiya lichinkasi dumi singari, yonidan siqilgan bo`lsa ham, lekin vertikal tekislik bo`ylab o`rnashmay balki, gorizontal tekislik bo`ylab o`rnashgan bo`ladi
(5-rasm).
A
5-rasm Appendikulyariya - Falia ethiopica (uychadan ajratib olingan gavdasi):
1-og`zi; 2-xordasi;
3-muskullari; 4-urug` bezi.
ppendikulyariyalarning haqiqiy qobig’i bo`lmaydi. Qobig’i murakkab tarkibiga ega bo`lgan dildiroq tiniq moddadan iborat. Bu modda hayvon tanasini o`rab turadigan uychani hosil qiladi. Appendikulyariyalar uychasini tashlab chiqib oqib ketishi va 1-1,5 soat ichida yangi uycha hosil qilishi mumkin. Dumini harakatlanishi tufayli suv uychasining filtrlovchi apparatiga o`tib, undan og’iz teshigi va halqum devoridagi ikki juft jabra teshiklari orqali tashqariga chiqib ketadi. Jabra teshiklari devoridagi kapillyarlar orqali gaz almashinuv sodir bo`ladi.

Halqum devorida endostil bo`ladi. Endostil suvdagi mayda organizmlar va organik qoldiqlarni filtrlashga yordam beradi. Jabraoldi bo`shlig’i va kloakasi bo`lmaydi. Anal teshigi qorin tomonida joylashgan, nerv nayi ustida yorug’lik sezadigan ko`zchasi va muvozanat saqlash organi joylashgan.
Appendikulyariyalar ham germafrodit bo`lib, faqat jinsiy yo`l bilan ko`payadi. Lichinkasining og’iz teshigi bo`lmaydi. Lekin xordasi va nerv nayi rivojlangan. Appendikulyariyalar sinfining 60-100 ga yaqin turlari aniqlangan. Hamma okean va dengizlarda uchraydi. Asosan suvning yuza qismidagi planktonda hayot kechiradi. Appendikulyariyalar lichinkalik davrida ko`payish qobiliyatiga ega bo`lgan va evolyutsiya jarayonida yetuklik davrini yo`qotgan qobiqlilar bo`lishi mumkin.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish