Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


Himoyalanishga moslanish belgilari



Download 30,53 Mb.
bet129/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

Himoyalanishga moslanish belgilari. Amfibiyalarning himoyalanishga moslanishlari kam rivojlangan. Eng xarakterli moslanishlariga teri bezlari va himoya ranglari kiradi. Amfibiyalarning terisi yalang’och bo`lishiga qaramay, ektoparazitlar ham, har xil yirtqich umurtqalilar ham kamdan-kam hujum qiladi. Buning sababi ularning terisida zaharli bezlari bo`lib, bu zaharli bezlar, ayniqsa boshining ikki yonida to`p-to`p bo`lib joylashgan. Zaharli bezlar ayniqsa qurbaqalar, jerlyankalar, chesnochnitsalar va salamandralar terisida ko`p miqdorda bo`ladi. Ayniqsa, quruqlikda yashovchi amfibiyalarning terisidagi zahar bezlari sekreti kuchli ti`sir qiladi. Shuning uchun ularga qushlar va yirtqichlar tegmaydi. Amfibiyalarning teri bezidan chiqqan zaharni sutemizuvchilar va qushlarga yuborilganda ularning nafas olishi qiyinlashib, falaj bo`lib qoladi. Ayniqsa, tropik mintaqalarda yashaydigan amfibiya turlarining teri bezlari kuchli zahar suyuqligi ishlab chiqaradi. Masalan: Afrikada uchraydigan kaltabosh qurbaqaning teri bezi ishlab chiqargan zahari qo`lni kuydirib achishtiradi.
Braziliyada yashaydigan qurbaqa zahari itni osonlikcha o`ldiradi. Chesnochnitsaning terisidan chiqargan zahar suyuqligidan Chesnokning, ya`ni sarimsoq piyozning hidi keladi, shuning uchun ham uni chesnochnitsa deb nomlanadi. Janubiy Amerikada uchraydigan oladaraxt baqasining zahari ham juda kuchli. Kolumbiyalik ovchilar bu baqaning zaharini olib, kamon o`qlarining uchini zaharlab ko`p zamonlardan beri foydalanib keladilar. Bir tomchi zahar surilgan shunday yoy o`qi katta maymun va yaguarni o`ldirishi mumkin. MDHda uchraydigan amfibiyalardan eng zaharlisi jerlyankalar va salamandralar hisoblanadi. Ular bezlaridan chiqargan zaharli modda terining shilimshiq qavatiga tushsa qattiq achishtiradi. Ko`l baqalar teri bezlarining suyuqligi deyarli zaharli emas. Shuning uchun ham ko`l baqalari ko`pincha laqqa baliqlar, cho`rtan baliqlar, qarqaralar, suvsarlar, norkalar, qunduzlar va boshqa yirtqichlarning ozig’i hisoblanadi.
Shuni ham ta`kidlash lozimki, oxirgi yillarda ayrim olimlar, xususan V.I.Zaxarov qurbaqa terisi bezidan ishlab chiqarilgan sekreti tarkibida shifobaxsh hususiyatlari borligi aniqlangan. 11000 va 14000 miqdordagi zahar eritmasi 15-45 minutda probirkadagi parazit chuvalchanglarni o`ldirishini tajriba yo`li bilan o`rgangan. Bu mahsuldor hayvonlar ichagida parazitlik qiladigan parazit chuvalchanglar bo`lgan. Tadqiqotlarning ko`rsatishicha qurbaqalarning zaharli eritmasi har xil yara-chaqalarning tuzalishiga ham yordam beradi. Lekin suvda hamda quruqlikda yashovchilar zaharidan hozirgi vaqtda tibbiyotda kam foydalaniladi. Fan ma`lumotlarga qaraganda hozirgi vaqtda eng ta`sirchan zahar bu Kolumbiyada yashaydigan kichkinagina – kakoa baqasiniki hisoblanadi. Bu baqaning kattaligi 2-3 sm keladi. Bitta kakoa baqasidan olingan zahar suyuqligi 50 ta kamon nayzasi uchini zaharlashga yetadi. Hindular bu zaharlangan nayzalar orqali faqat yirik yovvoyi hayvonlarni tutishda qo`llagan. Bu qabila ovchilari kakoa-baqani hech qachon maxsus qo`lqopsiz ushlamaganlar. Germaniya farmokologiya insti-tutining ilmiy xodimi R.Glezmerning kuzatishicha kakoa-baqa zaharidan jabrlangan odamlarning nafas olishi qiyinlashgan, muskullarining falaj bo`lishidan ular halok bo`lgan.
Dumsiz amfibiyalar turkumiga kiruvchi yumoloqtillilar oilasi vakili jerlyankaning orqa qismi terisida qora kulrang sochma holdagi yoki yashil dumaloq dog’lar, qorin tomonida esa ko`k, qora, qora-malla rang dog’lar bo`ladi. U, asosan MDHning Yevropa qismida turib qolgan suvlarda uchraydi. Jerlyankalar vaqti-vaqti bilan suvdan quruqlikka chiqib, ba`zan dushmanidan qocha olmay qolganda himoyalanish uchun har xil shaklga kiradi, ya`ni boshini, tanasini va oldingi oyoqlarini yuqoriga ko`tarib oq rangdagi qorin va yonbosh qismlarini ko`rsatadi. Mana shunday holatda u bir necha minut turishi mumkin. Agar bu holat ham dushmanini qochirmasa, u terisidan sovun ko`pigiga o`xshash o`tkir hidli suyuqlik ajratadi. Shuning uchun bo`lsa kerak, uni yirtqich umurtqali hayvonlar iste`mol qilmaydi. Jerlyanka zaharini baqa terisi ostiga yuborilganda, baqa xushsizlanib, muskullari falajlanib, ko`z qorachig’i kengayib, yurak urushi to`xtagan.
Dumlilar turkumidan salamandralar ham teri osti bezlaridan zaharli suyuqlik ishlab chiqaradi. Ularning zaharidan suvdagi baliqlar nobud bo`ladi. Agar bu zahar it tiliga tegsa uni o`ldiradi, ya`ni 1 kg tana vazniga 0,0009 g salamandra zahari to`g’ri kelsa it o`ladi. Salamandraning zahari, asosan asabga ta`sir etib, uzunchoq miyani falaj qiladi. Amfibiyalarning zahari insonlarga kam ta`sir qiladi. Lekin ularning zaharini ko`zga tushishidan saqlanish zarur. Amfibiyalarning himoyalanishiga rangini o`zgartirishi ham dushmandan saqlanishda katta ahamyatga ega.
Ayrim amfibiyalar terisining rangi atrof muhitga mos bo`ladi. Yashil yoki qo`ng’ir rangli baqalarning rangi ular yashaydigan muhitga mos bo`lganidan yirtqich hayvonlarga sezilmaydi. Yashayotgan sharoitga qarab kvakshalar rangi och-yashil (barglar orasida) yoki qo`ng’ir (daraxtlar tanasida) bo`lishi mumkin. Masalan: Amerika kvakshalarini orqa qismida xuddi po`stloqqa o`xshash parcha gullari bo`ladi va u qora qarag’ay daraxtida yurganda ko`zga tashlanmaydi. MDHda uchraydigan zaharli amfibiyalardan – jerlyanka, oddiy salamandralar rangidan ajralib turadi. Tropik mamlakatlarda yashaydigan ola daraxt baqasining rangi qora rangda bo`lib, oq, sariq, qizil va ko`k rangli katta xollari bo`ladi. Bu baqa yer yuzida tarqalgan eng zaharli baqalardan hisoblanadi.
Olovli salamandraning ko`zga yaqqol tashlanadigan rangi ogohlantiruvchi ahamiyatga ega bo`lishi mumkin.
Amfibiyalarda regeneratsiya xususiyati faqat dumlilarda ko`zga tashlanadi. Masalan: xavf tug’ilganda salamandralar dumini, hatto oyoqlarini ham uzib qoldirishi mumkin. Keyinchalik bu organlar yana tiklanadi.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish