PARABIOZ HOLAT
REJA:
1) Parabiozning kashf etilishi.
2) Paradoksal davr.
3) Parabiotik holatning rivojlanishi
N.Ye.Vvedenskiy ba'zi fizikaviy va kimyoviy omillar (kuchli elektr toki, ezish, efir va boshqalar) ta'siridan so'ng nervdan qo'zg'alish o'tishini o'rganib, nerv o'tkazuvchanligi pasayganini qayd qildi. Bu tajribalar baqaning nerv-muskul preparatida o'tkazilgan. Buning diqqatga sazovorligi shundaki, nervning shikastlangan qismidan oldin kuchli va kuchsiz impulslar o'tayotib tenglashgan.
Kuchli va kuchsiz ta'sirotga muskulning bir xil qisqarishi shundan dalolat bergan. Bu davrni N.Ye Vvedenskiy tenglashtiruvchi davr deb atadi. Shikastlovchi omil davom etsa, jarayon chuqurlashib, 42 paradoksal (g'ayri-tabiiy) davr boshlanadi. Paradoksal davrda nervning shikastlangan qismidan kuchsiz impulslar o'tishi davom etgan, buni muskul qisqarishi ko'rsatib turgan. Kuchli impulslar esa qisqartira olmay qolgan. Demak, nervning shikastlangan joyidan kuchli qo'zg'alish o'tmagan. Oxirida kuchli ta'sirotga ham, kuchsiz ta'sirotga ham muskulda hech qanaqa javob bo'lmagan. Endi tormozlanish davri boshlanib, nervning shikastlangan qismi o'tkazuvchanlikni umuman yo'qotgan.
Bu jarayonni N.Ye.Vvedenskiy parabioz deb atadi. Uning fikricha, shikastlovchi omil ta'sir qilgan joyda turg'un qo'zg'alish o'chog'i hosil bo'lsdi. Bu holatni membrananing giperpolyarizatsiyalanishi deyish mumkin. Bu o'choqqa periferiyadan keladigan impulslar giperpolyarizatsiya darajasini oshiradi. Shuning uchun tenglashtiruvchi davrda kuchsiz impulslar parabiozga uchragan joyda giperpolyarizatsiyani biroz oshiradi, o'zi esa uncha qarshilik ko'rmay o'tadi. Kuchli impuls giperpolyarizatsiyani sezilarli darajada oshirganidan katta qarshilikka uchrayda, o'zi esa kuchsizlanib o'tadi.
IMPULSLAR
KUCHLI
KUCHSIZ
Kuchsiz va kuchli impulslar paydo qiladigan qisqarish tenglashadi. Paradoksal davrda kuchli impulslar parabiozga uchragan membrananing giperpolyarizatsiyasini juda oshirib yuboradi va nervning bu qismidan o'tmay qoladi. Kuchsiz impulslar o'tishda davom etadi. Tormozlovchi davrda giperpolyarizatsiya shikastlovchi omil ta'sirida shu darajaga yetadiki, hatto kuchsiz impuls ham, kuchli impuls ham o'tmay qoladi.
Parabiotik holatning rivojlanishida tolalar o'rtasidagi efaptik munosabatlar ma'lum ahamiyatga ega, degan fikr bor. Bu munosabbatlar sog'lom nervlarda uncha kuchli emas. Nervning shikastlangan qismida ayni bir vaqtda qo'zg'algan juda ko'p tolalar pardasidan tashqariga chiqqan elektr toklaru kuchayadi. Ular toladan o'tayotgan harakat potensiallarini kuchsizlantirib, o'tishiga halaqit beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |