Botulizm
Clostridium botulinum mikropreparatining
fotografiyasi, gensianviolet bilan
ranglangan.
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar
Ixtisos Yuqumli kasalliklar,
Gastroenterologiya
KXK-10 A
KXK-9 005.1 (http://www.icd9data.com/
getICD9Code.ashx?icd9=005.1)
Patient
UK
Botulizm (http://patient.info/doct
or/Botulism)
Botulizm
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Botulizm (lot. botulus — kolbasa) — odam va hayvonlar (ayrim
sut emizuvchilar)da uchraydigan o
ʻtkir yuqumli kasallik;
ovqatdan bo
ʻladigan toksikoinfeksiyalar guruhiga kiradi. B.
(Clostridium botulinum) bakteriyalari bilan ifloslangan ovqatlar
iste
ʼmol qilinganda yuzaga keladi. B. qoʻzgʻatuvchilari tabiatda
keng tarqalgan bo
ʻlib, chidamli (sporali) va chidamsiz (vegetativ)
xillari uchraydi. Sporalari tashqi muhitda yillab saqlanishi
mumkin; sporalar tuproqdan suv, meva, sabzavot, oziq-ovqat,
yemxashakka o
ʻtadi, keyin odam va hayvonlar ichagiga tushib,
so
ʻngra najas bilan yer yuziga tarqaladi. B. mikrobi faqat anaerob
(havosiz) sharoitda rivojlanadi. Shu sababdan konserva qilingan,
tuzlangan, dudlangan mahsulotlar va kolbasaga tushib kalgan
sporalar anaerob sharoitda o
ʻsib, vegetativ shakl (bakteriyalar)ga
aylanadi. Ular ana shu sharoitda kuchli zahar (ekzotoksin) hosil
qiladi. Bu mahsulotni iste
ʼmol qilgan odam kasal boʻladi. B.
toksini ichakda tez so
ʻriladi, qonga oʻtadi va butun organizmga
tarqalib, asosan nerv sistemasini zararlaydi. Kasallik to
ʻsatdan
boshlanadi. Bemorning boshn og
ʻriydi, tinkasi quriydi, koʻzi
tinadi, lohaslanadi, ko
ʻngli aynib qusadi, uyqusi qochadi, qorni
og
ʻriydi, ogʻzi quriydi, tashna boʻladi; koʻpincha qabziyat
kuzatiladi. Keyinchalik boshi aylanadi, ko
ʻz xiralashadi,
qovoqlar salqiydi, bemor ravon gapira olmaydi yutish, nafas olish
faoliyati buziladi; yurak va nafas markazlari falajlanishi tufayli
o
ʻlim sodir boʻlishi mumkin. Bemor faqat kasalxonada
davolanadi. Zamonaviy davo usullari: B.ga qarshi zardob, sun
ʼiy
nafas oldirish apparatlarini o
ʻz vaqtida qoʻllash yaxshi naf beradi.
Kasallikning oldini olish uchun konserva tayyorlash
qonunqoidalariga qat
ʼiy amal qilish, uy sharoitida konserva va
oziq-ovqat tayyorlashda sanitariya talablarini o
ʻrniga qoʻyish talab etiladi. Davosi: B.ga qarshi maxsus zardob
yuboriladi; zond orqali me
ʼdani yuviladi, huqna qilinadi, yurak dorilari beriladi, nafas olish izdan chiqqanda
sun
ʼiy nafas oldiriladi va boshqa Hayvonlarda B. ozuqa (buzilgan silos, kepak va boshqalar)dan
zaharlanishdir. Aksariyat ot, qoramol, parranda va norkalar kasallanadi. Kasallikning yashirin davri bir necha
soatdan 10— 12 kungacha. Kasal hayvonning markaziy nerv sistemasi zararlanadi, hiqildoq, til va pastki
jag
ʻlar falajlanadi, burnidan shilimshiq oqadi, suv yuta olmaydi. Kasallangan hayvonlarning 70—95% halok
bo
ʻladi. Kasal hayvon goʻshtini isteʼmol qilish man etiladi (goʻshti va terisi kuydiribtashlanadi).
Davosi: kasal hayvonning me
ʼdasi yuviladi, surgi dorilar (arekalin, pilokarpin, ezerin) beriladi, iliq huqna
qilinadi. B.ga qarshi maxsus zardob yuboriladi. Kasallikning oldini olish uchun mollarga sifatsiz yemxashak
bermaslik, kasallik chiqqan hollarda sog
ʻlom mollarni ham B.ga qarshi zardob bilan emlash lozim.
O
ʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Adabiyotlar
Shovahobov Sh., Yuqumli kasalliklar va epidemiologiya asoslari, T., 1997; Shopo
ʻlatov J.,
Veterinariya asoslari, T., 1993.
Shonosir Shovahobov, Po
ʻlat Moʻminov.
Ushbu maqolada O
ʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi (2000-2005) ma
ʼlumotlaridan
foydalanilgan.
Tibbiyotga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title
=Botulizm&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Botulizm&oldid=1823153" dan olindi
Bu sahifa oxirgi marta 26-Noyabr 2015, 16:52 da tahrir qilingan.
Matn Creative Commons Attribution-ShareAlike litsenziyasi bo
ʻyicha ommalashtirilmoqda, alohida holatlarda qoʻshimcha
shartlar amal qilishi mumkin (batafsil).
Manbalar