Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


-rasm. Ixtiostega (Ichthyotsegalia) skeleti va rekonstruktsiya qilingan tashqi tuzilishi



Download 30,53 Mb.
bet137/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

108-rasm. Ixtiostega (Ichthyotsegalia) skeleti va rekonstruktsiya qilingan tashqi tuzilishi.

Bular yirik daryo va ko`llarning qirg’oqlarida yashagan. Labirintodontlar perm davridan boshlab qirila boshlagan va trias davriga kelib batamom qirilib bitgan. Primitiv raxitomalardan sakrovchi dumsiz amfibiyalar (Salientia) katta turkumi paydo bo`lgan. Pastki trias qatlamlaridan primitiv dumsizlarning qoldiqlari topilgan. Ularning uzunligi 10 sm atrofida bo`lgan va bular proanuralar (Proanura) turkumiga birlashtirilgan. Ulardan esa yura davrining oxirlarida hozirgi dumsiz amfibiyalar kelib chiqqan. Hozirgi dumsiz amfibiyalarning dastlaki ajdodlari Proanura va Eoanura turkumlari vakillari karbon davri oxirlari va perm davrida amfibiyalarning oraliq formalaridan biri bo`lgan yoyumurtqalilardan (Apsidospondyli) kelib chiqqan.


Karbon davrida amfibiyalarning ikkinchi tarmog’i – yupqaumurtqalilar (Lepospandyli) paydo bo`lgan. Ixtiostegidlardan ajralib chiqqan yupqaumurtqalilar (Lepospondyli) kenja sinfi uchta turkumga bo`linadi:
1. Mikrozauriyalar (Microsauria) turkumi vakillari kichik hayvonlar (bo`yi 50 sm) bo`lib, hozirgi tritonlar va salamandralarga o`xshash bo`lgan. Perm davrida yashagan mikrozauriyalardan mezozoyning oxiri va kaynozoyning boshida hozirgi dumli va oyoqsiz amfibiyalar kelib chiqqan degan taxminlar mavjud.
2. Nektridiyalar (Nectridia) turkumining vakillari ancha katta (uzunligi 100 sm) bo`lgan.
3. Aistopodalar (Aistopoda) turkumiga esa unchalik katta bo`lmagan (uzunligi 20-50 sm) hayvonlar kirib, ularning gavdasi ilonsimon, oyoqlari bo`lmagan. Oxirgi ikkita turkum vakillari perm davrining oxiriga kelib qirilib ketgan.
Umurtqalilarning quruqlikka chiqishi qadimgi panjaqanotlilarning uzoq vaqt davomida kislorod tanqis bo`lgan suv hazalarida yashashga moslashuvi natijasidir. Lekin amfibiyalar evolyutsiyasida oyoqlarining paydo bo`lishi asosiy o`rin tutadi. Yog’ingarchilik kam bo`lib, suv havzalarining qurib qoladigan sharoitda faqat quruqlikka chiqib, suvi qurishga ulgurmagan havzalarga o`rmalab o`tadigan va atmosfera havosi bilan nafas oladigan hayvonlargina yashab qolgan.
Paleozoy erasida yashagan amfibiyalar, ularning taksonomik holatidan qat`i nazar, stegotsefallar yoki kosaboshlilar deb ataladi, chunki ularning bosh skeleti faqat teridan hosil bo`lgan qoplovchi suyaklar bilan qoplangan, burun teshiklari, ko`zlari va tepa organi uchungina teshiklar bo`lgan. Ba`zi bir stegotsefallarning butun terisi baliqlarnikidek tangachalar yoki suyak sovuti bilan qoplangan. Lekin stegotsefallarning suyak sovuti harakatlanishni qiyinlashtirgan, teri orqali nafas olishga imkon bermagan. Natijada stegotsefallar tanasining ko`p qismida sovut yo`qolib ketgan, faqat qorin tomonida saqlanib qolgan.
Sovut hayvonlarning sudralib boradigan qorin qismini shikastlanishdan saqlaydi. Stegotsefallar mezozoy boshlarigacha yashagan, hozirgi suvda hamda quruqlikda yashovchilar esa ancha keyinroq, ya`ni mezozoyning oxirlarida va kaynozoyning boshlarida paydo bo`lgan. Stegotsefallar bilan hozirgi amfibiyalar o`rtasidagi o`zaro bog’lanish to`la-to`kis aniqlangan emas.
Shunday qilib, perm davrida stegotsefallarning ko`pchilik guruhlari qirilib ketgan va ba`zi guruhlari triasning oxirigacha yashagan. Stegotsefallarning bunday tez qirilib ketishiga biotopik sabablar bo`lgan. Pastki perm va toshko`mir davrlarida issiq va nam iqlim bo`lgan. Faqatgina ustki perm va triasda iqlim biroz quruq va issiqlashgan. Toshko`mir davrining o`rtalarida birinchi sudralib yuruvchilar – seymuriyamorflar paydo bo`lgan. Bular murakkab turq-atvorga ega bo`lgan, shu sababli stegotsefallarni siqib chiqara boshlagan va ular yashagan muhitni (biotopni) egallagan.
Hozirgi amfibiyalar boshdan kechirgan eng muhim o`zgarishlardan biri qorin va bosh kosalarining ko`pchilik suyaklarini yo`qotishidir. Amfibiyalar sinfining hozirgi vaqtda yashab kelayotgan turlari mezozoyning oxirlarida, ya`ni yura davri oxiri va bo`r davrining boshlarida paydo bo`lgan. Amfibiyalar filogeniyasining sxemasi 109-rasmda keltirilgan.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish