Suvda ham quruqda yashovchilar quruqlikka chiqish sabablari va moslanish xususiyatlari



Download 46,8 Kb.
bet1/4
Sana04.06.2022
Hajmi46,8 Kb.
#634627
  1   2   3   4
Bog'liq
Shokirova sabohatning zoologiya fanidan



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
BIOLOGIYA FAKULTETI
2-KURS TALABASI
SHOKIROVA SABOHATNING
ZOOLOGIYA FANIDAN
TAYYORLAGAN

KURS ISHI


TOSHKENT-2022

MAVZU:
SUVDA HAM QURUQDA YASHOVCHILAR QURUQLIKKA CHIQISH SABABLARI VA MOSLANISH XUSUSIYATLARI

BAJARDI: Shokirova.S.K


TEKSHIRDI:
Reja:
1. Suvda va quruqlikda yashovchilar sinfining umumiy tavsifi.
2. Suvda va quruqlikda yashovchilarning vakili sifatida baqaning tashqi tuzilishi.
3. Suvda va quruqlikda yashovchilarning kelib chiqishi va evolyusiyasi.
4. Suvda ham quruqda yashovchilarning quruqlikka chiqishi va moslanishi
5. Suvda va quruqlikda yashovchilarning sistematikasi.
6. Amfibiyalarning yashash sharoiti va ekologik guruhlari.
7. Suvda va quruqlikda yashovchilarning axamiyati.
8. Xulosa
9. Foydalanilgan adabiyotlar

Suvda va Quruqda yashovchilar yoki amfibiyalar xali suv muxiti bilan anchagina aloqasini saqlab qolgan birinshi quruqlikka chiqqan umurtqali hayvonlardir. Aksariyat ko`pchilik turlarining tuxumlari qattiq po’st bilan qoplangan va faqat suvda rivojlanadi. Lichinkalari (itbalig’i) faqat suvda yashaydi. Xayot davomida ular o`z boshidan metamorfoz davrini o`tkazadi, ya’ni itbaliqdan Quruqlikda yashaydigan xolga aylanadi. Buning natijasida jabra yo`qolib, uning o`rniga o’pka xosil bo`ladi, oyoqlar rivojlanadi.


Bosh skeletining ensa qismida ikkita ensa bo’rtmasi bor. Tanglay kvadrat elementi miya qutisiga qo`shilib ketadi. Til, osti yoyining ustki elementi eshituv suyakchasi o`zangi suyakchasiga aylangan bo`ladi va bu suyakcha o’rta quloq bo`shlig`ida joylashadi. Yuragi uch kamerali bo`lib ikkita yurak bo’lmasidan va bitta yurak qorinchasidan tuzilgan. Qo’shimsha nafas olish organi bo`lib teri xizmat qiladi, katta va kichik qonaylanish doiralari xosil bo`ladi. Gavda temperaturasi tashqi muxit temperaturasiga bog’liq. Bosh miyasining oldingi miya yarim sharlari bir-biridan ajralgan, miya qopqog`ida miya moddasi bor. Ajratish organi bo`lib tana buyragi- mezanefros xizmat qiladi. Amfibiyalarning aksariyat ko`pchiligida tashqi urug’lanish prosessi yo`z beradi.
Suvda va quruqda yashovchilarning tuzilishini baqa misolida ko`rib chiqamiz.
Teri qoplagichlari. Baqaninig terisi yalang’och bo`lib, unda shox suyak tangachalari bo`lmaydi. Epidermisida ko`p xujayrali shilimshiq modda ishlab chiqaruvchi bezlar ko`p bo`ladi. Shilimshiq modda terini ko`rib qolishdan saqlaydi. Terisi muxim nafas organi hamdir. Baqaning terisi boshidan oyog’igacha gavdasi yopishmagan bo`ladi, shu joylarda limfa bilan to’ldirilgan bo’shliqlar bo`ladi.
Skeleti umurtqa pog’onasidan, bosh skeletidan erkin oyoqlar skeleti va ularning kamar skeletidan tashkil topgan.
Umurtqa pog’onasi, bo’yin, tana, dumg’oza va dum umurtqalariga bo`linadi. Bo’yin bo’limi faqat bitta umurtqadan iborat bo`lib, unda ko`ndalang o`simtalari va qo’shiluv o`simtalari bo`lmaydi, oldingi tomonda ikkita qo’shiluv chuqurchasi bo`ladi va shu chuqurchalar yordamida bosh skeletiga birikadi. Tana umurtqalari yettita bo`ladi. Bularning har biridan bir juftdan ustki yoylar, ko`ndalang va qo’shiluv o`simtalari chiqadi. Tana umurtqalarining oldingi tomoni ichiga botib kirgan, orqа tomoni esa burtib chiqqan, ya’ni prosel tipda bo`ladi. Kobirg’alari yo`q. Dumg’oza bo’limida faqat bitta umurtqa bor. Dum umurtqalari bir-biriga qo`shilib dum suyakchasi –urostilini xosil qiladi.
Bosh skeleti. Miya qutisining ko`p qismi tog`ay xolicha qolib ketadi, ensa qismida faqat ikkita yon ensa suyaklari bo`ladi. Eshitish bo’limida bir juft quloq suyaklari taraqqiy etadi. Ko`z kosasining oldingi qismida toq ponasimon- xidlov suyagi bo`ladi. Miya qutisining qoplovchi suyaklariga bir-biriga qo`shilib ketgan teppa-peshona suyagi, burun suyagi, bosh skeletining keyingi tomonidan o`rab turuvchi tangacha suyaklari va miya qutisining tagini xosil qilgan parasfenoid va juft dimog’ suyaklari kiradi. Visseral skeletining tanglay va qanotsimon suyaklari ham bosh skeleti tagini xosil qilishda ishtirok etadi.
Ustki jag` funksiyasini suyakli baliqlardagidek jag` oraliq va ustki jag` suyaklari bajaradi. Pastki jag` mekkel tog`aydan iborat bo`lib, uni ustidan tish va burchak suyaklari yopib turadi. Til osti yoyining ustki elementi xioblangan giomadibulyare o`zangi suyakchasiga aylanadi va o’rta quloq bo`shlig`ida joylashadi. Jag` yoyining pastki elementi-giod jabra yoylari bilan birga qo`shilib, til osti plastinkasi va uning shoxlarini xosil qiladi. Erkin oyoqlilar skeleti Quruqlikda yashovshi Umurtqali hayvonlarning oyoq skeletiga o’xshash tuzilgan.
Oyok skeleti 3 bo`limdan iborat:
1.Oldingi oyog’ida yelka, keyingi oyog’ida son, bu bo’lim har doim bittadan yelka va son suyaklaridan iborat.
2.Oldingi oyog’ida yelka oldi, keyingi oyog’ida boldir, yelka oldi bo’limi tirsak va bilak suyaklaridan, boldir bo’limi katta va kichik boldir suyaklardan tashkil topgan. Baqalarda bu suyaklar bir- biridan ajralmagan.
3.Oldingi oyoqda kaft, keyingi oyoqda tovon bo’limlari bor. Kaft bo’limi bilago`zuk, kaft va barmoq falangalaridan, tovon esa tovon-oldi tovon va barmoq falangalaridan tuzilgan. Baqalarda bilago`zuk va tovonoldi suyaklarining ko`p qismi o`zaro qo`shilib ketadi.
Yelka kamari yoy shaklida, uchi qorinli tomonga qaratilgan. Yoyning har qaysi tomoni kurak usti tog`ayi, kurak suyagi korakoid va uning oldida joylashgan prokarokoid suyaklaridan tashkil topgan. Yoyning o’rtasida tush suyagi, tush oldi suyagi bo`lib, bularning uchlari tog`ay xolicha qoladi. Tush oldi va kurak o’rtasida ingichka umrov suyagi bor.
Chanoq kamari juft yonbosh, kuymish suyaklaridan va tog`ay xolicha qolgan kov elementlaridan iborat. Bu uchala elementi kuymil kosasi atrofida o`zaro qo’shiladi.
Muskul sistemasi Quruqlikka chiqishi munosabati bilan baliqlarning muskul sistemasidan kuchli farq qiladi. Oyoqlarni xarakatga keltiruvchi kuchli muskullar xosil bo`ladi. Gavdani xarakatga keltiruvchi kuchli muskullarning segmentasiyasi yo`qoladi.
Nerv sistemasi. Bosh miyasi ancha progressiv belgilari bilan xarakatlanadi. Oldingi miya yarim sharlari ancha katta va bir-biridan to’liq ajralgan. Miya yarim sharlarining tagi, yon tomonlari va qopqog`i miya moddasidan tuzilgan. O’rta miya nisbatan kichik, miyacha juda mayda. Bosh miyadan 10 juft bosh nervlar chiqadi.
Orqа miya yaxshi rivojlangan yelka va shanov chigallarini xosil qiladi. Bular oyoqlarini idora qilib turadi.
Sezuv organlari progressiv taraqqiy etgan. Amfibiyalarda ichki quloq murakkablashadi va o’rta quloq bo’shlig’i xosil bo`ladi. O’rta quloq tashqi tomondan nog’ora parda bilan o’ralgan.
Ko`zning shox pardasi bo’rtib chiqqan, ko`z gavxari linzasimon shaklga ega. Qovoqlar ko`zni ximoya qiladi. Xid bilish organi tashqi va ichki burun teshiklaridan iborat. Suvda yashovchi itbaliqlarda yon chizig’i organi bo`ladi.
Ovqat xazm qilish organlari. Og`iz teshigi serbar og`iz- xalqum bo’shlig’iga ochiladi. Og`iz-xalqum bo’shlig’iga xonalari, xiqildoq yorig’i, evstaxiev nayining bir uchi va sulak bezlarining chiqarish yo’llari ochiladi. Og`iz –xalqumbo’shlig’ining tagida til joylashadi. Tilning uchi og`iz to’riga qarab qayrilgan. Til shilimshiq modda ajratadi, u xasharotlarni ushlash uchun xizmat qiladi.
Jag` oraliq, ustki jag` va dimog’ suyaklarida uchi biroz orqа tomonga qaratilgan tish joylashadi. Og`iz-xalqum bo’shlig’i torayib qizilo`ngachga ochiladi, u oshqozonga o`tadi. Ichak baliqlarining ichagiga nisbatan ancha uzun. Katta jigarining o`t pufagi va oshqozon osti bezining chiqarish yo’llari ichakning oldingi qismiga ochiladi. Ichakning keyingi qismi to’g’ri ichak kloakaga ochiladi.
Nafas olish organlari. Voyaga yetgan baqa o’pka va teri orqаli nafas oladi. O’pkalarning bir juft ingichka devori chuqurchali xaltachadan iborat. Teri orqаli nafas olish juda kuchli. Baqalarning terisi orqаli 51% kislorod olinadi va 86 % karbonat angidrid gazi chiqariladi. Nafas yo’llari ichki burun teshiklari- xonalari, xiqildoq- traxeya kamerasi va o’pkadir.
Baqalarning ko`krak qafasi yo`qligi sababli nafas olish aktiv o`ziga xos yo’l bilan o`tadi. Baqa avvalo og`iz bo’shlig’iga xavo oladi, buning uchun og`iz tubini pastga tushirib, burun teshiklarini ochadi. Keyin u burun teshiklarini klapanlar bilan yopadi va og`iz tubini yuqoriga ko`taradi, keyin xavo xiqildoq teshigidan o’pkaga o`tadi.
Qon aylanish sistemasi. Baqaning yuragi hamma amfibiyalardagi singari uch kamerali bo`ladi, ikkita yurak qorinchasi bilan bitta umumiy teshik orqаli tutashadi. O`ng yurak bo’lmasi bilan venoz sinusi tutashadi, yurak qorinchasidan keyin arterial konus joylashadi.
Baqalarning arterial konusidan uch juft arterial yoylari chiqadi. Birinchi jufti baliqlarning jabraga olib keluvshi arteriyalarining birinchi juftiga gomolog bo`lib, uyqu arteriyasi deyiladi va arterial qonni bosh qismiga olib boradi.
Uyqu arteriyasi aoterial konusining qorinli tomonidan chiqadi. Ikkinchi juft chap va o`ng aorta yoylari deyiladi. Bular ham arterial konusning qorinli tomonidan chiqadi va baliqlarning jabra arteriyalari ikkinchi juftiga gomologdir. Aorta yoylaridan oldingi oyoqlarga arterial qon olib boruvchi umrov osti arteriyalari chiqadi. Chap va o`ng aorta yoylari yurakdan pastroqda o`zaro qo`shilib, toq orqа aortasini xosil qiladi. Orqа aorta hamma ichki organlarni va keyingi oyoqlarni arterial qon bilan ta’minlaydi. Arterial konusning orqа tomonidan baliqlarning jabra arteriyalari to’rtinchi juftiga gomolog bo`lgan o’pka-teri arteriyasi chiqadi. Bu o’pka va teri arteriyalariga ajralib shu organlarga tozalash uchun venoz qon olib boradi.
Venoz qon gavdaning keyingi qismidan orqа va oyoqlaridan buyrakning bir juft kopka venasi bilan bitta qorinli venasiga yig’iladi. Buyrakdan chiqqan qontoq keyingi kovak venani xosil qiladi. Keyingi kovak vena, qorinli venasi va bir juft jigar venasi bilan birlashib vena sinusiga ochiladi. Boshdan venoz qonjuft buyunturuk venaga oldingi oyoqlaridan juft umrov osti venalariga yig’iladi. Bular qo`shilib, juft oldingi kovak venani xosil qiladi va vena sinusiga quyiladi. Oldingi kovak venalarga teridan kelgan arterial qon quyiladi. Yurak bo’limlarining qisqarishidan qon umumiy teshik orqаli yurak qorinchasiga o`tadi.
Ayiruv organlari voyaga yetgan baqalarda tana buyrak-mezonefrosdan iborat. Buyraklardan bir juft siydik yo’li chiqadi. Siydik pufagi qisqarganda siydik yana kloakaga chiqariladi.
Erkaklarida juft urug’don bo’lsa-da, urug’ chiqarish yo’llari yo`q. Urug’ kanali buyrakning oldingi qismii orqаli o`tib Vol’f kanaliga quyiladi. Shunday qilib, Vol’f kanali ham siydik yo’li ham urug’ yo’li vazifasini bajaradi. Vol’f kanali kloakaga olishdan oldin kengayib urug’ pufagini xosil qiladi.
Tuxumdonlari ham juft bo`lib, tana bo`shlig`ida joylashadi. Pishgan tuxum hujayralari tuxum yo’lining og’ziga tushadi. Tuxum yo’llari kloakaga ochiladi.
Baqalarning urug’lanishi tashqi, ikralaridan lichinkalar-itbaliq chiqadi. Lichinkalari faqat suvda yashaydi, jabra bilan nafas oladi. Qonaylanish sistemasi baliqlarni qonaylanish sistemasiga o’xshash. Yon chiziq organi bor, dum suzgich qanoti yordamida suzadi.
Keyin lichinka metamorfozga uchrab, uning organlari keskin o`zgaradi. Beshbarmoqli oyoqlar xosil bo`ladi, dumlari yon chiziq organlari yo`qolib ketadi. Jabralari yo`qolib, o’pka rivojlanadi va xokazo.
Suvda va quruqlikda yashovchilarning kelib chiqishi katta axamiyatga ega. Chunki bu bilan butun Quruqlikda yashovshi Umurtqali hayvonlarning suv muxitidan Quruqlik muxitiga chiqishi ularning tuzilishida muxim o`zgarishlarni yo`zaga keltiradi. Avvalo jabra bilan nafas olish o’pka bilan nafas olishga o`tadi, suzgich qanotlar besh barmoqli oyoqlarga almashinadi. Keyin qon aylanish sistemasi, nerv sistemasi va sezuv organlari o`zgaradi.
Devon davrining oxirlarida chuchuk suvlarda yashovshi shotka qanotli baliqlardan birinchi amfibiyalar – ixtiosegidlar kelib chiqadi. Bular toshko’mir davri Quruqlik faunasining eng ko`p gruppalari bo`lgan amfibiyalarning ikkita ingichka Umurtqalilar va yoy Umurtqalilar kenja sinflarini bergan. Bular shotka qanotli baliqlar bilan amfibiyalar o’rtasida oraliq o’rinni egallagan. Chunki bu hayvonlarda jabra qopqog`ining qoldig’i, dum suzgich qanoti, terisida tangachalari bo`lgan. Lekin juft beshbarmoqli oyog’i bo`lgan. Paleozoy erasida yashagan amfibiyalarning hammasi stegoseflar deb atalganlar.
Yoy Umurtqalilarga labirintodontlar va proanurlar kiradi. Proanurlardan dumsizlar kelib chiqqan. Toshko’mir davrida yupqa Umurtqalilar-lepespondlilar paydo bo`lib, perm’ davrida qirilib ketadi va bulardan oyoqsiz va dumli amfibiyalar kelib chiqadi.
Suvda va Quruqliqda yashovchilarning sistematikasi.
Amfibiyalar Quruqlikda yashovchi Umurtqali hayvonlarning kam sonli sinfi bo`lib, o`z ichiga 2500 ga yaqin turni oladi va uchta turkumga bo`linadi.
1.Oyoqsizlar turkumi.
Bu turkumga 60 ga yaqin tur kiradi, tashqi ko’rinishidan chuvalchanglarga o’xshaydi. Tropik zonalarda tarqalgan, yer tagida xayot kechiradi. Oyoqlari yo`q, ko`zlari reduksiyalangan. Urug’lanishi ichki. Kopulyativ organi bor. Umurtqali amfisel tipda, kobirg’alari bor. Yurak bo’lmalari orasidagi parda to’liq emas.
Bu turkumga Janubiy Amerikada tarqalgan shervyagani va Janubiy –Sharqiy Osiyoda tarqalgan seylon ilon balig’ini vakil qilib olamiz.
2.Dumlilar turkumi.
Dumlilar o`z ichiga 380 ga yaqin turni oladi va asosan Shimoliy yarim sharda tarqalgan. Gavdasi uzunchok bo`lib, yaxshi rivojlangan dumi bor. Oldingi va keyingi oyoqlari deyarlik bir xil uzunlikda bo`ladi. Tana umurtqalariga kurtak xolidagi kobirg’alar birikadi. Peshana va tepa suyaklari quchilmagan. Umrov suyagi yo`q, bilak va tirsak hamda katta va kichik boldir suyaklari o`zaro quchilmagan. Keyingi kovak vena bilan bir qatorda kordial venalar ham saqlanadi. Yon chiziq organi umrbod saqlanadi. Urug’lanishi ichki. Ba’zi turlarida neoteniya xodisasi uchraydi, ya’ni lichinka metamorfozga uchramaydi va lichinka xolida ko`payadi.
Rossiyada dumli amfibiyalardan tritonlar keng tarqalgan. Karpat tog’larida olovli salamandrasi, O`zoq Sharqda yapon salamandrasi, Bolqonorollarida protey va boshqalari yashaydi.
3.Dumsizlar turkumi
Bularga 2100 yaqin tur kiradi. Boshi yalpoq tanasiga tutashib ketadi, dumi yo`q, keyingi oyoqlari oldingisiga nisbatan 2-3 marta uzun. Shu sababli bular sakrab xarakat qiladi. Urug’lanishi tashqi. Dumsiz amfibiyalarga baqalar, kurbaqalar, daraxtlarda yashovshi kvakshalar kiradi va bular yer yuzida ancha keng tarqalgan. O`zbekistonda dumsiz amfibiyalarning faqat ikkita turi – ko’l baqasi va yashil qurbaqa yashaydi.

Suvda va Quruqlikda yashovchilar sovuq qonli hayvonlar bo`lib, bularning gavda temperaturasi tashqi muxit temperaturasiga bog’lik bo`ladi. Yana bularning tana xarorati atrofdagi muxitning namligiga ham bog’lik bo`ladi.


Amfibiyalarning yashash joylari ancha xilma-xildir, lekin ko`pchiligi nam joylarda yashasa, boshqa birlari butun umrini suvda o`tkazadi. Tropik zonalarda yashovchi oyoqsizlar esa yer tagida xayot kechiradi. Bolqonproteyi korong’i qor suvlarida yashaydi. Amfibiyalar sovuq qonli bo`lganligi sababli tashqi muxit temperaturasi +100S bo`lganda aktivligi susayadi +5+70S da karaxt bo`lib qoladi, temperatura –20S bo’lsa bular o’ladi. Shuning uchun ham amfibiyalar asosan ekvatorda tarqalib, kutblarga borgan sari turlar soni keskin kamayadi. Bundan tashqari amfibiyalar nam iqlimda yashaydi Quruq iqlimda yashay olmaydi.
Oziqlanishi. Amfibiyalarning oziqlanishi deyarlik bir xil bo`lib, asosan hayvon organizmlari bilan ovqatlanadi, faqat bularni itbaliqlari o’simliklar bilan ovqatlanadi. Bizda yashaydigan amfibiyalar xasharotlar, chuvalchanglar, mollyuskalar, jo’jalar, sichqonlarni tutib yeydi.
Ko`payishi. Amfibiyalar ko`pchilik vaqtda baxorda ko`payadi. Baqa, kurbaqa va boshqa ko`pchilik amfibiyalar ikralarini chiqarib suvga tashlaydilar va urug’lanishi tashqarida suvda o`tadi. Dumli va oyoqsiz amfibiyalarda ichki urug’lanish prosessi yo`z beradi.
Amfibiyalarning pushtdorligi o`zgarib turadi. Baqalar 1- 10 mingtagacha ikra qo’yadi. Suvning temperaturasiga qarab itbaliqlar 8 kundan 28 kungacha rivojlanadi. Yozning oxirida itbaliqlar baqalarga aylanadi.
Ko`pchilik amfibiyalar ikralarini qo’yib, ular urug’langandan keyin, ikralarni o`z xoliga tashlab qo’yadi va nasli uchun qayg’urmaydi. Lekin ba’zi amfibiyalarda nasl uchun qayg’urish namoyon bo`ladi, lekin bularning pushtdorligi keskin kamayadi. Masalan, oyoqsizlar 20 dona tuxumlarini yer kovaklariga, ildiz yoki tosh ostiga qo’yib ularni tanasi bilan o`rab olib isitadi. Amerika pipalari tuxumlarini (50-100) orqаsidagi chuqurchalariga qo’yadi.
Siklligi. Amfibiyalarda sutka va fasl siklligi bor. Kurbaqalar, bo`z baqalar va tritonlar kechasi aktiv xayot kechiradi. Temperaturasi va namligi yuqori hamda bir xil bo`lgan zich tropik o’rmonlarda ko`pchilik amfibiyalar yil bo’yi aktiv xayot kechiradi. Lekin bu zonalarda qurg’oqchilik va yog’ingarchilik fasllari almashinib turganda amfibiyalarning xayot muxitlari keskin o`zgaradi. Qirg’oqchilik mavsumida amfibiyalar qishda uyquga ketadi.

Download 46,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish