Suvda ham quruqda yashovchilar quruqlikka chiqish sabablari va moslanish xususiyatlari


Suvda va Quruqlikda yashovchilarning axamiyati



Download 46,8 Kb.
bet2/4
Sana04.06.2022
Hajmi46,8 Kb.
#634627
1   2   3   4
Bog'liq
Shokirova sabohatning zoologiya fanidan

Suvda va Quruqlikda yashovchilarning axamiyati
Umuman olganda amfibiyalarni inson uchun axamiyati katta. Avvalo, ular turli-tuman yerlarda yashab, zararkunandalarni qiradi va bog’larga, poliz va dalalarga, o’rmon va o`tloqlarga katta foyda yetkazadi. O`t baqasi bir sutkada o’rtacha 6 ta umurtqasiz hayvonni yeydi. 6 oy davomida esa 1200 dona xasharot va mollyuskalarni kiradi.
Ikralari, itbalig’i va voyaga yetgan amfibiyalar ko`pchilik ovlanadigan baliqlar, o’rdaklar va boshqa qushlar uchun yem bo`ladi. Ba’zi muynali hayvonlar baqalar bilan ovqatlanadi. Ba’zi mamlakatlarda baqa va salamandralarning go’shtini odamlar iste’mol qiladilar. Baqa va triton biologiya va medisina izlanishlarida juda ham ko`p miqdorda laboratoriya hayvoni sifatida ishlatiladi.
Baqalar ovlanadigan baliqlarning yoshlarini yeb, ma’lum darajada zarar yetkazadi.
Suvda va quruqda yashovchilar quruqda yashovchi umrtqalilarning birinchi sinfi bo’lib, suvda yashagan qadimgi ajdodlarning bir qancha belgilarini ham saqlab qolgandir. Bu hayvonlarning individual rivojlanishida muhitning almashinib turishi juda ham harakterlidir. Amfibiyalarning dastlabki rivojlanishi suvda o’tadi va suvda yashashga layoqatlashgan lichinkasi (itbalii) metomorfozlashib quruqlikda yashovchi etuk hayvonga aylanadi.
Quruqda yashovchi umrtqalilar singari amfibiyalarda besh barmoqli bo’imli oyoqlar bo’ladi. Bosh skeleti umrtqa poonasiga harakatchan birikadi. O’pka va terisi nafas olish organlari vazifasini bajaradi. O’pka orqali nafas olish munosabati bilan ikkita yurak bo’lmasi ikkita qon aylanish doirasi yuzaga keladi. Eshituv organida ichki quloqdan tashqari o’rta quloq (noora pardasi) bo’lishi eshituv organini havoda tovush to’lqinlarini eshitishga layoqatlashgandir.

Sistematikasi – suvda va quruqda yashovchilar – umrtqalilarning hammadan ko’ra turlari kam sinfi bo’lib, hozir 1900 turni o’z ichiga oladi. Umrtqalilarning barcha sinflaridan suvda va quruqda yashovchilar erning hammadan kam qismini ishol qiladi. Ular chuchuk suv havzalarining chetki qismlaridagina yashaydi va dengizda ham okeanda ham uchramaydi.


Hozirgi amfibiyalar uchta turkumga bo’linadi:
    1. Oyoqsizlar (Apoda) 


    2. Dumlilar (Urodela) 


    3. Dumsizlar (Anura) 



Turlari eng ko’p bo’lgan turkum bu dumsiz amfibiyalardir, ular uzun orqa oyoqlarining yordamida, quruqlikka sakrab yurishga moslashgan bo’lib, hamma materiklarga tarqalgandir. Tipik vakillari: triton, salamandra bo’lmish birmuncha primitivroq dumli amfibiyalar ancha kam uchraydi va faqat Shimoliy yarim sharda (150 ga yaqin turi) tarqalgan. Nihoyat uchinchi turkum oyoqsizlardir bu turkumning turlari juda oz (50 tacha) bo’lib unga faqat tropik chervyagalar kiradi, chervyagalar juda qadimgi kosali (panstirli) amfibiyalarning erni kovlab hayot kechirishga layoqatlanganligi orqasida hozirgi zamonga qadar yashab qolgan qoldiqlari bo’lsa ajab emas. 
Suvda va quruqda yashovchilarning tuzilishi va hayot kechirishi 
Vakil: Ko’k baqa yoki ko’l baqa (Rana temporaria) 
Tashqi ko’rinishi – baqaning tanasi kalta va keng bo’lib, kattagina yassi boshiga bilinmasdan qo’shilib ketadi, chunki baqaning bo’yi ko’rinib turmaydi. Dumi yo’q, boshining ikki tomnida bo’rtib chiqqan ko’zlari joylashgan, bu ko’zlarda pastki va ustki qavoqlar mavjud. Hamda uchinchi qovoq yumgich parda bor. Oiz katta, uning ustida bekitgich klapanli burun teshigi bor. Oldingi oyoqlarida 4 ta barmoq bo’lib, ketingi oyoqlariga nisbatan kalta, (faqat shular uchun xos) orqa oyoqlari juda uzun, pardali beshta barmoi bor. Tanasining oxirida chiqaruv teshigi kloaka bor. Gavdasi teri bilan qoplangan, terida maxsus shilimshiq ajratib chiqaruvchi bezlar bor. 
Teri qoplag’ichlari  suvda va quruqda yashovchi barcha hayvonlarning terisi singari, baqa terisi ham muhim nafas olish, suv almashishi organidir. Terisida shox tuzilmalar umuman bo’lmaydi, shilimshiq chiqaradigan bezlar nihoyatda ko’p. Baqaning terisi boshidan oxirigacha gavdaga yopishgan bo’lmaydi, ma’lum joylardagina gavdaga yopishgan bo’ladi. Skeleti yurishga moslashishi natijasida, baqa oyoqlarining juda boshqacha bo’lib tuzilganligi va dum bo’limi yo’q bo’lib ketganligiga yarasha baqa skeletida juda ham o’ziga hos bo’lib tuzilgan belgilar bor. 

Umrtqa poanasi – faqat to’qqizta umrtqadan tashkil topgan bo’lib


4 ta bo’limga
1. Bo’yin
2. Tana 
3. Dumg’aza
4. Dum 
Hamma amfibiyalarda bo’ynida faqat bitta umurtqa bor. Tana bo’limida 7 ta dumaza 1 ta umrtqadan iborat. Dum bo’limi bitta uzun suyak urostil (Urostyl) dan iborat. 
Bosh skeleti – suvda va quruqda yashovchilarning bosh skeleti ikki qismga: 
  1. Miya qutisi 


  2. Vissteral bosh skeletdan iborat. 



Baqaning miya qutisi ham bir oz xondrial suyaklarga ega bo’lib, ega bo’lib deyarli nuqul toaydan iborat, bu toay juda kam qoplagich suyaklar bilan qoplangan. Miya qutisining ensa bo’limida bo’rtmalar bor bular harakatchan bitta bo’yin umrtqasiga birikadi. Vissteral bosh skeleti ustki va ostki ja suyaklaridan iborat va bir nechta tanglay suyagi, yonoq suyagi, tish suyaklaridan iborat, bularda qisman suyak bo’ladi. 
Elka kamari – bu kurak va o’mrov suyaklaridan iborat bo’lib, bularda ko’krak qafasi yo’q shuning uchun to’sh suyagi umrtqa poonasi bilan birikmagan. 
Chanoq kamari uch juft elementdan 

  1. yonbosh 

  2. quymich 

  3. qov 

Yonbosh elementi (suyak) uzun bo’lib, proksimal uchi dumaza o’simtasidagi ko’ndalang o’simtaga birikadi distal uchlari esa bir-biriga qo’shilib, qo’ymich kosasi, ya’ni son suyagining boshchasi kelib birikadigan chuqurchani hosil qilishda ishtirok etadi. Qo’ymich kosa hosil qilishda uchala tos elementlarining ishtirok etishi barcha umrtqalilar uchun xosdir. 
Erkin oyoqlar skeleti – baqaning erkin oyoqlar skeleti umuman quruqda yashovchi barcha umrtqali hayvonlar uchun xarakterli bo’lgan tipik besh barmoqli oyoqlar kabi tuzilgandir.
Baqaning oyoqlari skeleti sxemasi tubandagidek.


  1. Oldingi oyoq: elka – (elka suyagi) bilak (ikkita suyakdan bilak va tirsak) oyoq kafti, barmoq suyaklaridan iborat. 

  2. Ketingi oyoq: Son-bitta (Son suyagi) boldir – ikkita (katta boldir, kichik boldir) oyoq kafti-uchta kenja bo’limdan: tovon kaft-barmoq. 

Muskul sistemasi – baqaning muskul sistemasi , asosan, oyoq muskullarining ancha takomil etganligi va ayrim muskullarning murakkab sistemadan iborat bo’lishi, tana muskullarining ko’pincha differenstiyalanganligi bilan baliqlar muskul sistemasidan farq qiladi. 

Nerv sistemasi: ikkiga


a) bosh miya
b) orqa miya
Bosh miya asosan oldingi miyaning ko’p takomil etganligi, yarim sharlarga ro’yrost ajralganligi va miyachaning ajralmay qolganligi. Bosh miyadan o’n juft bosh miya nervlari chiqadi. XII juft miya qutisidan tashqariga qolib ketadi, XI juft esa umuman rivojlanmagan.
Baqada orqa miya nervlari o’n juft bo’ladi uch jufti oldingi oyoqni inervastiya qiluvchi elka nerv chigilini 4 jufti esa orqa oyoqlarini nerv bilan ta’minlovchi bel-dumaza chigilini hosil qiladi. 

Ko’ruv organlari – quruqda yashovchilar uchun xarakterli bo’lib, havoda hiyla uzoq masofadagi narsalarni ko’rishga moslashgan. Bu moslanish ko’z gavxarining ikki tomonlama qavariq linza shaklida ekanligi, ko’zni qurib qolishdan saqlaydigan harakatchan qovoqlar borligi bilan xarakterlanadi. 

Eshituv organlarieshituv organida ichki quloqdan tashqari, yana ikkinchi bo’lim – o’rta quloq va noora parda bilan qoplangan. Noora pardani uzangi suyakchani bir uchi tegib turadi. Uzangi suyakcha noora parda tebranishlarini ichki quloqqa o’tkazadi. 

Hidlov organlari baqalarning tashqi va ichki burun teshiklari xonalari bo’ladi. Tashqi burun teshiklarida maxsus burun klapanlari bo’ladi, bu klapanlar nafas olishda katta rol o’ynaydi. 

Hazm qilish organlari baliqlar singari suvda ham quruqda ham yashovchilarda ham umumiy oiz, halqum bo’shlii, ichak yo’lining keng toraygan qismidangina iborat bo’lgan oshqozonga ochiluvchi katta qizil o’ngach bor. Oshqozon o’z navbatida chin ichakka aniq chegarasiz qo’shilib ketadi. Chin ichakka oldingi ichak o’rta ichakdan bilinar-bilinmas darajada chegaralashib turadi. Lekin (orqa) to’ri ichak juda yaxshi ochilib yopilib turadi, u keng bo’lib kloakaga ochiladi. Oiz bo’shliida so’lak bezlari bor. Ovqat hazm qilishda ko’z soqqalari ham qatnashadi.
Tishlari oddiy suyakka birikkan konussimon shaklda bo’ladi va ovqatni ushlab turishda asosiy rol o’ynaydi. Tishlari eyilangan sari tushib o’rniga boshqasi chiqib turadi.
Tili og’iz bo’shliining tubida bo’lib, maxsus muskullardan iborat, tashqariga cho’zilib chiqa oladi. Ovqatni tortishi uchun xizmat qiladi. Tilni ustida doimo yopishqoq suyuqlik bo’ladi. 

Nafas olish organlari – voyaga etgan katta baqaning nafas organi o’pka (Pulmones) bilan teridir, teriga yirik-yirik qon tomirlari kelib turadi.


O’pka bir juft sodda xaltachadan iborat. Ichki yuzasi katak-katak bo’ladi. Nafas yo’li iborat bu erda toay pardadan iborat tovush boichlari bo’lib, bu parda tortilib taranglashish xususiyatiga ega. Shuning uchun baqa tovush chiqara oladi.
Qon aylanish sistemasi – baqaning yuragi uch kameralidir, ya’ni bir-biridan ajralgan uchta yurak bo’lmasi va bitta yurak qorinchasidan iborat. Venoz qon olib keladigan kovak venalar arterial qon olib keladigan katta teri venasiga qo’shilishi uchun venoz sinusida aralashgan holda bo’ladigan qon o’ng yurak bo’lmasiga qarab harakat qiladi. O’ng yurak bo’lmasi qisqarganda ichidagi qon ham yurakning shu qorinchasiga tushadi.
Shunday qilib baqada suvda va quruqlikda yashovchilarning hammasida bo’lgani kabi, quruqda yashovchi yuqori umrtqali hayvonlar uchun xarakterli bo’lganidek, yurak venoz (o’ng) va arterial (chap) qismlarga ro’yrost bo’lingan emas. Bu narsa teri orqali nafas olishning katta faol ahamiyati bilan boliqdir.
Ayiruv organlari –umrtqa poanasining ikki tomonida o’rnashgan yassi qizil tanacha shaklida bir juft mezonefritik bo’yrakdan iborat. Kattakon siydik pufagi bor. Bu kloakaga ochiladi. 
Baqaning o’rchish organlari – Erkaklarida bir juft oqimtir yumaloq urudondan iborat. Urochilarida ham bir juft tuxumdon bo’ladi. Bularda kopulyativ organ yo’q. O’rchishda erkagi urochisining ustiga chiqib oladi va undan chiqadigan tuxumga o’zini uruini to’qadi. 

Embrionining rivojlanishi – baqa tuhumida sariqlik ko’p emas, 3-4 soatdan so’ng urulangan tuxum bo’lana boshlaydi. Tuxum urulangandan so’ng tamomimla bir xafta o’tgandan so’ng. Embrion tuxum bardasini yorib “Itbaliq ko’rinishida tashqariga chiqadi. 

Suvda va quruqda yashovchilarning sistematik obrazi 
Dumlilar turkumi – har hil tritonlar v.h.k.lar kiradigan dumli amfibiyalar turkumi uncha katta bo’lmay 150 ga yaqin turi bor. Tuhumlari tashqarida urulanadi. Yaponiya va Xitoyda uchraydigan gigant salamandra, Amerikada uchraydigan yashirin jabralilar kiradi. 

Oyoqlar turkumi – 19 ta uru 50 ga yaqin tur kiradi va chervyagalar degan bitta oilaga biriktiriladi. Bular hammasi chuvalchangsimon bo’lib-uzunchoq halqa-halqa gavdali bo’lib, oyoqlari va dumi yo’q. Kloakasi gavdaning eng oxirida joylashgan. Bitta turi Janubiy Amerikada suvda yashaydi, qolganlari hammasi quruqlikda yashaydi. 

Hidlov organlari - kuchli taraqqiy etgan. Urulanish ichkarida yuz beradi. Primativ xususiyatlaridan biri ular terisi ostida tangalar bo’ladi.
Chervyagalar hashoratlar, chuvalchanglar va tuproqda yashovchi boshqa umrtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Ko’payishi suvga boliq emas. Suvdan tashqarida. Bolasiga amxur, Stelon baliq iloni tuhumini nam gavdasi bilan o’rab yotadi.
Chervyagalar Afrikada, Osiyoda, Janubiy va Markaziy Amerikaning nuqul tropik mintaqasida yashaydi. 

Dumsizlar turkumi Bularning 1700 tacha turi bor. Bular eng yuqori tuzilgan bo’lsada, lekin tuzilishi bir-biriga o’xshash, eng ko’p tarqalgan. Bular asosan quruqda hayot kechiradi, suvda yashaydiganlari 15% dan oshmaydi. 

Quruqda yashovchilar (dumsiz) uch guruppaga bo’linadi: 

1. Daraxtda yashaydigan - turlar. Bu kenja turkumga kiradigan 12 oilaning 6 tasida daraxtda yashaydigan turkumlar bori. Eng katta oilasi kvakshalarning 90 % i dan ko’proi daraxtda yashaydi.


Bularni barmoqlarida uchi diskka o’xshash keng tortgan bo’ladi. Bu disklarda epidermisdan hosil bo’lagan cho’tka va sekretlar chiqaradigan maxsus bezlar yuzaga keladi shunga ko’ra vertikal yuzada tura oladi.
Janubiy Amerika va Janubiy – Sharqiy Osiyoda yashaydigan ba’zi baqalarni orqa oyoq barmoqlari orasida pardalar bor. Bular 10 mgacha ucha oladi (ovlash paytida) 

2. Er kavlovchi amfibiyalar – bularning vakillari 6 oilada uchraydi. Chesnoinistalar oilasining deyarli hamma turi er kavlab yashaydi. Erni orqa oyoqlari bilan kavlaydi. Orqa oyoqning birinchi barmoida o’rkit uchli shox (qadoq)lar hosil bo’ladi, bu shox “Chesnoinista” da kurak shaklida bo’ladi. Sakray olmaydi. Oyoqlar qisqargan. 

3. Suvda yashaydiganuncha ko’p emas, butun yoz faslini suvda o’tkazadi. Ba’zilari (baliq) qovoq yo’qolgan, yon chiziq organi yuzaga keladi. (Afrika pixli baqalari)
Dumsiz amfibiyalar barcha qit’alarda (Antraktidadan tashqari) uchraydi.

Suvda va quruqda yashovchilarning kelib chiqishi


Eng qadimgi suvda ham quruqda yashovchilar xaqidagi hamma ma’lumotlar so’nggi vaqtgacha devon davrining keyingi qatlamlaridan topilgan besh barmoqli oyoq tamalari bilan cheklanib kelgan edi. Keyinchalik Grenlandiyada so’nggi qazishlarda devon davrining so’nggi qatlamlaridan besh barmoqli hayvonlarning but bo’lmagan bosh skeleti topildi. Bu skelet suvda va quruqda yashovchilar skeletining belgilarini eslatar edi. Yuqori janing eng chetidan joy olgan burun teshigining borligi (ikki xil nafas oluvchilarda) bular boshqa qazilma amfibiyalardan ko’ra baliqlarga yaqin turadi.
Nazariy tomondan mulohaza qilganda amfibiyalarning qadimgi avlodlari cho’tka qanotli baliqlar bilan devon davrida yashagan amfibiyalarga to’ri keladi. 

Stegostefallar – yoki kosa boshli amfibiyalar 


Suvda va quruqda yashovchilar ekologiyasi 
Yashash sharoiti va tarqalishi – amfibiyalar poykiloterm (sovuq qonli) hayvonlar guruhiga kiradi. Bular ikkita omil tashqi muhit tempraturasi va muhitning kamligi asosiy rol o’ynaydi. Shuning uchun ular sahrolarda, qutblarda uchramaydi. Tanada bulanishni yuqori bo’lishi tana tempraturasini muhit tempraturasidan farq qildiradi. (odatda 2-30 farq qilsa, quruq muhitda 8-90 faqr qiladi) (Kavkazda 6 ta tur, O’rta Osiyoda 2 ta tur yashaydi)
Amfibiyalar konstentrastiyasi 1,0-1,5 dan oshiq bo’lgan sho’r suvlarda yashay olmaydi.
Siklliligi  suvda va quruqda yashovchilarda sutka va fasl stikilliligi bor, tinchlik davri bilan aktivlik davri to’ri tartibda ajralib turadi. 

1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish