Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи



Download 30,53 Mb.
bet132/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

Nasl uchun qayg’urish. Ko`pchilik amfibiyalar nasl uchun qayg’urmaydi. Ammo ayrim amfibiyalarda nasl uchun qayg’urish namoyon bo`ladi, lekin bularning pushtdorligi keskin kamayadi. Dumli va oyoqsiz amfibiyalarda nasl uchun qayg’urish taraqqiyotining ancha yuqori bosqichlarida turadi.
B

105-rasm. Urg`ochi seylon ilon balig`ining tuxumlarini inida o`rab olgan holatda.
u amfibiyalarning ko`payishidagi progressiv xususiyatlar dumsizlar bilan raqobat qilishga imkon beradi. Dumli va oyoqsiz amfibiyalarning birmuncha oz, lekin yirik tuxum qo`yishi shubhasiz ularda tuxumning ichki urug’lanishi va nasl uchun qayg’urish bilan bog’liq. Masalan: tritonlarning erkaklari bevosita urg’ochisini urug’lantir-masdan, spermatofor deb ataladigan spermat
ozoidli paketlarini suvga tashlaydi, bu paketlarni urg’ochisi kloakasi bilan tutib oladi. Odatdagi tritonda nasl uchun qayg’urish birmuncha murakkabroq o`tadi, uning urg’ochisi ko`pincha har qaysi tuxumini suv o`simligi bargiga o`rab qo`yadi, natijada tuxum barg orasida himoyalanadi, erkaklari bu tuxumni qo`riqlaydi. Xuddi shunday holat yettisuv tritonida va to`rt barmoqli sibir tritonida ham kuzatiladi. Bir qancha dumli amfibiyalar va ko`pgina oyoqsiz amfibiyalar vakillarining erkaklari quruqlikka qo`yilgan tuxumni gavdasi bilan o`rab olib, qurib qolishdan va boshqa yirtqichlardan himoya qiladi. Masalan: oyoqsizlar turkumi vakillari 20-30 tacha tuxumlarini yer kavaklariga, ildiz yoki tosh ostiga qo`yib, ularni tanasi bilan o`rab isitadi (105-rasm). Amerika pipalari 50-100 tacha tuxumlarini orqasidagi chuqurchalariga qo`yadi.
Oyoqsiz amfibiyalarning ba`zi vakillarida butun rivojlanish davri urg’ochisining tuxum yo`lida o`tadi. Bu ham albatta nasl uchun qayg’urishning bir ko`rinishidir.
Metamorfoz. Metamorfoz davrida tuxumdan chiqqan lichinka keskin o`zgarish yo`li bilan voyaga yetgan individga aylanadi. Dumli amfibiyalar bilan dumsiz amfibiyalar itbaliqlarining asosiy farqi, ularning oziqlanish xarakteriga bog’liq bo`lib, dumlilarning lichinkalari voyaga yetgan individlarga o`xshash umurtqasiz mayda hayvonlar bilan oziqlanib, yirtqichlik qiladi. Shuning uchun ularda ovqat tutadigan baquvvat jag’og’iz tez orada hosil bo`ladi. Ovqat axtarish uchun zarur bo`lgan ko`zlar ham baqalarning itbalig’iga nisbatan erta paydo bo`ladi. Dumsiz amfibiyalarda esa boshqacha manzara kuzatiladi. Dumsizlarning itbaliqlari suv o`simliklari, chiriyotgan o`simlik va hayvon qoldiqlari, ba`zi turlari esa umurtqasiz hayonlar bilan oziqlanadi. Demak, itbaliqning yeydigan ozig’i voyaga yetgan dumsizlar ozig’idan farq qiladi. Ovqat hazm qilish sistemasi ham boshqacha tuzilgan (106-rasm).






Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish