Nasl uchun qayg’urish. Ko`pchilik amfibiyalar nasl uchun qayg’urmaydi. Ammo ayrim amfibiyalarda nasl uchun qayg’urish namoyon bo`ladi, lekin bularning pushtdorligi keskin kamayadi. Dumli va oyoqsiz amfibiyalarda nasl uchun qayg’urish taraqqiyotining ancha yuqori bosqichlarida turadi.
B
105-rasm. Urg`ochi seylon ilon balig`ining tuxumlarini inida o`rab olgan holatda.
u amfibiyalarning ko`payishidagi progressiv xususiyatlar dumsizlar bilan raqobat qilishga imkon beradi. Dumli va oyoqsiz amfibiyalarning birmuncha oz, lekin yirik tuxum qo`yishi shubhasiz ularda tuxumning ichki urug’lanishi va nasl uchun qayg’urish bilan bog’liq. Masalan: tritonlarning erkaklari bevosita urg’ochisini urug’lantir-masdan, spermatofor deb ataladigan spermatozoidli paketlarini suvga tashlaydi, bu paketlarni urg’ochisi kloakasi bilan tutib oladi. Odatdagi tritonda nasl uchun qayg’urish birmuncha murakkabroq o`tadi, uning urg’ochisi ko`pincha har qaysi tuxumini suv o`simligi bargiga o`rab qo`yadi, natijada tuxum barg orasida himoyalanadi, erkaklari bu tuxumni qo`riqlaydi. Xuddi shunday holat yettisuv tritonida va to`rt barmoqli sibir tritonida ham kuzatiladi. Bir qancha dumli amfibiyalar va ko`pgina oyoqsiz amfibiyalar vakillarining erkaklari quruqlikka qo`yilgan tuxumni gavdasi bilan o`rab olib, qurib qolishdan va boshqa yirtqichlardan himoya qiladi. Masalan: oyoqsizlar turkumi vakillari 20-30 tacha tuxumlarini yer kavaklariga, ildiz yoki tosh ostiga qo`yib, ularni tanasi bilan o`rab isitadi (105-rasm). Amerika pipalari 50-100 tacha tuxumlarini orqasidagi chuqurchalariga qo`yadi.
Oyoqsiz amfibiyalarning ba`zi vakillarida butun rivojlanish davri urg’ochisining tuxum yo`lida o`tadi. Bu ham albatta nasl uchun qayg’urishning bir ko`rinishidir.
Metamorfoz. Metamorfoz davrida tuxumdan chiqqan lichinka keskin o`zgarish yo`li bilan voyaga yetgan individga aylanadi. Dumli amfibiyalar bilan dumsiz amfibiyalar itbaliqlarining asosiy farqi, ularning oziqlanish xarakteriga bog’liq bo`lib, dumlilarning lichinkalari voyaga yetgan individlarga o`xshash umurtqasiz mayda hayvonlar bilan oziqlanib, yirtqichlik qiladi. Shuning uchun ularda ovqat tutadigan baquvvat jag’og’iz tez orada hosil bo`ladi. Ovqat axtarish uchun zarur bo`lgan ko`zlar ham baqalarning itbalig’iga nisbatan erta paydo bo`ladi. Dumsiz amfibiyalarda esa boshqacha manzara kuzatiladi. Dumsizlarning itbaliqlari suv o`simliklari, chiriyotgan o`simlik va hayvon qoldiqlari, ba`zi turlari esa umurtqasiz hayonlar bilan oziqlanadi. Demak, itbaliqning yeydigan ozig’i voyaga yetgan dumsizlar ozig’idan farq qiladi. Ovqat hazm qilish sistemasi ham boshqacha tuzilgan (106-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |