Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


Kefalsimonlar (Mugiliformes) turkumi



Download 30,53 Mb.
bet80/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

Kefalsimonlar (Mugiliformes) turkumi. Bu turkumning turlari uncha ko`p emas, 150 ta turi bor. Asosiy xarakterli belgilariga suzgich pufaklarining yopiq bo`lishi va yon chiziqlarining yo`qligidir. Ular, asosan janubiy dengizlarda uchraydi. MDHda Qora va Azov dengizlarida kefallar (Mugilidae) oilasi vakillari tarqalgan. Asosiy ov ahamiyatiga ega bo`lgani loban yoki oddiy kefal (Mugil cephalus) hisoblanadi. Kefallar gala-gala bo`lib ko`chib yuradi. 1930-1934 yillarda kefallar Kaspiy dengizida iqlimlashtirilgan. Gambuziya (Gambusia) balig’i ham (bo`yi 5 sm keladigan mayda baliq) shu turkumga kiradi. Gambuziya balig’i bezgak chivini lichinkalarining kushandasi bo`lgani uchun Kavkazda va O`rta Osiyoda iqlimlashtirilgan.
Sargansimonlar (Beloniformes) turkumi. Bu turkum vakillari o`ziga xos baliqlar bo`lib, ko`pincha dengizlarda yashaydi. Ularning ko`krak suzgich qanotlari uzun bo`lib, shu suzgich qanotlari yordamida suvdan yuqoriga sakrab 150-200 m gacha, ba`zi turlari hatto 400 m gacha uchib borib suvga sho`ng’iydi. Sarganlarning tipik vakili ko`krak juft suzgichlari juda katta bo`lgan uzunqanot (Exocoetus) hisoblanadi. Bu turkumga uchar baliqlar va jag’i juda ham uzun bo`lgan sarganlar kiradi.
Ular, asosan tropik dengizlarda tarqalgan. Bu turkumga 150 ta tur kiradi. Uzunligi 15-50 sm keladi.
Tikanbaliqsimonlar (Gasterosteiformes) turkumi. Bu turkumga chuchuk va sho`r suvlarda yashaydigan 200 dan ortiq tur mayda baliqlar kiradi. Bu baliqlarning orqa suzgich qanotining oldingi qismi o`z shaklini o`zgartirib, parda bilan bir-biriga qo`shilmaydigan o`tkir uchli tikanlarga aylangan. Qorin suzgich qanotlari ham bir juft tikan ko`rinishda bo`ladi. Tikanbaliqsimonlar turkumi vakillari Shimoliy yarimshardagi chuchuk va sho`r suvlarda uchraydi. MDHda bu turkumning bir necha turlari Boltiq, Barents, Qora, Azov va Kaspiy dengizlarda hamda bir qator daryolarda uchraydi. Tipik vakili uch tikanli tikanbaliq (Gasterosteus aculeatus) hisoblanadi.
Bu baliqning erkagi o`simliklardan shaklan sharga o`xshash uya yasab, shu uyaga urg’ochisi qo`ygan uvildirig’ini qo`riqlaydi. Urg’ochilari bor-yo`g’i 100 taga yaqin tuxum qo`yadi. Tikanbaliqlar Orol dengizida va Amudaryoda ham uchraydi. Kattaligi 7 sm dan 30 sm gacha boradi.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish