Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


Karpsimonlar (Cypriniformes) turkumi



Download 30,53 Mb.
bet78/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

Karpsimonlar (Cypriniformes) turkumi. Karpsimonlar turkumining vakillari ham xuddi seldsimonlarga o`xshab, primitiv suyakli baliqlarga kiradi. Karpsimonlarning ham suzgich pufagi ichak bilan qo`shilgan, suzgich pufagi ikki qismga bo`linadi, suzgich qanot shu`lalari yumshoq bo`ladi.
Bu baliqlarning havo pufagi bir-biriga harakatchan tarzda birikkan 3 ta suyak zanjir – Veber apparati bilan ichki quloqqa qo`shilgan. Uning vazifasi havo pufakchasi sezgan suv bosimini muvozanat organga o`tkazishdan iborat. Ba`zi turlarida (laqqa baliqlarda) tangachalari bo`lmaydi. Bu turkumning 3000 dan ortiq turi bor. MDHda 120 ga yaqin va O`zbekistonda 19 ta turi uchraydi. Aksariyat turlari chuchuk suvlarda yashaydi. Baliqlar turlarining 15% dan ortig’i karpsimonlar turkumiga to`g’ri keladi. Karpsimonlar turkumiga 2 ta oila kiradi: Karplar, ya`ni
zog’ora baliqlar (Cyprinidae) oilasi va Laqqa baliqlar (Siluridae) oilasi.
O`zbekistonda tutiladigan baliqlarning 80% ni karplar oilasi vakillari tashkil etadi. Ularning jag’larida tishlari bo`lmaydi, lekin orqa jabra yoylarida yaxshi taraqqiy etgan halqum tishlari bor. Karplar oilasi vakillari tanasining uzunligi 2 sm dan 1,5 m gacha boradi. Karplar oilasiga ko`l va daryolarda yashaydigan qizilko`z (Rutilus rutilus), Kaspiy – Volga havzasida yashaydigan vobla (Rutilus rutilus caspius), oqcha baliq (Abramis brama), zog’ora baliq(Cyprinus carpio)lar kiradi. Bu oilaga yana Orol dengizi, Zarafshon, Amudaryo va Sirdaryo hamda ularning irmoqlarida uchraydigan mo`ylovli baliq, oddiy qorabaliq, moy baliq, oqcha baliq, oqqayroq qizilko`z (jerex), tovonbaliq (karas), Samarqand xramulyasi, parrak baliq, oq chebak, turkiston qumbalig’i, oq amur va xumbosh ham kiradi. Karplar ham ov ahamiyatiga ega bo`lgan baliqlar qatoriga kiradi. O`zbekiston suv havzalaridan zog’ora baliq, moybaliq, tovonbaliq, qorabaliq, oqcha, oq amur, amur xumboshi va boshqa baliq turlari ovlanadi. Birqancha turlari (karp, tovonbaliq, oq amur, amur xumboshi) suv havzalarida boqiladi.
Laqqa baliqlar (Siluridae) oilasiga kiruvchi baliqlarning terisi ustida haqiqiy tangachalari bo`lmaydi, ayrim turlarida suyak tikan bo`lishi mumkin. Jag’larida o`tkir tishlari bor. Ular, asosan yirtqich baliqlar hisoblanadi.
Laqqalarning uzunligi 5 m gacha va og’irligi 300 kg gacha boradi. Laqqalar oilasiga 1200 taga yaqin tur kiradi. Ko`pchiligi Amerika, Osiyo, Afrikaning tropik va subtropik qismida tarqalgan, deyarli barcha turlari chuchuk suvlarda yashaydi.
Laqqa baliqlarning pastki jag’ida ikki juft va yuqorigi jag’ida bir juft mo`ylovlari bo`ladi. Bu mo`ylovlari tuyg’u vazifasini bajaradi. Laqqa baliqlar yaxshi suza olmaydi, ular 3 yoshida jinsiy voyaga yetadi. May oyida urchib 500 mingtagacha uvildiriq tashlaydi. Erkagi tuxumlarini qo`riqlaydi.
Laqqa baliqlar ko`pincha mayda baliqlar bilan oziqlanadi. Ba`zan suvilonlar, kemiruvchilar va parrandalar (o`rdak)ni yutib yuboradi. Yosh laqqa baliqlar hasharotlar va baliq chavoqlari bilan ham oziqlanadi.
Laqqa baliqlar MDHda Kaspiy dengizi havzalarida va O`rta Osiyoda uchraydi. O`zbekistonda Orol dengizi sohillarida, ko`llarda va daryolarning o`zanlarida oddiy laqqa baliq yashaydi.
Ular, asosan tinch oqadigan suvlar aylanmasida va chuqur joylarda yashaydi. Laqqa baliqlar Chinoz atrofida va Amudaryoda iyun oyida uvildiriq tashlaydi. O`rta osiyoning tez oqar daryolarida turkiston laqqachasi (Glyptosternum retiulatum) uchraydi. Elektr laqqa balig’i (Malapterurus electricus) Nil daryosi va G’arbiy Afrika daryolarida uchraydi. Bu baliqning uzunligi 65 sm dan 1 m gacha bo`lib uch juft mo`ylovi bor. Elektr laqqa baliq terisining ostida boshidan to yumshoq suzgichigacha bo`lgan joyda o`ziga xos bir juft elektr organi joylashgan. Bu organ orqa miyadan chiqib ketgan 2 ta yo`g’on nervi bilan tutashgan. Elektr organining quvvati 300-360 voltgacha boradi. Laqqa baliqlar 100 yildan ortiq umr ko`radi.
Oq amur, amur xumboshi Amur havzasidan keltirilib, O`zbekistonda iqlimlashtirilgan. Karplarning go`shti sifati va mazasi jihatidan lososlarnikiga yetmaydi. Dunyoda ovlanadigan baliqlarning 4,5% karplarga to`g’ri keladi.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish