Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


III.7. SHU`LAQANOTLILAR (ACTINOPTERУGII) KENJA



Download 30,53 Mb.
bet75/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

III.7. SHU`LAQANOTLILAR (ACTINOPTERУGII) KENJA
SINFINING SISTEMATIKASI

Shu`laqanotlilar kenja sinfi quyidagi 3 ta katta turkumga bo`linadi: 1. Suyakli ganoidlar (Holostei), 2. Suyakdor baliqlar (Teleostei) va 3. Ko`pqanotlilar (Polostei).


Suyakli ganoidlar (Holostei) katta turkumi. Bu baliqlar ancha sodda tuzilgan, ularning vakillari mezozoy erasida juda keng tarqalgan bo`lib, turkumlari ham ko`p bo`lgan. Bu katta turkum vakillarining xarakterli belgilariga, avvalo ichagida spiral klapanlarining borligi, yuragida arterial konusining saqlanganligi va ustki ensa suyagining rivojlanmaganligidir. Suyakli ganoidlar katta turkumining 2 ta turkumi bor: Kaymanlar yoki kosali (pantserli) cho`rtanlar (Lepidosteoidei) turkumi va Amiyalar yoki loyqa baliqlar (Amioidei) turkumi.
Kaymanlar (Lepidosteoidea) turkumiga 6-7 ta tur kiradi: Kaymanlar yoki pantserli (kosali) cho`rtanlarning uzunligi 3-4 m gacha va og’irligi 150 kg gacha boradi. Ular Shimoliy Amerikaning chuchuk suvlarida yashaydi. Xarakterli belgilariga gavdasining romb shaklidagi suyakli ganoid tangachadan iborat pantser bilan qoplanganligi, ustki ensa suyagining yo`qligi va havo pufakchasining borligidir. Kaymanlar yirtqich, ularning og’iz bo`shlig’ida tishlari bor. Cho`rtan baliqlarnikiga o`xshash tumshug’i uzun uchli, gavdasi ham cho`rtan baliqlarnikiga o`xshaydi. Dumi gomotserkal tipda. Umurtqasi oldingi tomondan bo`rtib chiqqan, orqa tomondan botiq, ya`ni opistotsel tipda.
Amiyalar yoki loyqa baliqlar (Amioidei) turkumi. Bu turkumning amiya yoki loyqa baliq (Amia calva) degan bitta turi bor. Bu baliqning uzunligi 60-90 sm gacha boradi. Erkagi urg’ochisidan kichikroq. Amiyalar kayman baliqlar bilan suyakli baliqlarning o`rtasida ma`lum darajada oraliq o`rinni egallaydi. Gavdasi sikloid tangachalar bilan qoplangan. Ularning spiral klapanlari va arterial konusi rudiment holida bo`ladi. Dumida qora xoli bor. Dum suzgich qanoti gomotserkal tipda tuzilgan. Yuragida aorta ildizi murtagi bor, orqa suzgich qanoti uzun, dum suzgich qanoti doira shaklida. Og’zida tishi yo`q, tumshug’i to`mtoq, yuvosh baliq. Juft suzgich qanotlari kichkina. Yon chiziq organlari yaxshi seziladi. Umurtqasi amfitsel tipda. Amiyalar Shimoliy Amerikadagi sekin oqadigan va oqmaydigan chuchuk suvlarida yashaydi. Bunday suvlarda odatda kislorod kam bo`ladi. Shuning uchun amiyalarda qo`shimcha nafas olish organi vazifasini suzgich pufagi bajaradi. Bu baliqlar sovuq paytlarda suvsiz, havo muhitida bir kecha-kunduzgacha yashay oladi. Ular tunda faol. Qishda chuqur joylarda karaxt bo`lib yotadi. Voyaga yetgan amiyalar qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar, ba`zan baliqlar bilan oziqlanadi. Yosh baliqlar faqat umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Amiyalar, asosan aprel–may oylarida suv harorati +25°C atrofida bo`lganda urchiy boshlaydi. Urchish paytida amiyalarning erkagi suvning qirg’og’iga yaqin kelib, chuqurligi 25-40 sm bo`lgan sayoz joylarda suv o`tlaridan uya yasaydi. Uyasining shakli tarelkaga o`xshash bo`lib, sathi 40-60 sm² ga boradi. Uvildirig’ining soni 70 mingtagacha boradi, tuxumlarini erkagi qo`riqlaydi. Amiyalar boshqa baliqlarni qirib ziyon yetkazadi. Ularning go`shti qattiq va bemaza. Shuning uchun ovqatga ishlatilmaydi.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish