Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


-rasm. Kemiruvchilar va tovushqonsimonlar turkumlari vakillari



Download 30,53 Mb.
bet303/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

223-rasm. Kemiruvchilar va tovushqonsimonlar turkumlari vakillari: 1-dumsiz sichqon,
2-malla tovushqon, 3-olmaxon, 4-jayra, 5-yumronqoziq, 6-qo`shoyoq,
7-kengurusimon kalamush, 8-nutriya, 9-shinshilla.
Bobyorlar (Castoridae) oilasiga faqat 2 ta tur, ya`ni Yevropa va Osiyoning shimolida tarqalgan Yevropa yoki daryo bobyori (Castor fiber) va Shimoliy Amerikada tarqalgan Amerika bobyori (Castor canadensis) kiradi. Bobyorlarda tangachalar bilan qoplangan yassi dumi va suv o`tkazmaydigan qalin mo`ynasi bor. Bobyorlarning uzunligi 100-130 sm, vazni 30 kg atrofida bo`ladi. Oyoqlari kalta, orqa oyoq panjalarida suzgich pardalari bo`ladi. Bobyorlar MDHdan tashqari, faqat Kanada bilan AQShning Shimoliy qismida uchraydi. O`rmon daryolarida koloniya bo`lib yashaydi. Daraxt shoxlaridan uya quradi. Yozda o`simliklar, qishda daraxt po`stloqlari va novdalari bilan oziqlanadi. Ular yiliga bir marta ko`payadi va 1–6 ta , ko`pincha 3-5 ta bola tug’adi, 3 yoshda voyaga yetadi. Teri bezlaridan hid bezlari yaxshi rivojlangan bo`lib, tibbiyotda foydalaniladi.
Jayralar (Hystricidae) oilasi bilan unga yaqin turadigan nina junlilar oilasi vakillari gavdasining ustki qismini uzun va o`tkir ignalar qoplab olganligi bilan xarakterlanadi. 4-6 ta turi bor. MDHda, shu jumladan, O`zbekistonda hind jayrasi (Hystrix leucura) uchraydi. U O`rta Osiyoning tog’ etaklarida yashaydi, ba`zi joylarda qishloq xo`jaligiga, ya`ni poliz ekinlariga zarar yetkazadi. Ular tunda faol. Jayralar kunduz kunlari o`zi qazigan inida yashirinib yotadi. Ba`zida inining bir necha yo`li bo`lib, uning uzunligi 100 m gacha yetadi. Tog’larda jayralar 2000–7000 m balandlikka ko`tariladi. Ayrimlarining tana uzunligi 70–90 sm va vazni 16 kg gacha keladi. Bunday jayralar gavdasining ustini uzunligi 30–32 sm keladigan ignalar qoplab olgan bo`ladi. Igna jayralarning muhofaza organi hisoblanadi.
Dushman jayrani quvganda u ignalarini yoyib tez yuguradi va birdaniga to`xtaydi, bunda orqadan quvib kelayotgan dushmani inertsiya bilan o`zini to`xtata olmaydi va natijada jayra ignalariga zarb bilan urilib, jarohatlanadi. Jayralar bahorda 3–4 ta bola tug’adi, bolalari ancha vaqt inidan chiqmaydi. Bolarining gavdasi yumshoq va kalta ignalar bilan qoplangan bo`ladi. Ular o`simlik novdasi, bargi, o`t va o`simlik ildizlari bilan oziqlanadi. Jayraning go`shti mazali, iste`mol qilinadi.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish