Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


G’ozsimonlar (Anseriformes) turkumi



Download 30,53 Mb.
bet214/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

G’ozsimonlar (Anseriformes) turkumi. Bu turkumga g’ozlar, oqqushlar va o`rdaklar kiradi. Ular yirik va o`rtacha kattalikdagi qushlar hisoblanadi. Massasi 200 g dan 12-14 kg gacha boradi. G’ozsimonlarning oyoqlari kalta bo`lib, tanasining keyingi qismida joylashgan. Shuning uchun quruqlikda tanasining oldingi qismini ko`tarib, lapanglab yuradi. Barmoqlari 4 ta, 3 tasi oldinga qaragan, orasida suzgich pardalari bo`ladi. G’ozsimonlarning tumshug’i yuqoridan pastga qarab yassilangan, usti yumshoq shox parda bilan qoplangan, qirralarida shox plastinka yoki tishchalar, uchida ozuqani og’izda tutib turish vazifasini bajaradigan qattiq tirnoqchalari bo`ladi. G’ozsimonlarda dum bezi yaxshi rivojlangan. Patlari zich joylashgan. Kontur patlari ostida parlari juda ko`p. Ular bir yilda bir marta urchiydi, jo`ja bolali. Bu turkumning 200 dan ortiq turi bo`lib, dunyoda keng tarqalgan. G’ozsimonlar suv havzalari qirg’oqlariga uya quradi. MDHda g’ozsimonlardan doimiy uya quruvchi 60 ta turi uchraydi.
Erkaklarida kopulyativ organlari bor. Ularning ko`p turlari xonakilashtirilgan bo`lib, sanoatda va sportda katta ahmiyatga ega. Qoquv patlarining tullashi bir vaqtda o`tishi sababli ular 2-5 hafta davomida uchish qobilyatini yo`qotadi.
MDHda g’ozsimonlar turkumining bitta-o`rdaklar (Anatidae) oilasi vakillari uchrab, bu oila bir nechta kichik oilalarga bo`linadi (172-rasm).





172-rasm. G’ozsimonlar: 1- yovvoyi o`rdak, 2- g’aqqildoq oqqush, 3- ola qanot,
4- sho`ng’uvchi o`rdak.


Oqqushlar (Cygninae) kichik oilasi vakillari g’ozsimonlar turkumiga kiruvchi eng yirik qushlardan hisoblanadi. Qanotlari yoyilganda eni 2,5 m va og’irligi 12-14 kg ga yetadi. MDHda oqqushlarning 3 ta turi, ya`ni g’aqqildoq (kilikun) oqqush (Cygnus cygnus), vishildoq (shipun) oqqush (Cygnus olor) va kichik oqqush (Cygnus bewickii) uchraydi. G’aqqildoq oqqushning tumshug’i qora, tumshug’ining asosi esa sariq, vishildoq oqqushning tumshug’i esa qizg’ish rangda bo`ladi. Oqqushlarning bo`yni lotincha «S» harfiga o`xshash. Oqqushlar oqmaydigan, qamishzorli katta ko`llarda yashaydi.
O`t bosgan joylarga uya quradi. Jinsiy dimorfizm rangidan sezilmaydi. Ular bir umr juft bo`lib yashaydi. Erkagi uyasi atrofida yuradi, lekin tuxum bosishda ishtirok etmaydi.
Urg’ochi oqqushlar 3-8 ta tuxum qo`yadi, 30-40 kun tuxumini bosib yotadi. Oqqushlar suv havzalari sayoz joylarida o`simliklarni ostki qismini ag’darib oziqlanadi, yaxshi ucha olmaydi. O`zbekistonda, asosan vishildoq oqqush uchraydi. MDHda, shu jumladan, O`zbekistonda oqqushlarni ov qilish man qilingan.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish