Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


Amerika tasqaralari (Cathartidae)



Download 30,53 Mb.
bet217/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

Amerika tasqaralari (Cathartidae) oilasiga 6 ta tur kirib, ular Janubiy Amerikada va Shimoliy Amerikaning janub tomonida tarqalgan. Amerika tasqaralarining burun teshiklari orasida to`sig’i yo`q. O`limtiklar bilan oziqlanadi. Ular yerda tez yuguradi, ozig’ini, asosan hid bilish organlari orqali topadi. Tasqaralarning pastki hiqildog’i (kekirdagining pastki qismi)da ovoz chiqarishga yordam beradigan muskullari yo`q, shuning uchun ham ular gung bo`ladi, ya`ni ovoz chiqarmaydi.
Amerika tasqaralari MDHda uchraydigan tasqaralarga o`xshaydi. Ular ham, asosan o`limtiklar bilan oziqlanadi. Tasqaralar tog’, cho`l va o`rmonlarda yashaydi. Amerika tasqaralarining tipik vakiliga bo`yi 1 m, qanotlarini yoyganda kengligi 2,5-3 m ga yetadigan kondor (Vultur gryphus) kiradi. Uning og’irligi 12 kg keladi.
Lochinlar (Falconidae) oilasiga o`rtacha va mayda yirtqich qushlar kiradi. Ular tumshug’ining uchi yonida o`tkir tishchalari borligi bilan xarakterlanadi. Qanotlari uzun va o`tkir.
Bu oilaning yirik va noyob vakillariga sapsan, ya`ni oddiy lochin (Falco peregrinus) va shunqor (Falco gyrfalco) kirib, asosan ochiq joylarda qushlarni ov qilib oziqlanadi va o`z o`ljalarini osmonda tutadi. Lochinlar uyalarini daraxtlarga va qoyalar orasiga quradi. Ayrim hududlarda foydali qushlarni qirib zarar ham yetkazadi. Lochinlarning ayrim turlari ov qushi sifatida qo`lga o`rgatiladi. Lochinlarning mayda turlaridan kobchik (Falco vespertinus), turumtoy (Falco columbarius) va miqqiy (Falco tinnunculus)lar ochiq joylarda yashaydi, ular sichqonsimon kemiruvchilar, hasharotlar va mayda qushlar bilan oziqlanadi. O`z o`ljalarini havoda ham, yerda ham tuta oladi. Lochinlar zararkunanda kemiruvchilar va hasharotlarni qirib qishloq xo`jaligiga foyda keltiradi. Respublikamizda miqqiy va lochin tog’oldi hududlarda, itolg’i esa pasttekisliklarda tarqalgan. O`zbekistonda lochinlar oilasining 10 ta turi uchraydi.
Qarchig’aylar (Accipitridae) oilasiga kiruvchi yirtqich qushlarning tumshug’i yonida tishchalari bo`lmaydi, qanotlari birmuncha kalta va to`mtoq bo`ladi, dum patlari ancha uzun, ular, asosan o`rmonlarda yashaydi, tez yuguradi, o`z o`ljalarini daraxt tepasida pisib poylaydi, uchib ketayotganda ham, yerda ham o`ljasini tuta oladi. Qarchig’aylar, asosan qushlar, jumladan, uy parrandalari bilan
oziqlanib zarar keltiradi. O`zbekistonda qarchig’aylar oilasining 30 ga yaqin turlari uchraydi. Quyida asosiy turlari to`g’risida ma`lumotlar beriladi.
Qarchig’ay (Accipiter gentilis) va qirg’iy (A. nisus)larning qanotlari kalta, o`tkir emas, dumi uzun. Bu qushlar o`rmon qushlari bo`lganligi uchun qanotlari daraxtlar orasida tez va chaqqon uchishga moslashgan. O`ljasini daraxt shoxlarida o`tirib poylaydi va tutadi. Ba`zan yerda yoki daraxtlar shoxidan tutadi. Asosan qushlar, shu jumladan, uy parrandalari bilan oziqlanib, ma`lum darajada zarar ham keltiradi.
Dala bo`ktargisi (Circus cyaneus), cho`l bo`ktargisi (S. macrourus) va soz bo`ktargisi (S. aeruginonsus) uzun oyoqli va uzun qanotli qushlar hisoblanadi. Odatda (tundradan tashqari), hamma yerda ochiq joylarda tarqalgan. Pastlab va sekin uchib yurib, o`simliklar orasidan mayda umurtqali hayvonlarni ovlaydi.
Kalxatlar (Milvus korschun, M. milvus) dumi ayrisimon bo`lishi bilan xarakterlanadi. Ko`pincha daryo va ko`llar bo`yida uchraydi. Odatda, parvoz qilib uchadi. Ozig’i har xil. Kalxatlar mayda kemiruvchilar bilan oziqlanib, katta foyda keltiradi. O`zbekistonda qora kalxat (Milvus migrans) uchraydi.
Burgutlar yirik yirtqich qushlardan hisoblanadi, qanotlari keng, qanoti yoyilganda 2,4 m ga yetadi. Burgutlar barmoqlarining uchigacha pat bilan qoplanganligi sababli oilaning boshqa vakillaridan farq qiladi. Tez, ammo og’ir uchadi. MDHda 7 turi uchraydi. O`zbekistonda burgutlar dasht va o`rmonlarda tarqalgan, suv burguti esa suv havzalari bo`yida uchraydi. O`rmon mintaqasida uchraydigan keng tarqalgan turlariga - burgut (Aquila chrysaetus), cho`l burguti (A. nipalensis) va katta burgut (A. clanga) kiradi. Yerda va ayrim vaqtda butalarda uya quruvchi cho`l burgutidan tashqari barcha burgutlar daraxt va tog’ qiyaliklariga uya quradi. Odatda 2 ta, ba`zan 1—3 ta gacha tuxum qo`yadi. Inkubatsiya davri 40-45 kun. Ular mayda va o`rtacha kattalikdagi umurtqali hayvonlar bilan oziqlanadi. O`z o`ljasini osmonda uchib qidiradi, ba`zan yerda turib poylaydi, o`limtiklar bilan ham oziqlanadi. Burgutlarning ayrim turlari ov qushi sifatida foydalaniladi. Burgutlar yordamida tulki, bo`ri, jayron va tuvaloqlar ov qilinadi. Burgutlardan, ayniqsa, cho`l burguti foydali. Ular qishloq xo`jaligiga katta miqdorda zarar keltiruvchi kemiruvchilarni va hasharotlarni qiradi.
Sorlar burgutlarga yaqin bo`lsada, ulardan ancha kichik bo`lishi hamda pix suyagi va barmoqlari patsiz bo`lishi bilan farq qiladi. O`zbekistonda oddiy sor (Buteo buteo) ko`p uchraydi. Sorlar daraxtlarga uya quradi. Boshqa turlari esa daryolar bo`yida yerga, jarliklarga uya quradi. Uyaga 2—4 ta tuxum qo`yadi. Tuxum bosish davri bir oyga yaqin. Ov vaqtida sorlar o`ljasini parvoz qilib yoki biron baland joydan poylab tutadi. Sutemizuvchilardan mayda kemiruvchilar, tovushqonlar, qushlar, kaltakesaklar, baqalar va hasharotlarni ovlaydi.
Tasqaralar o`laksalar bilan oziqlanadigan yirik yirtqich qushlardan hisoblanadi. Boshi va bo`ynidagi patlari reduktsiyalanganligi bilan boshqa yirtqich qushlardan farq qiladi. Tumshug’i nisbatan past, tirnoqlari to`mtoq, o`tkir emas. Shuning uchun tasqaralar tirik o`ljani ushlab turolmaydi. Asosan o`laksalar bilan oziqlanadi. Tipik vakillariga oqbosh qumoy (Gyps fulvus), tasqara (Aegypius monachus) va boltayutar (Gypaetus barbatus) lar kiradi. Bular, asosan tog’larda va ochiq dashtlarda yashaydi. Baland tog’lardagi daraxtlarga uya quradi. Ayrim vakillari (qumoy) koloniya bo`lib uya quradi. Tasqaralar 1-2 ta tuxum qo`yadi. Inkubatsiya davri 55 kun, erkagi va urg’ochisi navbatlashib tuxum bosadi. Boltayutar ham yirik qush bo`lib, sug’ur, tovushqon va qushlarni ovlaydi, o`laksalarni qidiradi va suyaklarini yutadi. Respublikamizga yirtqich qushlar bahorda uchib kelib, kuzda uchib ketadi. Asosan Afrikada va Janubiy Xitoyda qishlaydi.
Lochinsimonlar turkumiga Afrikada uchraygan mirzoqush (Sagittarius serpentarius) ham kiradi. Mirzoqushlar, asosan ilonlar bilan oziqlanadi, ularning oyoqlari uzun bo`ladi.
Lochinsimonlar turkumiga kiradigan qushlardan 50 ta turi MDHda uchraydi. Tipik vakillariga qora tasqara (Aegypius monachus), burgutlar (Aquila), sorlar (Buteo), uzunqanotli va ayridumli kalxatlar (Milvus), kalta qanotli va uzundumli qarchig’ay (Accipiter gentiles), qirg’iy (Accipiter nisus), qanoti va dumi uzun bo`ktargilar (Circus), tumshug’ining uchi yonida tishchalari bo`lgan lochinlar (Falco) kiradi. Lochinsimonlar turkumi vakillari tabiatda zararkunanda hayvonlar sonini cheklab turadi va tabiiy sanitarlar hisoblanadi.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish